Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə4/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Guruh qo\'llanman

Qonun kuchiga ega hujjat — davlat hokimiyati idoralarining qonunga qaraganda kamroq, lekin qonuniy kuchga ega bo‘lgan huquqiy hujjati.
Sudlov ishlarini yurgizish oshkoraligi — sudlov ishlarini yurgizish qoidasi, barcha sudlarda sudlov ishlarini ochiq olib borishni nazarda tutadi. Surishtiruv — jinoyatlarni dastlabki tergab-tekshirish shakllaridan biri (dastlabki tergov bilan bir qatorda).
Suverenitet (fr. souverainet — oliy hokimiyat) — davlatning mamlakat ichida ustuvorligi va uning tashqi munosabatlarda mustaqilligi.
Tahdid — kishilar ustidan ruhiy zo‘ravonlik qilish turlaridan biri.
Talonchilik — mol-mulkni ochiqdan ochiq o‘g‘irlash.
Taomil, odat — uzoq muddatli ijtimoiy amaliyot mobaynida shakllangan odatlar mustahkamlangan xatti-harakat shakli. Davlat paydo bo‘lishi bilan taomil huquq manbayiga aylanadi va unga rioya etish davlatning
majburlashi bilan ta’minlanadi.
Terrorizm (lot. terror — qo‘rquv, dahshat) — biror-bir maqsadga eri shish maqsadida huquqqa qarshi harakatlar (qotilliklar, diversiyalar va hokazolar) majmuyi.
Tintuv — jinoiy ishga doir isbot-dalillarni olishga yo‘naltirilgan tergov harakati.
Tovlamachilik — zo‘rlik ishlatish tahdidi bilan mol-mulkni (yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqni) berishni talab qiladigan reket, jinoyat.
Tuhmat — qasddan boshqa shaxsni badnom qiladigan, yolg‘on-bo‘htonlarni tarqatish.
Ushlash, ushlab turish, hibs — jinoyatni sodir etishda shubhalanayotgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, ushlangan shaxsning jinoyatga daxldorligini aniqlash va uni qamoqqa olish mumkinligi masalasini hal etish maqsadida, 72 soatdan oshmaydigan qisqa muddatli majburlov chorasi.
Vandalizm — moddiy va madaniy boyliklarni bema’nilarcha yo‘q qi lish, jamoat inshootlarini bulg‘ash, mol-mulkni ishdan chiqarish va hokazolar.
Vasiyat — fuqaro o‘zining mol-mulki xususida vafot etishini nazarda tutgan holda farmoyish berishi, qonunda belgilangan tartibda bajariladi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin