Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə251/325
tarix29.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#78123
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   325
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari
O'qituvchining pedagogik nazokati mohiyatida awalo etnope-dagogik tuyg'ular, milliy qadriyatlar, urf-odat va an'analar, o'zbekona tavoze va muomala madaniyati, o'quvchilar jamoasiga singib keta oladi-gan har qanday ijtimoiy muhitga moslashuvchi individual qobiliyatlar, kasbiy bilim, ko'nikma va malakalar mujassamlashgan bo'ladi.
Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o'quvchi ruhiyatiga keskin ta'sir qiladi. Warning psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini bir maromda ushlab turish uchun o'qituvchidan kuchli iroda, muomala madaniyati va bosiqlik, pedagogik mahoratning keng imko-niyatlaridan foydalanish talab qilinadi. Yosh avlod tarbiyasida o'qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu faoliyatga o'zini moslashtirishi lozim:

  • emotsional his-tuyg'ular va kechinmalarda, stress va affekt holat-larida o'zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish;

  • o'zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqla-gan holda qo'llash;

  • bachkana qiliqlar, ortiqcha xatti-harakatlar, pedagogik etikaga to'g'ri kelmaydigan bema'ni so'zlardan o'zini qat'iy tiyish;

  • o'qituvchiga xos notiqlik san'ati sirlarini puxta egallash, o'quvchi shaxsiga og'ir ta'sir etadigan, uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo'pol va dag'al so'zlar qo'Hamaslik;

  • dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan psixologik va fiziologik me'yorlarga asoslanish, manmanlikka yoi qo'y-maslik, o'zholatidan boshqa holatga o'tishdan saqlanish;

  • o'qituvchilar jamoasi va o'quvchilar bilan, ota-onalar hamda nota-nish kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat'iy muomala hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish.

Pedagogik nazokatni egallash malakalari. Pedagogik nazokat pedagogik mahorat bilan birga yillar davomida ustozlar tajribasini o'r-gangan holda va o'z hayotiy hamda kasbiy faoliyati tajribalaridan kelib chiqib shakllantirilib boriladi. O'qituvchining ma'naviy yetuklik darajasi, nazokat sirlarini o'rganishda o'quvchilar bilan muloqot qilish ko'nikma va malakalarini egallashi, maxsus psixologik bilimlarga ega bo'lishida, o'z ustida tinimsiz mehnat qilishi natijasida erishiladi. Awalo bu bilimlar o'quvchilar yosh xususiyati psixologiyasini va bolalarning individual xarakterini bilish bilan bog'liq.
Axloq asoslarini bilish, xatti-harakatlarda axloqiy ma'noni kasb etti-rish ham katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga o'quvchi ruhiyatiga ijo-biy-tarbiyaviy ta'sir etish yoilarini bilish o'qituvchilarning kundalik faoliyatiga aylanishi lozim:

  • o'quvchilarni chin ko'ngildan sevish, o'z muhabbatini o'zaro mu­nosabatda ko'rsata olish;

  • o'quvchilar xulqi va ruhiyatidagi yashirin ichki tuyg'ularni ang-lashga harakat qilish, ko'rish va kuzatish;

  • sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga moslashish;

  • sinf jamoasi bilan o'zaro hamkorlikni ta'lim-tarbiyaviy maqsadga muvofiq yo'lini tanlash;

  • o'quvchilar bilan norasmiy suhbatlarda o'z ichki hissiyotini sezdir-maslik, aksincha ular ishonchini qozonish.

Pedagogik nazokatning asosiy xususiyati shundan iboratki, o'qi­tuvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, o'quvchilar bilan psixologik kontaktga kirishish uslublarini saqlashga yordam beradi. Pedagogik nazokatning quyidagi xususiyatlari hozirgi kunda muvaf-faqiyat poydevori hisoblanadi:

  • o'qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o'zida mulo-qotning erkin demokratik asosini shakllantiradi;

  • sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi; o'quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi;

  • o'qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin mulo-qotga o'tib, demokratik prinsiplar asosida pedagogik faoliyatga kirishish shaklini qoilaydi;

  • o'quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida o'rgatadi.

Pedagogik nazokat asosida o'qituvchi o'quvchilar bilan muloqotda qarama-qarshilikka yo'l qo'ymasligi o'zaro munosabatni to'g'ri tashkil etishga yordam beradi. Bizga ma'lumki, o'qituvchining fikr-mulohazalarida nisbiylik va subyektivlik alomatlari ham mavjud. U hammaga birdek, to'g'ri munosabatda boia olmasligi tabiiy holdir, lekin u mohiyatan barcha o'quvchilarga holis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg'otishi kerak. Bu holat pedagogik nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin