olib keladi. Ko‘pincha tez rivojlanuvchi allergik reaksiyalarda semiz xujayralar va bazofillardan
ajraluvchi gistamin, anofilaksiyaning ta’siriga sekin javob beruvchi substansiya (MRSA yoki
SRSA) bradikinin, serotonin, prostoglandinlar,trombositlarni faollashtiruvchi omil (ORAT,
RAF) va boshqalar kabi biologik faol moddalar katta rol o‘ynaydi.
Gipersezuvchanlikning tez
rivojlanuvchi reaksiyalariga allergik bronxospazm, renit kon’yuktiv, eshakemi, anofilaktik shok,
dorivor trombositopenik purpura, zardob xastaligi, Artitfenomeni va boshqalar kiradi. Sekin
rivojlanuvchi tipidagi reaksiyalar xujayra immuniteti bilan bog‘liq bo‘lib sensibilizatsiyalangan
T-limfotsitlarning ishtirokiga qaramdir.
T-limfotsitlar o‘z yuzasida spetsifik reseptorlarga ega bo‘lib ular makrofaglarda (hamda
monotsitlarda va boshqa antigenlarni taqdim etuvchi hujayralarda joylashgan antigenlarni tanib
olib bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi). Shuni yodda tutmoq lozimki timusda T-limfotsitlar
prekurzorlarini yetilishini, yetilgan T-limfotsitlarni Proliferatsiyasi va diffreensiyalanishini
boshqaruvchi gormon tipidagi bir guruh moddalar ishlab chiqariladi.
Sekin rivojlanuvchi
allergiyaning mediatorlari bir qator sitokinlardir: interleykin-2, limfotoksin, makrofaglar
migratsiyasini susaytiruvchi omil (MIF) vaboshqalar. Gipersezuvchanlikni sekin kechuvchi
reaksiyalariga tuberkulin reaksiyasi , autoimmun jaroxatlanishning ba’zi turlari.
Allergik hastaliklarni davolashni allegenlar tabiatini aniqlashdan boshlamoq zarur (o‘simliklar
gulining changi, dorilar, ma’lum ovqat mahsulotlari va boshqalar). Allergen bilan aloqani
bartaraf etish eng yaxshi natija beradi. U yoki bu sabablarga ko‘ra allergenlar ta’siridan qutulib
qolishni iloji bo‘lmasa, va agar uning tabiati aniqlangan bo‘lsa spetsifik giposensibilizatsiyani
qo‘llash mumkin: aniqlangan allergenni kichik dozasini kiritish
unga nisbatan spetsifik
sezuvchanlikni kamaytiradi. Klinik sharoitda kerak hollarda (ayniqsa sekin boshlanuvchi tipdagi
allergiyada) immunitetni susaytiruvchi immunodepressantlar guruhiga mansub dori vositalar
bilan nospetsifik giposensibilizatsiya qo‘llaniladi va uimmunogenezni susaytiradi.
Allergiyani davolashda “allergiya mediatorlarini” ishlab chiqarilishi va ta’sirini
kamaytiruvchi vositalar muhim o‘rin tutadilar. Bundan tashqari ba’zi hollarda simptomatik
terapiya (masalan anafilaktik shokda)ni qo‘llash zarurati tug‘iladi. Allergiyada leykotrien
reseptorlari blokatorlarini, leykotrienlarni hosil bo‘lishini boshqaruvchi 5-lipoksigenaza
ingibitorlarini qo‘llash yuqori samaralidir. Trombositlarni faollashtiruvchi omil ta’sir
ko‘rsatuvchi reseptorlarni qamallovchilarni qo‘llash ham istiqbollidir.
Ana shular allergiya
hastaliklarni davolashni umumiy prinsiplaridir. Shu bilan bir qatorda allergiyani har-xil tiplarini
davolashning o‘ziga xos tomonlari mavjud. Tez rivojlanuvchi (gipersezgirli) allergiyada
quyidagi dori vositalar qo‘llaniladi:
1. Sensibilizatsiyalangan semiz hujayralar va bazofillardan gistamin va boshqa biologik
faol moddalarni ajralishiga to‘sqinlik qiluvchi vositalar. Bunday effekt glyukokortikoidlar,
kromolin-natriy va ketotifenlar, β-adrenomimetik faollikka ega bo‘lgan va eufillinga o‘xshash
allergiyaga qarshi ta’sirining tarkibiy qismlari deb xisoblanadi.
2. Erkin gistaminni unga sezgir bo‘lgan to‘qima reseptorlari bilan bog‘lanishga
to‘sqinlik qiluvchi vositalar . H
1
-gistamin reseptorlarini qamallovchi gistaminga qarshi vositalar
(dimedrol, diprazin va boshqalar.)
3. Anafilaktik shok (karaxtlik) tipidagi allergik reaksiyalarning
umumiy belgilarini
bartaraf etish vositalari (avvalambor arterial bosimni keskin tushib ketishi bronxospazm kabilar
nazarda tutilmoqda)
a) adrenamimetiklar (adrenalin)
b) miotrop bronxolitiklar (eufillin va boshqalar)
4. To‘qimalar jaroxatlanishini kamaytiruvchi vositalar.Bu maqsadda odatda steroid
tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi vositalar qo‘llaniladi.
Sekin rivojlanuvchi tipidagi allergiyalarga asosan 2 gurux dori vositalar
1
qo‘llaniladi:
immunogenezni susaytiruvchi vositalar va to‘qimalar jaroxatlanishini kamaytiruvchi vositalar.
Immunogenezni susaytiruvchi vositalar
(ko‘proq xujayra immunitetini susaytiruvchilar)-
Immunodepresantlar nomini olgan dori vositalar glyukokortikoidlar, siklosporinlar, takrolimus
va sitotoksik vositalardan iborat.
Glyukokortikoidlarning immunodepressiv ta’sirini limfotsitlarni (ayniqsaT-limfotsitlarni)
proliferatsiya fazasini susayishi bilan bog‘lashadi. Bunda antigenlarni tanib olish xam susayadi.
(extimol makrofaglarga ta’siri tufayli ). Bir qator interleikinlar hamda γ-interferonlarni
hosil
bo‘lishi va ularning ta’siri kamayadi. T-limfotsitlarning ma’lum populyasiyasining (killer deb
atalmish) sitotoksik xossalari kamayadi . Makrofaglarni migratsiyasini ingibitsiyalovchi omilni
hosil bo‘lishi susayadi. Shu bilan bir qatorda glukokortikoidlar terapevtik dozalarda spetsifik
antitelolarni ishlab chiqarishga va antigen-antitelo kompleksini hosil bo‘lishga deyarli ta’sir
ko‘rsatmaydi. Glyukokortikoidlar yuqori darajada yallig‘lanishga qarshi faollikka ega ekanligini
etiborga olish lozim. Immunodepressiv va yallig‘lanishga qarshi ta’sirlarni birgalikda mavjudligi
glyukokortikoidlarning ko‘pgina allergik reaksiyalarda yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
Peptid tuzilishiga mansub antibiotik siklosporin samarador immunodepressantlardandir.
Dostları ilə paylaş: