Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Adabiy mavzudagi insho
ta’lim dasturida qayd qilingan, dars 
jarayonida o‘tilgan mavzular asosida yoziladigan, darslar va 
darsliklardagi ma’lumotlarga o‘quvchining munosabati, shaxsiy 
fikrlari ifodalanadigan, ijodiy yondashuv asosidagi yozma ishdir. 
Adabiy mavzudagi inshoda muayyan yozuvchi, shoirning hayoti va 
ijodi, qahramonlar xarakteri, fe’l-atvori, faoliyati, taqdiri tahlil 
qilinadi, ijodkor faoliyati, asarlariga doir umumiy ma’lumotlar bayon 
etiladi, badiiy asar mazmuni, g‘oyasi hamda undagi qahramonlar 
xarakterini, taqdirini yoritishda, tahlil qilishda o‘quvchining mustaqil 


15 
yondashuvi aks etadi. Ijodiy yondashuv, mustaqil fikr inshoning zarur 
shartlaridan biridir. Ta’lim jarayonida adabiy mavzudagi insholar 
keng qo‘llanadi. Adabiy mavzudagi insholar matn asosidagi insholar, 
deb ham yuritiladi. 
Adabiy mavzudagi insholardan ona tili va adabiyot darslarida
keng foydalanish, reyting tizimining oraliq va yakuniy nazoratlarini 
insho ko‘rinishida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Adabiy mavzudagi insholar o‘quvchining badiiy nutqini 
rivojlantiradi, unga o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a 
singari adabiy tasvir vositalaridan foydalanishni, oddiy so‘zlar bilan 
ma’nosi kuchaytirilgan bo‘yoqdor so‘zlarni farqlash va qo‘llay 
bilishni o‘rgatadi. Shuningdek, yozuvchi uslubini tushunish, asar 
kulminatsiyasi va yechimidagi voqea-hodisalarni anglash, asar 
yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini keng, aniq va izchil, erkin ravishda 
bayon qilish imkonini beradi.
Adabiy insholardan faqat adabiyot darslarida emas, balki ona tili 
mashg‘ulotlarida ham keng foydalaniladi. Bunday insholar yozuvchi 
mahoratini aniqlashga, asar qahramonlari olamiga kirishga, ularni bir-
biri bilan taqqoslab, yaxshilik va yomonlikning tub mohiyatini 
anglashga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda ona tili qoidalarini, 
badiiy uslub xususiyatlarini o‘zlashtirishda ahamiyatlidir. Adabiy 
insholar o‘quvchidan badiiy nutq ko‘nikmasini talab etadi. Masalan, 
“Ma’nodosh 
va 
qarama-qarshi 
ma’noli 
so‘zlar” 
mavzusi 
o‘rganilgandan so‘ng o‘quvchilarga yaxshilikni, insonning, ijobiy, 
ezgu fazilatlarini ifodalovchi so‘zlarning qarama-qarshi ma’nolilarini 
toptirish, ma’lum bir asar misolida “Yaxshi fazilatlar – inson ziynati” 
adabiy inshosini yozdirish mumkin bo‘ladi. 
Adabiy insholar badiiy adabiyot namunalari asosida yaratiladi. 
O‘quvchilar o‘rganilayotgan til hodisalari bilan bog‘liq holda badiiy 
asarlar, ulardagi qahramonlar, bayon qilingan qiziqarli voqea-
hodisalarni tahlil qiladilar, o‘z munosabatlarini bildiradilar. 
2. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin