Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil
etiladi. Xususan:
1) tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;
2) tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;
3) tadqiqot obyektlari va usullarining t o ‘g‘ri
tanlanishi;
4) tajriba o ‘tkazilish vaqti hamda davomiyligining aniqlanishi;
5) zarur pedagogik s h a rt-s h a ro itla r (a s b o b -u sk u n a, jih o z la r,
vositalar)ning yaratilganligi;
6) tajriba m a’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va
natijalarni
qayta ishlash.
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy
xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
r Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy
h o ld a ta d q iq o tn in g s a m a rad o rlik darajasini aniqlash m aq sa d ida
q o ‘llaniladi, m u a m m o holatini ifodalovchi ko'rsatkichlar
maxsus
matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladt/Y akuniy qiymat
tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ayni
vaqtda, pedagogik yo'n alishda, tadqiqotlar olib borishda Styudent,
K o‘virlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan
keng foydalanilmoqda.
Nazorat uchun savollar:
1. «Pedagogika» tushunchasi qanday mazmunni anglatadi?
2. T a ’lim nazariyasi (didaktika) nima?
3. Tarbiya nazariyasi nimalarni о ‘rganadi?
4. Pedagogika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ayting va mohiyatini yoriting.
6. Qanday fan lar pedagogik fanlar tizimiga kiradi?
7. Qanday metodlar pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari hisoblanadi.
Test topshiriqlari:
I. Qaysi javob variantida pedagogika fanlari tizimi to ‘g ‘ri ко ‘rsatilgan ?
a) umumiy pedagogika, maktabgacha ta Tim pedagogikasi, korreksion
(m axsud) pedagogika; surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofreno-
pedagogika va logopediya;
b) umumiy pedagogika, maktabgacha ta ’lim pedagogikasi, korreksion
(maxsud) pedagogika, metodika, pedagogika tarixi, t a ’limni boshqarish,
ijtimoiy pedagogika va boshqalar;
www.ziyouz.com kutubxonasi
d) um um iy pedagogika, ijtimoiy pedagogika, kasb ta ’limi;
e) umum iy pedagogika, metodika, ta ’limni boshqarish; axloq tuzatish
pedagogikasi;
f) barcha javob la r to ‘g ‘ri.
2.
M azkur g ‘oya qanday tushuncha mohiyatini yoritadi: «... shaxsni
tarbiyalash, unga muayyan yo ‘nalishlarda chuqur, puxta ilm iy bilimlarni
berishga yo ‘naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari bo ‘lib, ular asosida
muam moni ijobiy h a l etishga yordam beruvchi tamoyillari, obyektiv va
subyektiv omillari aniqlanadi»?
a) pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlarining;
b) ta ’lim nazariyasining;
d) tarbiya nazariyasining;
e) pedagogik fa n la r tizimining;
f) pedagogika fa n i vazifalarining.
www.ziyouz.com kutubxonasi