Январь ойи


Alohida e’tibor qaratiladi



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə11/16
tarix23.09.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#64014
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Katta g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Alohida e’tibor qaratiladi: bajarilayotgan
ishning mustahkam ligi va kerakli jihozni
tanlashda uning xususiyatlarini inobatga
olinishiga ahamiyat beriladi.
San’at markazi
Rasm: «Mening uyim»
Maqsad: bolalar turli ranglardan foydalanib,
mavzu yuzasidan rasm chizishi, o’z uylarini ko’z
oldiga keltirib, xotiralarini mustahkamlashi,
kelajakda qanday uyda yashashini chizishlari yoki
yasashlari mumkin.
Kerakli jihoz va materiallar: ok qog’oz, rangli
qalam, rangli bo’yoq, mo’yqalam, suv bilan stakan,
sochiqcha va namuna.
Faoliyatning borishi:
1. Namunalarni kuzatish.
2. Taxminiy rejalashtirish.
3. Kerakli jihozlarni tanlash.
4. Ijodiy ish.
5. Tayyor ishni Qo‘shimcha detallar bilan
boyitish.
Qo‘shimcha: «Bizning oila uchun katta uy» mavzusida jamoa ishini bajarish.
Alohida e’tibor qaratiladi: tasviriy mashg’ulotlarni mustaqil bajarish.
Qurish, konstruktsinlash va matematika
markazi
Men yashayotgan uy
Maqsad: bolalar qurish-yasash ishlarini amalga
oshirishda aniq hisobni bilishi, matematik
tasavvurlarini kengaytirib, qurilishdagi
ketma-ketlikka rioya qilishlari, sanoq sonlarni
farqlay olishi «Nechinchi?», «Qancha?» kabi
savollarga javob berishlari lozim.
Kerakli jihoz va materiallar: AKT orqali
kuruvchining uy qurish jarayoni namoyish etilgan elektron tasma. Turli xil uylar tasvirlangan suratlar, kubik va lego.
Faoliyatning borishi:
1.UY qurish jarayonini AKT orqali
kuzatish.
2. Uy qurishni rejalashtrish
3. Kerakli jihozlarni tanlash.
4. Shinam uy qurish.
5. Uy uchun foydalanilgan materiallarni
tahlil qilish.
6. Natijani tahlil qilish va do’stlari
bilan o’rtoqlashish.
Qo‘shimcha: mavzuga doyr multfilm namoyish
etish.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin