2-m asala(I): Feruzaning oyisi 3500 so‘mga ertak kitob olib
berdi. U to‘lovni 1000 so‘mlik, 500 so‘mlik, 200 so‘mlik va 100
so‘mliklarda toMadi. Feruzaning oyisi ertak kitobini sotib olishda
qanday pul lar ishlatgan?
Yechilgan muayyan masala shartlarini o‘zgartirish asosida,
yangi masala tuzish unchalik mehnat talab qilmaydi. Albatta
buning uchun masalani o4zgartirishning eng asosiy vositalari:
umumlashtirish, ixtisoslashtirish, analogiya, boMaklash va yangi
kombinatsiyalar tuzish bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega boMishi
kerak. Berilgan masalani yechish jarayonida, masala shartini
o4zgartirish asosida yangi masalalarni hosil qilamiz. Bu yangi
masalalardan, o4z navbatida, sara masalalarni tanlab olamiz. Y a’ni
bir masaladan ikkinchisi, unday foydalanib uchinchisini tuzish,
yechish va h.k.
Shu sababli o‘qituvchi dastlabki yechilgan masaladan qanday
qilib yangilarini hosil qilish mumkinligini ko4rsatib berishi zarur.
Bu bilan u c 4quvchilarda qiziquvchanlikni uyg‘otadi. 0 ‘quv-
chilarning yangi masalani bunday usulda ixtiro qilishda ishtirok
etishi muhim.
Dostları ilə paylaş: