3.3. V.N.Myasishchevning munosabatlar psixologiyasida bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarining yoritUishi
V .N . M yasishchev (1892-1973) rus psixologi, shaxs munosabatlari kontseptsiyasining ijodkori. Mazkur kontseptsiyaga ko‘ra, shaxsning asosini uning atrof olamga va o‘z-o‘ziga boigan munosabatlar tizimi tashkil etadi. Munosabatlar tizimi inson ongiga atrof voqelikning aks ettirilishi natijasida paydo boiadi, uning o‘zi ham voqelikni aks ettirilishining shakllaridan biridir. V.N. Myasishchev insonning rivojlanishida faoliyatning rolini kamsitmagan holda odamlar o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordamni talab qiluvchi munosabatlar tarkib topmagan taqdirda faoliyatning o‘zi asosiy psixik sifatlaming shakllanishida neytral jarayon boiib qolishi mumkin, degan xulosaga keladi. Psixologlar o‘rtasidagi bahs-munozaralar natijasida shu ma' lum boidiki, hatto, munosabat ko‘p jihatdan harakatga teskaridir. Birinchidan, munosabat maqsadga ega boimaydi va u ixtiyoriy b lishi mumkin emas; ikkinchidan munosabat jarayon emas, u fazo va vaqtda chegaralanmagan; uchinchidan, munosabat maxsus tashqi madaruy
www.ziyouz.com kutubxonasi
vositalar bilan amalga oshirilmaydi, u umumlashma shaklda o‘zlashtirilishi mumkin emas. Munosabat har doim individualdir. Biroq munosabat harakat bilan chambarchas bog‘liq. U harakatni keltirib chiqaradi, o‘zi ham harakat davomida shaklanishi va o‘zgarishi mumkin. Munosabat harakat manbai ham, natijasi ham boiishi mumkin, ammo bo‘lmasligi ham mumkin. Chunki munosabat har doim ham tashqi faollikda namoyon bo‘lmaydi. Qolaversa, inson ayni damda yoki umuman mavjud boimagan, faqat uning o‘z ongida mavjud narsalar bilan ham qandaydir munosabatda boiishi mumkin. V.N.Myasishchevning ta’kidlashicha, munosabat sub’ekt va ob’ekt mavjud boigan joyda vujudga keladi. Odamning psixologik munosabatlari uning ob’ektiv voqelik bilan boigan ongli aloqalami ifodalaydi V.N.Myasishchev mazkur voqelikning 3 kategoryasini ajratib ko‘rsatdi: 1) tabiat hodisalari va narsa buyumlar olami; 2) odamlar va ijtimoiy hodisalar; 3) sub’ektning o‘zi.Tabiatni idrok etish ko‘p jihatdan ijtimoiy tajriba ta’siriga tobe boiadi, odamning o‘ziga boigan munosabati uning boshqalarga boigan munosabati va boshqalaming unga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi. Shu sababli psixologik munosabatlar tizimida V.N.Myasishchev odamning boshqa odamlar bilan boigan munosabatlari birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. V.N.Myasishchevning ta’kidlashicha, odamning atrof voqelikka boigan munosabatining turlariga ehtiyojlar, emotsiyalar, qiziqish va e’tiqod kiradi.
V.N.Myasishchev o‘z ilmiy qarashlarida munosabatning bilish jaiayonlari bilan bo‘lgan aloqasini yoritib berishga uringaa Idrok voqelikni hissiy aks ettirish shaklidir. Idrokning mustahkamligi faol ijobiy munosabatni talab qiladi, ob’ektga nisbatan befarq munosabat hukmron boigan sharoitda idrok jarayoni ham beqaror boiadi. Idrokning tanlovchanligi ham turli ob’ektlaiga nisbatan inson turiicha munosabatda bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Biron maiumotni mustahkam eslab qolish ham unga bo‘lgan qiziqish va emotsional munosabatga bog‘liqligi ko‘plab tajribalarda o‘z tasdig‘ini topgan. Tafakkur voqelikni bilvosita aks ettiradi, ammo tafakkuming mantiqiy shakli bo‘lgan hukmlarda ham shaxsiy munosabat ifodalanadi. Shu tufayli aynan bir hodisa haqidagi har xil insonlaming hukmlari bir-biridan farqlanishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Insonning rivojlanishi masalasini ham V.N.Myasishchev munosabatlaming shakllanishi bilan chambarchas bog‘laydi. Kuzatishlar va tabiiy eksperimentlaming ko‘rsatishicha, shartsiz reflektor ta’sirida reaktivlik paydo bo‘ladi. Ikki yoshdayoq hali unchalik barqaror bo‘lmasa-da, bolada uning muayyan narsa va hodisalaiga bo‘lgan munosabatini ifodolovchi “xohlayman-xohlamayman”, “kerak-kerak emas”, “qiziq-qiziq emas” kabi so‘zlar jo‘rligida amalga oshiriladigan reaktsiyalami kuzatish mumkin. Eng muhimi, bola reaksiyasining mazmuni ishlatayotgan so‘zlaming mazmuni bilan hamohangdir. Ikki-uch yoshdan boshlab bolalar ancha aniq ifodalanuvchan bo‘luvchi tanlovchan munosabatlami namoyon etadilar. Bu munosabatlar orasida ota-onasiga, bolalaiga, taibiyachilaiga, o‘yinlaiga bo‘lgan munosabat, ayniqsa, yorqin ko‘zga tashlanadi. Munosabatlaming ayrim xususiyatlari bu yoshdayoq xarakteming sifatlari - mustaqillik, tashabbuskorlik, muloqotchanlik va boshqalarda namoyon boiadi. Ushbu yosh davrida munosabatlar vaziyat bilan bog‘liqligi va tez o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Munosabatlaming xarakteri va rivojlanish darajasiga qarab mazkur yosh davrida bolaning voqelik bilan bo‘lgan munosabatlari yanada murakkablashadi va turli—tuman boia boshlaydi. Munosabatlar tizimida yangilik —oiladan tashqari majburiyatlar va majburiy o‘quv faoliyatining paydo bo‘lishi yuz beradi. Bu davrda munosabatlar tizimi ob’ektiv zarurat talablari bilan belgilanadi. Shu tariqa V.N.Myasishchev insonning pixik rivojlanishi uning atrof voqelik va eng awalo boshqa odamlar bilan boigan munosabatlari tizimining murakkablashib, kengayib borishiga bog‘liq boiadi, degan g‘oyani ilgari suradi.
Shunday qilib, rus psixologlari - L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev, V.N.Myasishchev ilmiy qarashlarining qisqacha tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu olimlaming izlanishlarida inson psixik taraqqiyoti masalasi markaziy o‘rin egallagan. Har bir olim o‘z ilmiy yondashuviga ega boigan boisa-da, ulaming barchasini psixik taraqqiyotning manbalari va qonuniyatlari bilan bog‘liq muammolar qiziqtiigan. Rus psixologlarining ushbu muammolami o‘iganish sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlari psixologiya fanining, shu jumladan, bolalar psixologiyasining taraqqiyoti uchun xizmat qildi va qilib kelmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |