‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   184
61aef8397723d3.50813536

Robinzonada
usuli degan nom oldi. Ayirbosh­
lash konsepsiyasining tarafdorlari bo'lgan Avstriya maktablarining 
iqtisodchilari iqtisodiy masalalami faqat bozor munosabatlaridan, ya’ni 
ayirboshlash munosabatlaridan iborat qilib qo'ydilar. Ular individ- 
laming moddiy ne’matlami iste’mol qilishi xo'jalik faoliyatini tashldl 
etuvchi asosiy omil deb da’vo qilishdi.
Qadriyat (qimmat) nazariyasi Avstriya maktabining konsepsiyalarida 
markaziy o‘rin oldi. Bu nazariya «eng yuqori foydalilik» nomini oldi. 
Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari 
ne’mat va qadriyat tushunchalari bilan almashtirildi. K.Menger, 
E.Byom-Baverk va boshqalar qiymat kategoriyasini subyektiv mazmun 
bilan to'ldirdilar. Uning ustunligi sifatida iste’mol qiymati yoki moddiy 
ne’matlaming foydaliligi qabul etildi. Foydalilik deganda Byom-Baverk 
moddiy ne’matlaming umumiy xususiyatini tushunar edi. Bu xusu- 
siyat moddiy ne’matlarning shaxslar farovonligiga ehtiyojlarining 
qondirilishiga munosabati bilan belgilanadi deb hisoblar edi. Qiymat 
qimmat va qadriyat tushunchasi bilan almashtiriladi.
Ne’matning foydaliligi uning asosi deb hisoblanardi. Byom-Baverk 
foydalilikning oddiy (mavhum) va malakali (aniq) turini bir-biridan 
farq qilardi. Mavhum foydalilik mo‘l-ko‘1 moddiy ne’matlarga xos 
bo'lgan foydalilik deb ta’riflanar edi. Bu holatda ne’mat birligining


foydaliligi 0 dan iborat deb hisoblanardi (daryo yonida suv, havo va 
boshqalar). Zaxiralari cheklangan ne’mat malakali foydalilik deb 
ta’riflanar, bu ne’matlaming hatto birlik hajmida kamayishi ham shaxs- 
ning farovonligiga ta’sir qiladi deb uqtirilardi. Foydalilikning bunday 
bo‘linishi moddiy ne’matlar qadriyatining vujudga kelishi bilan bog'liq 
qilib qo‘yilar edi. Avstriya maktabining iqtisodchilari, hamma ne’mat­
lar emas, balki miqdori cheklangan ne’matlamigina qadriyatga ega 
bo'ladi, deb hisoblashardi. Ulaming nazarida mana shu qadriyatlargina 
ayirboshlanishi mumkin edi. Byom-Baverkning fikricha, qadriyatning 
vujudga keUshi uchun noyob foydalilik bilan birga qo'shilishi zarur, 
ammo mutlaq noyoblik emas, balki mazkur turdagi buyumlarga bo‘lgan 
mavjud ehtiyojning miqyosiga qiyosan «nisbiy» noyoblik nazarda tutilardi.
Qadriyatning hosil bo‘lishida Byom-Baverk ikki bosqichni alohida 
ko'rsatdi, birinchi bosqichni u subyektiv qadriyatning hosil bo‘lishi 
bilan bog'ladi, bunda u ne’matning shaxs ehtiyojlarini qondirishda 
qanday rol o'ynashiga qarab, shu subyekt ne’matga beriladigan shaxsiy 
baho nazarda tutilar edi. Agar foydalilik mavhum bo‘lsa, u holda ne’mat 
baho olmaydi va uning subyektiv qadriyati 0 ga teng bo'ladi. Sersuv 
buloq yonida turgan kishi uchun bir stakan suv bunga misol qilib 
ko‘rsatiladi. Ammo sahroga borib qolgan kishi uchun o‘sha bir stakan 
suvning o‘zi aniq foydalilik kasb etadi. Shaxsning farovonligigina emas, 
uning hayoti ham shu suv bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu holatda 
bir stakan suv subyektiv qadriyatga ega bo‘ladi. Byom-Baverkning 
ta’biricha, buyumning qadri uning eng yuqori foyda miqdori bilan 
o'lchanadi, bunda xo‘jalik ne’matlari muayyan turidan olinadigan eng 
oz naf nazarda tutiladi. Buni Robinzon yetishtirgan besh qop don 
misolida ko'rish mumkin: bir qopi oziqqa, ikki qopi urug‘likka, uch 
qopi yem uchun va hokazo. Byom-Baverk bu «qonun»ning amal 
qilishini besh qop don hosili olgan shaxsning xo'jaligi misolida 
ko'rsatadi. Hamma qoplardagi donning sifati va vazni teppa-teng. Biroq 
Byom-Baverknig nazariyasiga ko‘ra, bir qop donning subyektiv 
qadriyati kamayib boruvchi foydalilik prinsi pi asosida belgilanishi 
kerak. Birinchi qop don shaxsning eng zarur hayotiy ehtiyojini 
qondiradi va shu sababli eng ko‘p foydalilikka ega bo‘ladi. Keyingi 
qoplaming foydaliligi kamayib boradi. To‘tiqushni boqishga mo'ljallangan 
so'nggi qop ham foydalilikka ega. Ana shu so'nggi qop don mazkur 
moddiy ne’mat birligining subyektiv qadriyatini belgilaydi. «Barcha


mavjud don zapasi besh qop bo‘lgan taqdirda bir qop donning qadriyati 
to‘tiqush boqish qiymatiga teng bo‘ladi», - deydi Byom-Baverk.
Byom-Baverk qadriyat hosil bo'lishidagi ikkinchi bosqichni 
«obyektiv qadriyat» bilan bog‘ladi. U mazkur bosqichni talab va taklif 
xususidagi mavjud eski nazariya asosida izohladi. Obyektiv qadriyatning 
hosil bo'lishini talab va taklifning stixiyali nisbati davomida bozordagi 
subyektiv baholami baravarlashtirishdan iborat qilib qo‘yildi, shuning 
natijasida yangi, o‘rtacha qadriyat paydo bo‘lib, mana shu obyektiv 
miqdor deb ko'rsatildi.
«Eng yuqori foydalilik» nazariyasi Avstriya maktabi va boshqa 
iqtisodiyot konsepsiyalari uchun asos bo‘ldi, bu konsepsiyalar esa 
kapitalizm sharoitida iqtisodiyotning ijtimoiy mazmunini kuchsiz- 
lantiruvchi, uning sinfiy xarakterini inkor etuvchidir. Byom-Baverk­
ning ta’biricha, qadriyat to‘g‘risidagi ta’Iimot daromadni taqsimlash, 
shu jumladan yer rentasi, ish haqi, kapitaldan olinadigan foyda 
to‘g‘risidagi doktrinaning markaziy bandidir.
Avstriya maktabining taqsimlash nazariyasi bir qancha mavjud 
konsepsiyalami: J.B.Seyning ishlab chiqarishning uch omili, taqsimot 
konsepsiyasini, «eng yuqori foydalilik» nazariyasini o‘z ichiga oladi. 
Bu o'rinda ishlab chiqarish omillari unumli ne’matlar deb atalgan. 
Ularning har biriga (yer, kapital va mehnatga) olingan iste’mol 
ne’matlarining muayyan qismi muvofiq keladi.
14.3. U.Jevons va L.Valrasning maijinalistik g‘oyalari
Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) London universitetida mate­
matika va ximiya fanlaridan tahsil olish bilan birga siyosiy iqtisodni 
ham qiziqib o'rgangan. 1863 yilda Manchester shahridagi kollejga siyo­
siy iqtisod o‘qituvchisi bo‘lib ishga kirdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmas- 
dan uning iqtisodiy mavzuda 
«Siyosiy iqtisod nazariyasi» (1871), 
«Fan tamoyillari» (1874) va boshqa asosiy asarlari e’lon qilindi.
XIX asming oxirigacha U.Jevons va uning asarlari o‘zining kuchli 
matematik ifodasi tufayli o‘quvchilar tomonidan to‘liq e’tibor bilan 
qabul qilinmadi. Lekin uning g'oyalaridagi subyektivizm asosiy ilmiy 
asarlarida aniq o‘z o‘mini topgan edi. Masalan, U.Jevons iste’mol, 
talab, foydalilik haqida o‘z holicha tushunchalar berish bilan birga, 
tovarlar narxi uning me’yoriy foydaliligi bilan funksional bog'liqdir 
deb ko‘rsatadi. Shuningdek, olim klassiklaming raqobat haqidagi


fikrlarini qo‘llab, sotuvchi va oluvchi o'zaro muloqotda bo‘lib, kerakli 
ma’lumotni bir-biridan olishi mumkin deb ko‘rsatadi. Natijada u 
quyidagicha xulosa keltirib chiqaradi: bozordagi sotuvchilar (subyektlar) 
insonlar ehtiyoji uchun zarur bo'lgan tovarlami muhayyo qilib, 
ulaming iste’mollarini to‘laroq qondiradilar. Shu fikri bilan U Jevons 
birinchilardan bo‘lib me’yoriy tahlilni maydonga tashlaydi va mar- 
jinalizm asoschilaridan biriga aylandi.
Leon Valras (1834-1910) maijinalizmning Lozanna (Shveysariya) 
deb ataluvchi maktabi asoschisi hisoblanadi. Unga keyinchalik Pareto, 
Italiyadan 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin