Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


sodda va murakkab tarkibli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

sodda va murakkab tarkibli
kabi turlarga ajratiladi.
Sodda tarkibli matn 
bir yoki bir necha gaplardan iborat bo‘ladi. 
Bunday matnlar xabar, maqol, matal bilan ifodalanib, hajmi jihatidan 
kichik bo‘lsa-da, ma’lum maqsadda shakllantiriladi.
Murakkab tarkibli matnda 
biror g‘oya, mavzu bilan bog‘liq 
bo‘lgan fikr ifodalanib, uning tarkibi qismlar, boblar, paragraflardan 
tashkil topadi.
Matn nutqiy hodisa bo‘lib, birdan ortiq gapning mazmunan 
birikishidir. 
“Qish. Qor yog‘yapti” 
shaklidagi uch so‘zning 
mazmunan birikishidan tortib butun boshli badiiy romanlar, yirik 
trilogiyalar ham matn sanaladi. Har bir matn ma’lum bir narsa-buyum, 
voqea-hodisani tasvirlaydi; u haqida xabar beradi: so‘zlovchining 
munosabatini ifodalaydi. 
O‘quvchilar tomonidan yaratiladigan matnlar, asosan, gap, xat 
boshi va muayyan kichik qismlardan iborat bo‘ladi. Bu qismlar, 
albatta, matn hosil qilishda ishtirok etadi va uni shakllantirishda 
muhim o‘rin tutadi.
Ona tili ta’limi o‘quv dasturida shunday deyiladi: “Matnlar” 
xilma-xildir. Ularning aniq tur va ko‘rinishlari qisman darsliklarda 
beriladi, asosan, o‘qituvchi tomonidan belgilanadi”. Shuning uchun 
dastur o‘qituvchiga darslikdagi matnlarni o‘z didi, talabi, sharoitga 
mosi bilan almashtirish, o‘qitish jarayonini tom ma’nodagi ijodiylik 
va izlanuvchanlik asosida shakllantirishga imkon beradi. 


13 
“Ona tili” darsliklarida berilgan matnlarni: a) ta’limiy-ma’rifiy 
matnlar hamda b) ta’limiy-tarbiyaviy matnlarga ajratish mumkin. 
Ta’limiy-ma’rifiy matnlar ona tilining grammatik qurilishi
lisoniy tushuncha va ta’riflar sharhiga oid matnlar bo‘lib, nazariy 
bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qildirishda o‘ziga xos 
ahamiyatga ega. 5-sinf darsligida berilgan “Til– ijtimoiy hodisa”, 
“O‘zbek tili – davlat tili”, “O‘zbek alifbosi” kabilar shunday matnlar 
sirasiga kiradi. 
Ta’limiy-tarbiyaviy matnlar esa ham bilim berishni, ham 
tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Umumta’lim maktablari darsliklarida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin