Manba : O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI fanidan 9-mavzu Vatanni himoya qilish va harbiy xizmatni o„tash burchi O‗zbekiston Respublikasini himoya qilish har bir fuqaroning Konstitutsiyada belgilangan burchi ekanligi.
Har bir fuqaroning harbiy yoki muqobil xizmatni o‗tash burchi (Konstitutsiyaning 52 moddasi).
O‗zbekiston Respublikasining ―Mudofaa to‗g‗risida‖gi 2001 yil 11 maydagi qonuniga tavsif. Harbiy qasamyod to‗g‗risidagi 1992 -yil 3-iyul Oliy Kengashining qarori.
O‗zbekiston Respublikasining ―Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‗g‗risida‖gi 2002-yil 12-dekabr qonuni haqida. Muqobil xizmat to‗g‗risidagi 1992 -yil 3- iyul qonuni mazmuni.
.1. Harbiy xizmatchining umumiy majburiyatlari. Harbiy unvonlar va farqli belgilar. Boshliqlar va bo‘ysunuvchilar. Kattalar va kichiklar. To‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita boshliqlarning huquqlari va majburiyatlari
Harbiy xizmatchi — haqiqiy harbiy xizmatni bajaruvchi shaxs hisoblanadi. U Vatanning, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining himoyachisi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilar askar va matroslar, serjantlar va ofitserlar (kichik, katta, oliy) tarkibiga bo‘linadi. Harbiy xizmatchi o‘z Vatanini himoya qilish jarayonida shaxsiy javobgarlikka egadir. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari xizmat faoliyatida qonunlar, harbiy nizomlarning talablariga amal qiladilar va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat tashkilotlari va birlashmalarining faoliyati bilan aloqador bo‘lmasliklari lozim. Harbiy xizmatchi quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasining «Himoyachisi» oliy unvonini sharaf bilan oqlashga, Qurolli Kuchlarning, o‘z harbiy qismining or-nomusi va jangovar shuhratini, o‘z harbiy unvonining obro‘sini e’zozlashga, harbiy qasamyodga