Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Yüklə 165,54 Kb.
səhifə3/7
tarix07.09.2022
ölçüsü165,54 Kb.
#63446
1   2   3   4   5   6   7
Koshi tengsizligi va uning tadbiqlari

1.2Koshi tengsizligi va uning tadbiqlari” mavzusini o‘qitishda ishlatiladigan innovatsion texnologiyalar
Texnologiya so‘zi fanga 1872 yilda kirib keldi. U yunoncha «texos»- hunar, mahorat va «logos» esa ta’limot yoki fan degan ma’noni beradi. Qisqacha «mahorat haqidagi fan» ma’nosini anglatadi. Bugungi kunda ayrim kishilar pedagogik texnologiya– bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq, hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan kompyuter, masofali o‘qish, yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb o‘ylashadi. Bu to‘g‘ri emas. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi– bu o‘qituvchi-trener va talaba-o‘quvchilarning begilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog‘liq.
«Pedagogik texnologiya» iborasi birinchi marta 1970-yilda yapon olimi T.Sakamote tomonidan kiritilgan. Olimning fikricha-pedagogik texnologiya (o‘qitish texnologiyasi) o‘qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo‘l-yo‘riqlar tizimi bilan bog‘liq bilimlar sohasidir. Professor N.F.Talizina pedagogik texnologiyani belgilangan o‘quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat,-deb hisoblaydi. Professor N.Saydahmedovning aytishicha pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi. Professor M.Ochilovning yozishicha pedagogik texnologiya tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob’yektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta’sirini inobatga olib o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan metodlar va usullar majmuidir. Bu tushunchaga YUNESKO tomonidan quyidagicha ta’rif berilgan: pedagogik texnologiya- bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish, uni qo‘llashning tizimli (loyihalashtirilgan) metodi (usuli)dir. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan usullar, vositalar majmuidir. Pedagogik texnologiya eskimi, yangimi qadimdan mavjud. Biroq jamiyat taraqqiy etgan sari maorif oldiga o‘zining yangidan-yangi ijtimoiy buyurtmalarini qo‘yib borganligi tufayli, ta’lim-tarbiya jarayoni ham zamonaviy ilg‘or metodlar, usullar bilan boyib, yangilanib boradi.
Pedagogik texnologiyaning yo‘nalishlari ko‘p. Hozirgi an’anaviy ta’lim, bu 17-asrda Ya.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko‘p qo‘llanilayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. Ular pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar; o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar; o‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqish asosidagi pedagogik texnologiyalar; o‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish asosidagi pedagogik texnologiyalar; tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar; rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va boshqalar [6. 3-4].
Ta’lim-tarbiyada maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o‘qituvchi, ham talaba-o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo‘ygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog‘liq.
O‘qituvchi va o‘quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o‘qituvchi talaba-o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitiga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar, bular o‘qituvchi va talaba-o‘quvchilarga bog‘liq.
Shu bilan bir qatorda o‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni eng asosiysi o‘quvchi-talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o‘quvchi–talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
Innavatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning tamoyillari.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanishda ma’lum tamoyillar va qoidalarga amal qilishni talab qiladi.
Tamoyil yoki prinsip boshqaruvchi g‘oya, umumlashgan talab kabi ma’nolarni bildiriadi. Tamoyillar o‘quv-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishishga rioya qilinadigan umumiy me’yorlar va talab-lardir. Ularni aniqlashda quyidagi:
1. Jamiyat talablariga mos keladigan ta’lim–tarbiya maqsadi;
2. Didaktik jarayonning ob’yektiv qonuniyatlari;
3. Ta’lim-tarbiya jarayoninin amalga oshiradigan shart-sharoitlar kabi xolatlar e’tiborga olinadi. Innovatsion texnologiyalarning tamo-yillari qatorigi quyidagilarni ko‘rsatiladi.
Pedagogik texnologiyalarning yaxlitligi tamoyili-texnologiya loyixasi ishlanayotgan paytida yaratilgan pedagogik tizimning barcha elementlari o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liqligini e’tiborga olishni taqazo etadi. Bunda ta’lim maqsadlarini qat’iy aniqlanishi (ta’lim nega beriladi), o‘quv jarayonining mazmuni (nimalar o‘rganiladi) tashkiliy shaklllari (qanday), o‘qitish metodlari va vositalarining (nimalar yordamida) amalga oshirish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonini oldindan loyixalash, keyin bu loyixaga asosan o‘quv ishlarini sinfda amalga oshirishlikni bildiradi. Bu esa pedagogik texnologiyani navbatdagi oldindan loyihalash tamoyili sanaladi. Oldindan loyihalash darsga tayyorlanishda ijod qilishni talab qiladi. Loyihalangan texnologiya dars mavzusini o‘rganishga ajratilgan vaqt doirasida amalga oshirilishi zarur. Loyihalangan texnologiya o‘rganiladigan mavzuni o‘quvchilar tushunishlari. o‘zlashtirishlari oson bo‘lishiga xarakat qilinadi.
Yakuniy natijani kafolatlanishi tamoyili- ishlab chiqilgan texnologiya muayan natijalarni berishini bildiradi.
Innovatsion texnologiyalarda ta’limda foydalanishning ahamiyati quyidagilardan iborat:
-o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishdagi mustaqilligini rivojlantiradi;
-o‘quvchilar orasida mavzuning o‘zlashtirishga oid o‘zaro aloqalar kuchayadi;
-bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish ortadi;
-o‘quvchilar o‘rganilayotgan mavzuni nechog‘lik o‘zlashtirib olganliklarini o‘zlari baholaydilar;
-bilimlarni egallashda ishonchlari ortadi.
Innovatsion pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayoniga samarali ta’sir juda sezilarli, yuqori natijalarni qo‘lga kiritish imkonini ta’minlovchi vositalardan bo‘lganligi tufayli keyingi yillarda bu masala yuzasidan ko‘plab ishlanmalar, uslubiy qo‘llanmalar chop etilmoqda. Oqibatda yangi pedagogik texnologiyalarning turli tashkiliy shakllari paydo bo‘lmoqda.
Innovatsion texnologiyalarning ta’limdagi juda katta o‘rni, ahamiyati tufayli keyingi davrlarda metodist olimlar, novator o‘qituvchilar tomonidan uning yangi-yangi tashkiliy shakllari ishlab chiqilmoqda. Quyida ikkinchi tartibdi egri chiziqlar mavzusinini innovatsion texnologiyalarning modul tizimi, tayanch belgilar, klaster va sinkveyn kabi tashkiliy shaklllaridan foydalanib o‘rganishga oid materiallar beriladi.
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy- pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol- javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan qo‘llanmalaridan foydalanish, talabalarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. Aytilganlardan kelib chiqqan holda «Matematik analiz» o‘quv kursi bo‘yicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondoshuvlarni keltiramiz:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashishni nazarda tutadi.
Ta’lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Falsafa, pedagogika va psixologiyada bu yo‘nalishning o‘ziga xosligi talabaning individualligiga alohida e’tibor berish orqali namoyon bo‘ladi.
Shulardan kelib chiqqan holda «Matematik analiz» kursining ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlarga e’tibor berish kerak.
Ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu yo‘nalish ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu esa Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilgan holda o‘quvchining intellektual rivojlanishi darajasiga yo‘naltirilib qolmay, uning ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi.

  • Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi.

  • Amaliy yondashuv. Shaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga ta’lim jarayonini yo‘naltirish; o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo‘yadi.

  • Dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchi sub’yektlarning psixologik birligi va o‘zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada esa, shaxsning jodiy faolligi va taqdimot kuchayadi.

  • Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, sub’yektlar munosabatida o‘qituvchi va o‘quvchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko‘zda tutadi.

  • Muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli holatlar orqali namoyish qilish asosida o‘quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning ob’yektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo‘llash ta’minlanadi.

  • Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish: ya’ni o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish.

Yuqoridagi konseptual yondashuv va «Chiziqli algebra va Matematik analiz» fanining tarkibi, mazmuni, o‘quv axborot hajmidan kelib chiqqan holda o‘qitishning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi.

  • O‘qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muammoli usul, o‘rgatuvchi o‘yinlar, “aqliy hujum”, insert, “Birgalikda o‘rganamiz”, pinbord, ma’ruza (kirish ma’ruzasi, vizual ma’ruza, tematik, ma’ruza-konferensiya, aniq holatlarni yechish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy).

  • O‘qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, dialog, polilog va o‘zaro hamkorlikka asoslangan.

  • O‘qitish vositalari: odatdagi o‘qitish vositalari (darslik, ma’ruza matni, tayanch konspekti)dan tashqari grafik organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari.

  • O‘zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o‘qitishning diagnostikasi (tashxisi).

  • Boshqarishning usuli va vositalari. O‘quv mashg‘ulotini texnologik xarita ko‘rinishida rejalashtirish o‘quv mashg‘ulotining bosqichlarini belgilab, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi.

  • Monitoring va baholash. O‘quv mashg‘uloti va butun kurs davomida o‘qitish natijalarini kuzatib borish, o‘quvchi faoliyatini har bir mashg‘ulot va yil davomida reyting asosida baholash.

Muammoli o‘qitish. – Maqsadi - faol shaxsni tarbiyalash. Vazifasi - faol bilish jarayoniga undash, ijodiy fikrni rivojlantirish, tanqid va tahlil qilish, muammoni yechish usulini izlashga o‘rgatish, tafakkurida ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish.

  • Muammoli vaziyatni yaratish metodikasi:

  • Talabalar muammoning yechimini o‘zlari topishga urinadilar;

  • Talabalar bitta savolga har xil fikrlar bildiradilar;

  • Fikrlar taqqoslanadi, umumlashadi va xulosa chiqariladi.

  • Muammoli o‘qitishning shakllari:

  • Ma’ruza yoki seminarlarda o‘quv materialini muammoli bayon etish;

  • Laboratoriya ishlari yoki tajriba qilishda qisman izlanuvchi faoliyat;

  • Bitiruv ishlarini bajarishda mustaqil tadqiqot faoliyati.




  • “Klaster” uslubi. – Fikrlarning tarmoqlanishi - pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq uzviy bog‘langan ketma-ketlikda o‘rgatadi.

  • Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:

  • Hayolga kelgan fikr bir so‘z bilan ifoda etilib, ketma-ket yoziladi;

  • Fikrlar tugaguncha, yozishda davom etiladi va fikrlar tugasa, u xolda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi;

  • Darsda imkon boricha fikrlarning va o‘zaro bog‘liqlikning ketma-ketligini ko‘paytirishga harakat qilinishi lozim;

O‘qitish jarayonida klaster grafik organayzeridan foydalanish.


  • Aqliy hujum. – Bevosita jamoa bo‘lib, “fikrlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad – mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir.



  • “Zig–zag” – usuli 1980-1990 yillardan boshlab paydo bo‘lgan. Bu usulning boshqa guruhlardan farqi shundaki, ishtirokchilar mayda guruhlarga ajratiladilar va talabalar raqamlanadilar, spiker (boshliq saylanadi). So‘ngra bir xil raqamlar bir-birini “topadilar”. Topshiriq beriladi va o‘zlashtirgach, tarqalishadilar. Har bir a’zo o‘zi o‘zlashtirgan materialni eski sheriklariga aytib beradi. Savol-javobda esa guruh baholanadi. Har bir raqamlanganlar yangi va har xil topshiriqlar olganini hisobga olsak, har bir talaba o‘z guruhi manfaati uchun ham berilgan topshiriqni bilishi kerak va bilishga majbur. Chunki, u o‘z guruhiga qaytganda, o‘rgangan mavzu bo‘yicha savol-javobda guruhi nomidan qatnashishi kerak.

  • 6x6x6 – uslubida o‘qituvchi guruh 36 ta qatnashchisini qisqa vaqt mobaynida bironta masalani muhokama qilishga o‘rgatish va ular ko‘pchiligining fikrlarini bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 6-ta guruh ishtirokchilari o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammoni 6 daqiqa mobaynida muhokama qiladilar. Shundan keyin o‘qituvchi 6ta yangi guruhni shunday tuzadiki, unda oldingi munozara guruhida qatnashganlardan birontasi albatta bo‘ladi. Yangi guruh qatnashchilari o‘z guruhlarining ish natijalarini muhokama qiladilar. 6x6x6 – guruhning barcha a’zolarini faollashtiruvchi uslubdir.

  • “Bumerang” texnologiyasi. – Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. Asosiy tushunchalar quyidagilar:

  • Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.

  • Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha” yoki “yo‘q” tipidagi to‘g‘ri, ochiq javoblarni berishni ko‘zda tutadi.

Ko‘ndalang so‘roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo‘lib, bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlarni pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Yüklə 165,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin