Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


k- u, kim bo‘ldik ?”, Ko‘p o‘qidi k



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

k-
u, kim bo‘ldik
?”,
Ko‘p o‘qidi
k
-u, lekin hali ko‘p uqmabmiz.
Qisqartma s
o‘
zlar imlosi.
 
So‘zlarning birinchi harflarini 
biriktirish yo‘li bilan yasalgan qisqartma so‘zlar bosh harf bilan 
yoziladi: 
BMT, MDH
. Qisqartmalardagi harflar o‘rtasiga nuqta 
qo‘yilmaydi. Insholar matnida B.M.T., A.Q.Sh. tarzida xato yozishlar 
ko‘p uchraydi. Shaxs ismi va otasining ismi, familiyalari yoki ularning 
bir qismi qisqartirilishi mumkin: 
H.O., A.O.; N.Jumayev, G.Jahonova

Mumtoz ijodkorlarimiz ismi-sharifi, taxallusini qisqartirmay yozgan 
ma’qul: 
Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad 
Bobur.
Negaki hozirgi ism-shariflar qisqartmasi shaxs ismi va 
otasining ismini bildiradi: 
F.X.Arziqulov.
Mumtoz ijodkorlarimiz 
ismi-sharifi, taxallusi har doim ham bu mezonga mos kelavermaydi. 
Odatda, taxalluslar ham qisqartirilmaydi: 
Cho‘lpon, Sakkokiy, 
Julqunboy, Hijron, Nihoniy. 
Bosh harflar imlosi
ga doir qoidalarni ham yaxshi o‘zlashtirish 
lozim. Hurmat ma’nosida qo‘llangan olmoshlar, ta’kidlab aytilgan 
so‘zlar bosh harf bilan yozilishi mumkin: 
Siz 
va
O

zingiz, Birinchi 
Prezident, Prezident, Vatan, Respublika. 
Bayramlar va tarixiy kunni ifodalagan birikmalarning birinchi 
so‘zi: 
Navro‘z bayrami, Mustaqillik kuni, Xotira va qadrlash kuni
;
oliy tashkilotlar va faxriy unvonlar, mamlakat nomlarining har 
bir so‘zi bosh harf bilan yoziladi: 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi,
O

zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashi, 
 
O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
O

zbekiston Qahramoni. 


49 
Orden va medallarning nomi bosh harf bilan 
orden
va 
medall
so‘zlari kichik harf bilan yoziladi: 
«Mustaqillik» ordeni, «Do

stlik» 
medali

Universitet, institut, fakultet, kafedra nomlarining birinchi so‘zi 
bosh harf bilan, qolganlari kichik harf bilan yoziladi: 
Toshkent davlat 
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent moliya instituti, 
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbek filologiyasi fakulteti, 
Til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi. 
Bu tipdagi nomlanishlarda “atab 
qo‘yish”ga nisbatan “umumning bir qismi” semasi ko‘proq aks etgani 
bois qo‘shtirnoqqa olinmaydi.
Nomlar tarkibidagi 
Milliy
sifatlovchisi bosh harf bilan yoziladi:
 
O‘zbekiston Milliy universiteti.
Mashhur shaxslar ismi bilan yuritiladigan muassasalar 
nomidagi
(
nomli 
emas) izohlovchisi bilan qo‘llanadi: 
Islom Karimov nomidagi 
Toshkent davlat texnika universiteti. 
SH, CH, NG
harfiy birikmalarining bosh shakllari qisqartma 
so‘zlarda standart shaklni ta’minlashda qo‘llanadi: masalan, “
TONG” 
ishlab chiqarish birlashmasi. Oddiy hollarda harfiy birikmalarning 
ikkinchisi kichik shaklda yoziladi: 
Shohruh, Charos. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin