Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə34/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

strukturaviy va miqyosiy strukturaviy darajalariga bo‘linadi.
1) 
materiyaning tashkiliy-struktura darajalari – moddiy 
sistemalarning tashkiliy jihatdan uyushganligi va faolligiga qarab bir-
biridan farq qiladi. Bu darajalar fazo-vaqt strukturasining sifatiy 
xususiyatlari bilan farq qiladi. Ular notirik daraja (notirik tabiat), organik 
daraja – (tirik tabiat) va sotsial daraja (jamiyat) deb yuritiladi. 
Notirik tabiat darajasida atom yadrosi, yadro, atom va molekulalar 
majmuasi, molekular birikmalar, jismlar, yer shari, osmon jismlari, 
quyosh sistemasi va boshqa planetar sistemalar, yulduzlar to‘pi, 
gallaktika, metagallaktika va koinatning quyi darajada uyushgan fazo-
vaqt aloqadorliklari namoyon bo‘ladi. 
Notirik tabiat darajasiga nisbatan uyushganroq va faolroq fazo-vaqt 
sistemasi organik daraja deyiladi. Tirik tabiatni o‘rganganimizda ham, 
biz materiyaning tizimli tuzilishini ko‘ramiz. Unga organik molekular 
sistemalar, tirik organizmlarning xilma-xil ko‘rinishlari, bir hujayrali suv 
o‘tlari va sodda jonivorlardan tortib, murakkab tuzilgan umurtqalilar-
gacha, sodda hayvonlardan to maymunlar va odamlargacha kiradi. 
Odamlardan tashkil topgan turli murakkablikdagi ijtimoiy sistemalar 
sotsial darajaga mansubdir. Jamiyatda ham ko‘p miqdordagi o‘zaro 
tutashuvchi tizimlarning tiplari mavjuddir: odam, oila, turli kollektivlar, 
birlashmalar va tashkilotlar, partiyalar, sinflar, millatlar, davlatlar
davlatlarning tizimlari va yaxlit jamiyat ham. 
Yuqorida aytilgan tashkiliy-struktura darajalari bir-biridan moddiy 
aloqadorliklar sifati va miqdoriga ko‘ra, unda yetakchilik qiluvchi 
harakat shakliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, noorganik daraja 
mexanik, fizik, ximiyaviy va geologik harakat shakllari faoliyat 
ko‘rsatsa, organik darajada yuqoridagi harakat shakllariga biologik 
harakat qo‘shiladi va u mazkur darajada yetakchilik qiladi, sotsial 
darajada yana bir harakat shakli – ijtimoiy harakat faoliyati ko‘rsatib, u 
ushbu darajada yetakchilik qiladi. 
2) materiyaning miqyosiy-struktura darajalari. Bu moddiy 
sistemalarning bir-biridan mazkur sistemada hukmronlik qiluvchi 
fundamental kuchlar bilan farq qiluvchi darajalardir. Ular: mikrodunyo, 
makrodunyo va megadunyolarga bo‘linadi. 
Mikrodunyoda kuchli va kuchsiz yadroviy o‘zaro ta’sir kuchlari 
hukmronlik qiladi. Bu kuchlarning ta’sir doirasi atom yadrosi va atom 


 95
o‘lchovi bilan chegaralangandir. Kuchli yadroviy o‘zaro ta’sirlar atom 
yadrosining tarkibiy qismlari bo‘lgan proton va neytronlarning 
yaxlitligini, kuchsiz yadroviy o‘zaro ta’sirlar atom strukturasining 
yaxlitligini ta’minlaydi. Bu kuchlar tufayli mikrodunyo o‘zining 
strukturaviy yaxlitiligini saqlaydi. Makrodunyoning strukturaviy 
yaxlitligi esa elektromagnit o‘zaro ta’sirlari bilan saqlanadi. 
Elektromagnit o‘zaro ta’sir kuchlari atomlar va molekular 
brikmalarning, moddiy jismlarning strukturaviy yaxlitligini ta’minlaydi. 
Shu kuch tufayli yerda hayot mavjud, yorug‘lik mavjud. Megadunyo – 
gravitatsion o‘zaro ta’sirlar kuchi bilan chegaralangan eng katta moddiy 
obyekt, ya’ni koinot. Yer shari va uning atrofida oyning aylanishi, 
sayyoralarning quyosh atrofida aylanishini ta’minlovchi, Gallaktikaning 
muayyan tuzilishga egaligiga, butun koinotning fazo-vaqt strukturasi 
tartibining mavjudligiga gravitatsion o‘zaro ta’sir kuchlari mas’uldir. Bu 
kuchlar bo‘lmaganda edi, dunyodagi hozirgi tartib va munosabatlar ham 
bo‘lmagan, mikro-, makro- va megadunyolar ham shakllanmagan bo‘lar 
edi. 
Fandagi mavjud talqinga ko‘ra materiya yana modda va maydon 
ko‘rinishlarga ham bo‘linadi. Obyektiv reallikning koinot qa’ridan tortib 
to elementar zarrachalar va antizarrachalargacha (elektronlar, 
pozitronlar, protonlar, antiprotonlar, neytronlar va hokazo) materiyaning 
moddasimon ko‘rinishiga ega. Materiyaning nomoddasimon maydon 
ko‘rinishiga turli xil fizik (elektromagnit, gravitatsion) maydon va 
nurlanishlar kiradi. Modda bilan antimodda to‘qnashganda materiyaning 
annigiliyatsiya (lot. annihilation – hech nimaga aylanishi) hodisasi sodir 
bo‘ladi, ya’ni materiya moddasimon ko‘rinishdan nomodda ko‘rinishiga 
– maydon va nurlanishga aylanadi. Fizik vakuumdagi elektromagnit 
maydonini muayyan intensivlikdagi nurlanishlar bilan hujum qilinganda 
mazkur vakuumda zarracha va antizarrachalar hosil bo‘ladi, ya’ni 
materiyaning maydon ko‘rinishi modda ko‘rinishiga aylanadi.
Ikkinchi savolga xulosa qilib shuni aytish lozimki materiya obyektiv 
reallikni ifodalovchi moddiy obyektlarga xos eng umumiy tushuncha
falsafiy kategoriya bo‘lib, olamda mavjud bo‘lgan konkret moddiy 
obyektlar materiyaning muayyan konkret ko‘rinishlari sifatida namoyon 
bo‘ladi. Yuqorida guvoh bo‘lganimizdek, hozirgi zamon fani materiyani 
o‘rganishda tizimli yondashib uni strukturaviy daraja va muayyan 
ko‘rinishlarga ega bo‘lgan turlarga qarab tasniflaydi. 


 96

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin