Yalliglanishga qarshi dorilar


Giperlipoproteinemiyada qo’llaniladigan dori vositalari



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix16.03.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#88211
1   2   3   4   5   6   7   8   9
8 - Nazariy material f8c50a6744ac4873f1937c20b38fba6c

Giperlipoproteinemiyada qo’llaniladigan dori vositalari 
Antigiperlipoproteinemik (gipolipidemik) vositalar ateroskleroz va uning asoratlarini 
(yurak ishemik kasalligi, insult va boshqalar) oldini olish va davolashda qo’llaniladigan dorilar 
majmuasining ahamiyatli tarkibiy qismlaridan bir hisoblanadi. Ularning asosiy tasiri qon 
tarkibida ko’payib ketgan aterogen lipoproteidlar miqdorini kamaytirish hisoblanadi. Bunda 
antiaterogen lipoproteidlar miqdorini ko’paytirish maqsadga muvofiqir. Bunday tasir printsipi 
aterogen dislipidemiya ateroskleroz rivojlanishining asosiy omili ekanligiga asoslan gandir. 
Zardobda aylanib yuruvchi lipoproteidlar lipidlar va oqsillardan tashkil topgan. Ushbu 
zarrachalar har xil kattalik va zichlikka egadir. Ularning zichligi ulardagi oqsil va lipidlar nisbati 
bilan belgilanadi. Lipoproteidlarni quyidagi guruhlari tafovut etilgan. Xilomikronlar (XM) eng 
katta (eng kam zichlikka ega) zarrachalardir. Ularing ingichka ichak epiteliy xujayralarida hosil 
bo’ladi. Tarkibida asosan ekzogen (ovqat tarkibidagi)triglidtseridlar va xolesterinni tutadilar. 
Ular uchun transport funktsiyasini bajaradilar. XM tarkibidagi triglidtseridlardan, tomirlar 
endoteliysidagi lipoprotienlipaza ta’sirida yog’ kislotalari va glitserin ajraladi.Erkin yog’ 
kislotalari miokard va skelet mushaklariga shimiladi va u yerda ular oksidlanadi va energiya 
manbai bo’lib xizmat qiladi, yoki yog’ to’qimasida triglitseridlarning resintezida va keyinchalik 
ularni depolanishida qatnashadi. Xilomikronlarning xolesterin tutgan qoldiqlari jigarning 
lipoprotein reseptorlari bilan bog’lanadi va keyinchalik gepatotsitlarda katabolizmga uchraydi. 
Zichligi juda past bo’lgan lipoprotienlar asosan endogen triglitseridlardan iborat bo’ladi. Ular 
jigarda hosil bo’ladi. Tomirlar endoteliysining lipoproteinlipazasi ta’sirida ZJPLP larning bir 
qism triglitseridlari parchalanadi va ular “qisqa yashovchilar” oraliq zichlikka ega 
lipoproteinlarga (OZLP) aylanadi. OZLP klirensining 50%, zichligi past lipoproteidlar (ZPLP) 
reseptorlari bilan boshqariladigan, jigar tomonidan tutib olinishi (endotsitoz) hisobiga amalga 
oshadi. Ular lipolizga kam uchraydi va tezda ZPLPga aylanadi. OZLPda xolesterin va 
triglitseridlar taxminan bir xil miqdorda bo’ladi (triglitseridlar-40%, xolesterin-30%). Sog’lom 


odamlar qonida ular odatda uchramaydi. ZPLP tarkibida kattamiqdorda xolesterin (asosan 
murakkab efir ko’rinishida) va kam miqdorda triglitseridlar bo’ladi.Aylanib yuruvchi qondan 
asosan jigarning ZPLP-reseptorlari bilan o’zaro bog’lanishi tufayli chiqariladi. 
ZPLPning miqdori ortib ketganda xolesterin yoki uning efirlari ko’rinishida, u tomirlar 
devori, paylar, terida to’planishi mumkin. O’lchamlari bo’yicha ZJPLP va ZPLP xilomikronlar 
va ZYuLP (β-lipoproteinlar) orasidan joy olgan. ZYuLP ko’rib chiqilgan lipoproteinlar ichida 
eng mayda zarrachalardir. Boshqa lipoproteinlarga nisbatan ular xolesterinni yuqori darajada 
to’yinmagan yog’ kislotalari (linolen,araxidon) bilan murakkab efirlarini anchagina ko’p 
miqdorini hamda fosfolipidlar va spetsifik oqsillarni o’zida tutadi. ZYuLP asosan jigarda va 
bundan tashqari XM va ZJPLP katabolizmi tufayli ichakda hosil bo’ladilar. Ular xolisterinni 
to’qimalardan maxsus transportyor yordamida va qondan ajralishiga imkoniyat beradi. 
ZYuLPlarda xolesterindan uning murakkab efirlari hosil bo’ladi va jigarga ZYuLP o’zi bilan 
transportlanadi yoki maxsus transport oqsili orqali ZJPLP, OZLP, ZPLP va xilomikron 
qoldiqlariga o’tkaziladi, va oqibatda ushbu Lplar jigarga kelib tushadi va u yerda ularni 
endotsitozi amalga oshadi.
Yuqorida qayd etilgan lipoproteinlardan tashqari lipoprotein (β) – LP(β) ajratilgan. U 
xolesterin efirlarini tutadi va aterogendir. Uning funktsiyasi yetarlicha o’rganilmagan. Aftidan u 
hujayralarning jarohatlangan membranalarini sintezini xolesterin bilan taminlashda ishtirok etsa 
kerak. Oilaviy LP(β) – giperlipoproteinemiya bayon etilgan bo’lib, unda ateroskleroz 
rivojlanishini imkoniyati katta. Shunday qilib, qon zardobida ko’pgina lipoprotein miqdorini 
boshqarish yuqori darajada jigarning va boshqa to’qimalarning ZPLP reseptorlari
orqali amalga 
oshiriladi. Ushbu reseptorlarning ligandalari bo’lib apoprotein E va B-100 hisoblanadi. 
Lipoproteinlar endotsitoz yo’l bilan egallaniladi va barcha tarkibiy qismlarining kimyoviy 
o’zgarishlari orqali sarflanadi.
Retikuloendotelial sistema makrofaglarida oksidlangan ZPLPni tanib oluvchi maxsus 
reseptorlar mavjud (“farrosh”-reseptorlar deb atalmish), xolesterin shu tufayli makrofaglarda 
katta miqdorda to’planadi. Bundan tashqari qonda aylanib yuruvchi xolesterinni ko’pgina 
to’qimalar,reseptorlar ishtirokisiz ham,egallab oladilar.
ZPLP, OZLP, ZJPLP va LP(β) aterogenlik xossasiga egadirlar. ZPLP to’qimalarning 
lipoprotein reseptorlari bilan bog’lanib, metabolizmga uchragan erkin xolesterin va boshqa 
birikmalarni ajratadilar. Xolesterin murakkab efir ko’rinishida to’qimalarda to’planadi. 
Xilomikronlar aterogen emas, ammo xilomikronlarning qoldiqlari tomirlar endoteliysidan o’tadi 
va ateromatoz yaproqchalar hosil bo’lishiga imkon beradi. ZYULP aterogen emas. Ularning 
katta kontsentratsiyasi tomirlarni aterosklerotik jarohatlanish xavfini kamaytiradi (antiaterogen 
ta’sir). Shunday qilib amaliyot nuqtai nazardan aterosklerozni oldini olish va uni hamda uning 
asoratlarini davolashning asosiy masalasi qon tarkibidagi yuqori darajadagi aterogen 
lipoproteinlar miqdorini kamaytirish va antiaterogen ZYULPlarni miqdorini ko’paytirishdan 
iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda qon tarkibida umumiy xolesterin va triglitseridlar 
miqdorini aniqlash keraklicha axborotga ega emas. Aterogen va antiaterogen lipoproteinlar 
miqdori to’g’risidagi axborotga ega bo’lish lozim. ZPLPlar oksidlangandan (to’qimadagi O

radikallari 
ta’sirida) 
keyin 
aterogenlik 
xossasiga 
ega 
bo’ladilar. 
Makrofaglar 
modifikatsiyalashgan ZPLPlarni egallab oladi va keyinchalik ular dan tarkibida xolesterin juda 
ko’p miqdorda bo’lgan ko’pikli hujayralar hosil bo’ladi. So’ngra ko’pikli hujayralar nobud 
bo’ladilar va tomirlar intimasiga fibroz yaproqcha (blyashka) hosil qiluvchi xolesterin kiradi, 
ya’ni tomirlarning aterosklerotik jarohatlanishi rivojlanadi. 
Gipolipidemik vositalar (antigiperlipoproteinemik vositalar)ni quyidagicha tasnif qilish mumkin. 
1. 
Qonda asosan xolesterin (ZPLP)ni kamaytiruvchi vositalar 
A. Xolesterin sintezining ingibitorlari (3-gidroksi-3-metilglutaril koenzim 
A-reduktaza ingibitorlari ; statinlar) Lovastatin
M evastatin 
Pravastatin 
Fluvastatin
Simvastatin 
B. Xolesterinni ichakdan so’rilishini ingibitsiyalovchilar (to’xtatuvchilar) 


Ezetimib 
B. Organizmdan xolesterin va safro javxarlarini ajralishini kuchaytiruvchi vositalar 
(safro javxarlarining sekvestrantlari) 
Xolestiramin
Kolestipol
G. Har xil dori vositalar 
Probukol 
2. Qonda asosan triglidtseridlar (ZJPLP) miqdorini kamaytiruvchi vositalar 
Fibroev kislotasi hosilalari (fibratlar) 
Gemofibrozil
Benzofibrat 
Fenofibra 
3. Qondaxolesterin (ZPLP) va triglitseridlar (ZJPLP) miqdorini kamaytiruvchi vositalar:
Nikotin kislotasi 
Yog’ almashinuvini buzilishini davolashni parxez taomlar belgilashdan boshlanadi 
va u samarasiz bo’lsa, gipolipidemik dori vositalar beriladi yoki ularni parxez taomlar bilan 
birgalikda davom ettiriladi. Parxez va gipolipidemik vositani tanlash giperlipoproteinemiyaning 
turiga bog’liq. 
Giperlipoproteinemiyalarning ajratilgan turlari birlamchi (nasliy yoki parxezni buzish 
tufayli) va ikkilamchi ko’pgina xastaliklarga yo’ldosh (diabet, gipotireoz, buyrak xastaliklari va 
boshqalar) bo’lib, hamda ba’zi dori moddalarni davomli qabul qilish natijasida bo’lishi mumkin. 
Asosiy xastalikni samarali davolash aterogen xarakterli giperlipoproteinemiyani sezilarli 
darajada kamaytirishi mumkinligini e’tiborga olish lozim. 
Apoproteinlarning asosiy funksiyalari: 
1. Lipoproteinlar tuzilishini saqlab qolishi uchun. 
2. Jigarda va boshqa to’qimalarda lipoprotein reseptorlari bilan bog’lanish (lipoproteinlarni 
qondan ajratib, keyinchalik ularni katobolizmga uchratish) uchun 
3. Sirkulyatsiyadagi lipoproteinlarni metabolizmida ishtirok etuvchi, fermentlarni kofaktorlaridir 
(lipoproteinlipaza, letsitin-xolesterin-atsetiltransferaza)
3. Scavenger receptors; scavenger (angl)- axlatni tozalovchi 
4. Bundan 
tashqari aterosklerozni rivojlanishida modifikatsiyalangan (“patologik”) 
lipoproteinlarni ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan 
  
Gipolipedemik dori vositalar quyidagicha ta’sir yo’nalishiga ega bo’lishi mumkin: 

Jigarda lipidlar va lipoproteinlar biosintezini ingibitsiyalovchilar 

Jigarning ZPLP reseptorlarini sintezini kuchaytirish hisobiga lipoproteinlarni jigar 
tomonidan qamrab olish (endotsitoz)ni faollashtirish 

Xolesterin va safro javharlarini ichakda so’rilishini ingibitsiyalash 

Xolesterin katobolizmini, shu jumladan uni safro javxarlariga aylanishini 
faollashtirish 

Tomirlar endoteliysi lipoproteinlipazasi faolligini rag’batlantirish 

Jigarda yog’ kislotalarini sintezini va ularni yog’ to’qimalaridan ajralishini 
ingibitsiyalash 

Sirkulyatsiyadagi antiaterogen (ZYuLP) lipoproteinlar miqdorinioshirish 
Jigarda xolesterin sintezini tanlab ingibitsiyalovchi, “statinlar” umumiy nomini olgan 
vositalar yuqori gipolipedemik samaradorlikka egadirlar. Ularga Monascus ruber va Aspergillus 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin