Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

ma’lumotnoma matni
va ijodiy tavsifiy matn 
ajratilgan. Ma’lumotnoma matnida bo‘lib 
o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida shunchaki axborot 
beriladi, asosan, uslubiy betaraf so‘zlardan foydalaniladi. Ijodiy-
tavsifiy matn voqea-hodisa, voqelikka so‘zlovchi yoki yozuvchi 
tomonidan bildirilgan munosabat asosida yuzaga keladi. Ma’lum 
voqea-hodisalarga, narsa-buyum va shaxslarga oid fikr-mulohaza 
bildirish, badiiy-tasviriy vositalar, dalillar bilan ta’riflash, izohlash 
ijodiy-tavsifiy matnga xos xususiyatlardir. Insho ijodiy-tavsifiy matn 
turi hisoblanadi. 
O‘quvchilar tomonidan yaratiladigan matn ijodiy xarakterda 
bo‘ladi. Ona tili darslarida o‘quvchilarning hosil qilingan nazariy 
bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llab, matn yaratishlari, 
berilgan mavzu asosida kichik insho yozishlari nutqiy kompetensiyani 
shakllantirishda ahamiyatlidir. 
INSHO HAQIDA NAZARIY MA’LUMOT 
 
O‘quvchini kasbga yo‘naltirish, muayyan sohalar haqida 
tasavvur va bilim hosil qilish har bir fan o‘qituvchisining burchi 
hisoblanadi. Yosh avlodni kasbga tayyorlovchi asosiy omil ona tili va 
adabiyot fanlaridagi matnlar, mashqlar va albatta, “Kim bo‘lsam 
ekan?”, “Men tanlagan kasb” kabi mavzulardagi dastlabki insholardir. 
Insho
аrabcha so‘z bo‘lib, “tashkil etish”, “yaratish”, “qurish”, 
“barpo qilish”, “ijod”, “bayon” , “tahrir” ma’nolarini anglatadi. Insho 
muallifning ma’lum bir mavzudagi bilim va tasavvurlarini, voqelikka 
munosabatini, mustaqil fikrini bayon qilish natijasida shakllanadigan 
yozma ish turidir.


14 
Insho muallif tomonidan ijod etiladi, yaratiladi. Insho yozishda
muallifdan fikr-mulohazalarini faktik material asosida mantiqan 
izchil va badiiy jihatdan maqsadga muvofiq tarzda, adabiy til 
me’yorlariga amal qilgan holda bayon etish talab qilinadi.
Insho tez fursatda o‘rganiladigan yoki o‘zlashtiriladigan yozma 
ish turi emas. Insho yozish ko‘nikmalariga qisqa muddatda ega bo‘lish 
qiyin, albatta. Yaxshi, har tomonlama maqsadga muvofiq insho ko‘p 
yillik faoliyat mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Avvalo, ko‘p mutolaa 
qilish, imlo lug‘atlari, izohli lug‘atlardan boxabar bo‘lish, atroflicha 
bilimga ega bo‘lish talab darajasida yoziladigan insholarga zamin 
yaratadi. 
Insho belgilangan maqsadga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: ta’limiy 
insholar va sinov insholari. 
Ta’limiy insholar
sinfda yoki uyda o‘quvchi tomonidan yozilib, 
ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to‘g‘ri bayon qilishga qaratiladi. 
Bunday insholarda biror yozuvchi yoki shoir ijodi, asarlari mazmuni, 
mavzu doirasi, badiiy ahamiyatini o‘zlashtirish, o‘quvchida fikrlash 
ko‘nikmalari, qaror qabul qilish tezligi, voqelikka, shaxslarga, narsa-
hodisaga baho berish malakasini shakllantirish maqsadi qo‘yiladi. 
Ta’limiy insholar ham baholanadi, lekin bunday insholar bilimni 
aniqlashga emas, bilim berishga yo‘naltiriladi. 
Sinov insholari
o‘rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho 
yozish ko‘nikma va malakalarini sinash hamda baholash uchun 
muayyan mavzular tugagandan so‘ng, choraklar yoki o‘quv yili 
oxirida nazorat ishi sifatida, davlat attestatsiyalarida, olimpiadalarda, 
ijtimoiy-gumanitar sohalarga doir tanlovlarda o‘tkaziladi. Sinov 
insholari olingan bilim, ko‘nikma va malakani baholashga xizmat 
qiladi. 
Insholar mazmun-mohiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 
1. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin