Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti olmon tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/31
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#38046
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
chet tillarni oqitishda uzluksizlik tamoyilining amaliy ahamiyati boshlangich umumiy orta talim maktablari akademik litsey va kasb hunar kollej ish dasturlari asosida

                    

            Mashqlardagi taxminiy topshiriqlar: 

—mustaqil ravishda o‘qiladigan matnni tanlash; 

—muammoni yoritib beruvchi maqolalarni oynomada ajratib olish; 

—ro‘znomada falon parcha xaqidagi maqolani topish. 

Matnlarning  turli  janrlari  ustida  ishlashlari  jarayonida  o‘quvchilar  o‘zlarining  bilimlari 

darajalariga  asoslangan  xolda,  o‘qib  chiqilgan  materiallar  bo‘yicha  topshiriqlarning  turli 

usullarini — matn rejasini tuzishdan tortib, to o‘quv referat va anno-tastiyalar tuzish kabilarini 

o‘zlashtiradilar, perifraz, kompressiya va xikoya qilish oraliq amallari bo‘lib xizmat qiladi. 

Perifraz  —  bu  so‘z  birikmalari  va  gaplarni  bir  oz  o‘zgartirilgan  shaklida  berish  (matnda  aks 

ettirilgan hodisalarni jamlab, o‘z so‘zi bilan bayon etilishi). 

Kompressiya  —  matn  mazmunini  umumlashtirib  beruvchi  jumlalar  orqali  asosiy  ma‘noni 

etkazish 

yo‘li 

bilan, 


uni 

ixchamlashtirilishi,                                                                                                                                                                                                  

qisqartirilishi,matn                                                                                                                                                                  

materiallarini katta parchalarini qayta ishlanishi jarayonida qo‘llanadi. 




Xikoya  qilib  berish  —  ya‘ni  yozma  yoki  og‘zaki  matnni  qisqa  qilib  bayon  etilishi,  matn 

mazmuni ustida qayta ishlashning keng tarqalgan usulidir. Xikoya qilib berilishi jarayonida asl 

matn nusxasidan stitatalar xam keltirilishi mumkin, umuman olganda o‘quvchilar xikoya qilib 

berish  usulidan  foydalanganlarida  matnni  o‘zlari  yaxshi  o‘zlashtirib  olgan  til  vositalari  orqali 

bayon qilib beradilar. Bu usul qo‘llanilganida umumlashmalar, maxsus qolip gaplar o‘z o‘rniga 

ega bo‘ladi. 

  Referat  -  asosiy  'axborotni  o‘ta  qisqartirilgan  shaklidagi  bayoni.  Referatda  matnning  asl 

nusxasida  keltirilgan  asosiy  fakt  va  xodisalar  sanab  chiqiladi,  lekin  u  fikr-muloxaza,  isbot, 

misollardan xolidir. 

Annotastiya  —  xabar  berish  va  tanishtirish  vazifasini  bajaradi.  Annotastiyaning  asosiy 

mazmuni o‘z so‘zi bilan aniq va imkon qadar qisqa (5—20 qatorgacha) qilib bayon etilishidir, 

ya‘ni  u  o‘qib  chiqilgan  matnning  referatdan  ixchamroq  shaklidir.  Annotastiya  matn  mavzusi, 

uning  yangiligi,  ahamiyati,  o‘quvchilar  uchun  qiziqarli  tomonlarini  ta‘riflab  beradi,  shuning 

uchun uning tarkibi ko‘pincha baholash xarakteriga ega bo‘lgan bir qolibdagi doimiy gaplardan 

iborat bo‘ladi. 

Akademik lisey va kasb- hunar kollejlarida chet tillarini o‘qitish maqsad va vazifalaridan yana 

birlari; gapirish, tinglab tushunish, til material,  yozuv, leksik minimum, Grammatik minimum 

va boshqalar. 

                                           Nutq mavzulari 

   O‘qish,  tarjima  qilish,  gapirish  va  tinglab  tushunishga  mo‘ljallangan  o‘quv  materiallari,  tili 

o‘rganilayotgan  mamlakatlar  va  bizning  vatanimiz  xususiyatlari  va  umuminsoniy 

qadriyatlardan  kelib  chiqqan  holda,  o‘quvchilarning  umummadaniy  extiyojlari,  kasbiy 

qiziqishlariga izchil xizmat qilishga qaratilgan. 

Madaniy, ijtimoiy, kasbiy, mexmat va o‘qish faoliyatlariga — muloqotning asosiy jarayonlari 

sifatida qaraladi. 

    Ushbu muloqot jarayonlari tarkibida quyidaga mavzular tavsiya etaladi: 




                                    Inson va jamiyat 

-     Germaniya, Fransiya va Uzbekistan o‘rtasidagi madaniy-ilmiy va boshqa xidsagi aloqalar, 

shu jumladan, yoshlar o‘rtasida fikr almashish; 

—hozirgi zamon jamiyatida yoshlarning hayoti; o‘qish, xordiq chiqarish, shu jumladan, ilmiy-

texnik ijod, muammo va istiqbol; 

—tillari  o‘rganilmish  mamlakatlar  xalqlarining  madaniyati,  turmushi  va  an‘analari  (badiiy 

asarlar va asl nusxadagi boshqa matnlar asosida); 

—ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayot lavxalari (ro‘znoma va oynomalardan); 

-jamiyatning  ekologik  muammolari  (tabiiy  boyliklardan  oqilona  foydalanish,  erdagi  xayotni 

saqlab turishda ekologiyaning axamiyati). 

                                   Madaniyat   va sanat 

-     mamlakatimiz    xamda     Germaniya     va     Fransiya     adabiyotlari, musiqalari, tasviriy 

san‘at, teatr va kinolari; 

-  mamlakatimiz     va     tillari     o‘rganilayotgan     mamlakatlarning    umujaxon     moddiy    

va    ma‘naviy    taraqqiyotiga qo‘shayotgan xissasi; 

—buyuk shaxslarning tarjimai hollari. 

                                         Fan 

- mamlakatlarimiz va til o‘rganilayotgan mamlakatda fan-texnikadagi kashfiyotlar tarixi; 

—tili  o‘rganilayotgan  mamlakatlar  olimlarining  fan

,

  texnika  va  texnologiya  taraqqiyotiga 



qo‘shgan xissasi; 

-o‘quvchilar  kasbi  bo‘yicha  o‘rganilayotgan  tildaga  ba‘zi  ma‘lumotlar  (gumanitar, 

tabiatshunoslik, matematika, tilshunoslik soxalaridan). 

                             

 

 

 



 

 



                         Xulosa 

 

  ―  Chet  tillarida  uzuliksiz    ta‘lim    tamoyilini  amaliy  ahamiyati    ‖  mavzusi    yuzasidan  



izlanishlar  olib  borar  ekanmiz  mavzu  yusadidan  taniqli  metodist  va  ta‘limshunos  olimlar  

fikrlarini  o‘rganib    chiqdik.    Ta‘lim    islohotidan    kutilgan    maqsadlar,    ta‘lim    islohotlarida  

ko‘zda  tutilgan  vazifalar,  ta‘lim  tizimidagi  uzviylik,  izchillik  va  uzviylikning  chet  tili  

o‘qitilishidagi    ahamiyati,    bu    tamoyilning    amal    qilinishi    masalarani    o‘rganib    chiqdim.   

Izlanishlar    natijasi    sifatidagi    quyidagi    fikr    va    mulohazalarni    xulosa    sifatida    aytib 

o‘tmoqchiman. 

Uzluksiz    ta‘lim  mamlakatimizda      yangilanayotgan    ta‘lim    tizimining    tarkibiy  

qismlaridan  biridir.  Unga  ko‘ra  mamlakatimizda  uzluksiz  ta‘lim  tizimining  faoliyat   olib  

borishi  davlat  ta‘lim  standartlari  turli  darajadagi  ta‘lim  dasturlarining  izchilligi  asosida  

ta‘minlanadi.   

Uzluksis  ta‘lim  tizimi  quyidagilarni  o‘z  ichiga  oladi.   

