Bilimlarning haqiqatligi yoki xatoligi kishilarning amaliy
faoliyatida m a’lum b o ia d i. H aqiqat b o ‘lmagan bilim lar inson
faoliyatini muvaffaqiyatsizlikka olib keladi.
Shuning uchun har
qanday yangi bilimning haqiqat ekanligi amaliyotda tekshirib ko‘riladi.
Amaliyot insonning bilish jarayonida hosil bo‘lgan har bir bilimning
haqiqatligini tasdiqlash bilan birga, bu bilimning cheklanganligini,
bir tomonlamaligini, xato yoki g‘ayriilmiyligini ham aniqlab beradi.
Amaliyot ham inson bilimlarining haqiqatligi mezoni sifatida mutlaq
emas. Sababi: inson bilimlarining haqiqatligi
yoki xatoligi amaliyotda
tasdiqlanishi to‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun barcha davrlarda inson
bilimlarining sohalarida hali haqiqatligi to ‘la tasdiqlanmagan yoki
xatoligi to ‘la aniqlanmagan ko‘pginagipotezalar mavjud bo'ladi,
ular kelgusi avlodlar tom onidan tuzatilib, to ‘ldirilib,
tasdiqlanib
yoki rad qilinib boriladi. Shu boisdan, m a’lum sharoitlarda inson
erishgan bilimlarning haqiqatligi amaliyotda tasdiqlanishi yoki xatoligi
isbotlanishi mumkin. Bu m uddat bir necha o ‘n yil,
bir necha yuz,
hatto minglab yillami o ‘z ichiga olishi ham mumkin.
Lekin,shunga qaram asdan, amaliyot haqiqat m ezoni sifatida
insonning to ‘g‘ri bilimlarini xato bilim laridan
farq qilishda katta
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: