8 - Nazariy material f8c50a6744ac4873f1937c20b38fba6c
Tolypocladiumin flatum Gams va Cylindrocaponlucidum Booth (sandimmun) nomli zambrug‘lar
maxsulotidir. Antigen bilan induksiyalanganT-limfotsitlarning differensiyalanishining erta
bosqichini susaytiradi,ularni faollashishini bloklaydi. T-xelperlarga juda kuchli susaytiruvchi
ta’sir ko‘rsatadi. Interlekinlar (IL-2), γ-interferonni hosil bo‘lishini kamaytiradi. Ovqat hazm
traktidan siklosporinni sekin va chala so‘riladi. t
1/2
=20-40c. Dori vositaning ko‘p qismi jigarda
metabolizmga uchraydi va asosan safro tarkibida va 10% buyrak orqali ajraladi. Sitotoksik
vositalardan siklosporining axamiyatli farqi,qon hosil bo‘lishiga susaytiruvchi ta’sirining
kuchsizligidir . Ammo u nefrotoksik ta’sirga ega va jigar funksiyasini buzishi mumkin. A’zo va
to‘qimalarni o‘tkazishda qo‘llaniladi. Autoimmun xastaliklarda xam qo‘llanishi mumkin. Dori
vosita ichiladi
va tomirga kiritiladi.
Tasiri bo‘yicha siklosporinga takrolimus (FK-506, prograf) dori vositai yaqin.
Streptomyces tsukubaensis maxsuloti. Makrolidlar guruxidagi antibiotiklarga mansub.
Takrolimus T-limfotsitlarni faollashuvini susaytiradi va interleykin-2 ni ishlab chiqarilishini
kamaytiradi. Siklosporinga nisbatan ancha (taxminan 100 marta ) faolroq. A’zolarni
transplantatsiyasida qo‘llaniladi. Enteral va tomirga kiritildi. Nefrotoksiklik, neyrotoksinlik
xossasiga ega, gipertenziya, dispepsik buzilishlar,giperglikemiya va boshqa noxush ta’sirlarni
rivojlantiradi.
Sitotoksik
moddalarga
alkillovchi
vositalar
(siklofasfan),
antimetobalitlar
(azotioprin, metotreksat, merkaptopurin), ba’zi antibiotiklar (masalan daktinomitsin ) va
boshqalar mansub. Sitotoksik dori vositalarning immunodepressiv ta’siri, chamasi ularni immun
javobning proleferativ fazasini susaytirishga olib keluvchi immunotsitlarni bo‘linishiga
susaytiruvchi ta’siri bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Immunitetni keskin susaytirish uchun ko‘pincha azatrioprin (imuran) xam qo‘llaniladi.
Tuzilishi va ta’siri bo‘yicha umerkaltonuringa o‘xshash , ammo azotioprinda immunodepresiv
ta’sir ustinlik qiladi va u nisbatan kamroq sitotoksiklik ta’siriga ega. Organizmda undan δ-
merkoptopurin hosil bo‘ladi. U esa boshqa metobalitlarga aylanadi. T-limfotsitlar
proleferasiyasini erta bosqichlariga sitotaksik ta’sir ko‘rsatadi. B-limfotsitlarga kamroq darajada
ta’sir etadi. Purinlar sintezini ingibitsiyalaydi. Me’da-ichak traktidan yaxshi so‘riladi. Azotioprin
va uning metabolitlari buyrak orqali ajraladi. Azotioprinning zaharli ta’sirining asosiy
ko‘rinishlari bu suyak iligininig funksiyasining susayishi va leykopeniyari vojlanishidir.
Anemiya trombositopeniya, qon ketishini kuchayishi, ko‘ngil aynish, qayt qilish, diareya ba’zan
jigar disfunksiyasi va sariqlik rivojlanishi mumkin. Uni autoimmun xastaliklarda (revmatoid
poliartritda, qizilbo‘richa va boshqalar) va rezerv dori vositalar sifatida a’zolarni
transplantatsiyasida qo‘llaniladi. Siklofosfan azotiopringa o‘xshash ko‘rsatmalar bo‘yicha
qo‘llaniladi.
2. To‘qimalar jaroxatini kamaytiruvchi vositalar. Allergiya jarayonning bu davri aseptik
yallig‘lanish rivojlanishi bilan xarakterlanganligi uchun bu xolatda steroid va nosteroid
tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi vositalar qo‘llaniladi. Ushbu bo‘limda asosiy diqqat
gistamin antoganistlariga ( antigistamin dori vositalariga) qaratilgan, chunki qayd etilgan
moddalarning farmakologiyasi aloxida bo‘limlar mavzusi xisoblanadi.