-  maktabgacha  ta‘lim; 

-  umumiy  o‘rta  ta‘lim; 

-  o‘rta  maxsus,  kasb  hunar  ta‘limi; 

-  oliy  ta‘lim; 

-  kadrlar  malakasini  oshirish  va  qayta  tayyorlash; 

-  maktabdan  tashqari  ta‘lim; 

Uzluksiz  ta‘lim  tamoyilining  chet  tili  o‘qitilishida  joriy  qilinishida  eski  tizimdagi   

uzilishlarni  bartaraf  qilgan  holda  uzluksiz  ta‘lim  tizimini  yaratish  ko‘zda  tutiladi. 

 

Ta‘lim  tizimidagi   uzilish  tayanch  ta‘limi  (1-9 sinflar)  bilan  umumiy  o‘rta  ta‘lim  



(10-11  sinflar)  bilan  boshlang‘ich  va  o‘rta  kasb hunar  ta‘limi  o‘rtasida  mavjud  bo‘lib,  bu  

uzilish    umumiy    o‘rta    ta‘lim    (1-9  sinflar)    bilan    uch    yillik    o‘rta    maxsus    kasb    hunar  

ta‘limining  o‘rtasida  uzviylikni  ta‘minlash  orqali  erishish  mumkin. 

 

Uzluksis    ta‘lim    tizimidagi    uzviylikni    ta‘minlashda    ta‘lim    turlari    o‘rtasidagi  



uzviylikni    ta‘minlash    muhimdir.    Ta‘lim    turlari    o‘rtasidagi    uzviylik        o‘quv    dasturlari,  

darsliklar,  til  materiali  taqdimoti  va  nutq  faoliyati  turllari  o‘rtasida  uzviylikni  ta‘minlash  

orqali  amalga  oshiriladi. 

 

Bitiruv  malakaviy  ish  mazmunidan  kelib  chiqib  umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktablarida  



olmon  tili  o‘qitilishida  uzviylikni  ta‘minlash  masalalariga  to‘xtalib  o‘tildi. 

Mavzu    yuzasida    izlanishlar    olib    borar    ekanmiz    quyidagi    fikr    va    mulohazalarni  

aytib  o‘tishni  lozim  topdik. Chet  tili  ta‘limida  izchillik  tamoyili  amal  qilinganda;    

O‘quvchi va talabalarning chet tilni o‘rganish samaradorligi ortadi, agar, 




- tilni o‘rgatish puxta ishlangan metodik tavsiyalar asosida tashkil etilsa; 

- o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan izchillikda foydalanilsa; 

-  ta‘lim mazmunida mantiqiy davomiylik ta‘minlansa;      

-  til o‘qitish vositalarida izchillikka to‘liq rioya qilinsa.  

Izchillikning  samaraliligi  o‘qituvchi  shaxsining  pedagogik  ta‘siri,  o‘rta  va  oliy 

maktabning  barcha  bosqichlarida  chet  til  o‘qitish  materiali,  ta‘lim  texnologiyasini  tanlash  va 

vazifalar birligini ta‘minlandagina  yanada  ortar  ekan.  

O‘rta va oliy maktab chet til ta‘limi mazmunida izchillikni ta‘minlashga yo‘naltirilgan ilmiy-

metodik tavsiyalar va ularning samaradorligining  ham  ahamiyati   katta. 

Chet  til  ta‘limi  samaradorligini  ta‘minlashga  yangicha  nuqtai  nazardan 

yondashilganligi,    chet   til   ta‘limi mazmunining davr talabi darajasida yangilanib borishiga 

obektiv  zaruriyat  sifatida  qaralganligi,  turli  o‘quv  muassasalarida  olmon  tili  o‘qitish  holati, 

o‘quv dasturi, darslik va darslarda izchillikning  ta‘minlanganligi o‘rganilib, tahlil qilinganligi, 

o‘quvchi va talabalarning   olmon tilidan ko‘nikma va malakalarining shakllanganligi, olmon 

tili        ta‘limida      izchillikni      ta‘minlash    texnologiyasining  ishlab  chiqilganligi  bilan     

belgilanadi. 




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin