Avtoturistlar uchun mehmonxonalar
Oddiy turdagi mehmonxonalardan farqli o‘laroq, motellar ham qavatli, bir-biridan ajratilgan, kichik xonalari bo‘lgan binolar bo‘lib, bevosita ular yaqinida avtomobillar turish joylari joylashtiriladi.
Motellardagi turar joylar aksariyat bir xonali va bunda yotoqxonasi va mujassamlashgan sanitariya xonalari vannasi yoki dush bilan loyihalanadi. Ko‘p xollarda motelning turar joy xonalarida yoki old qismida oshxona o‘rnatiladi.
Birinchi guruhdagi sxemalarda alohida pavilьon ko‘rinishidagi xonalar ko‘rsatilgan; ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi sxemalarda esa motellar ko‘rinishi amaliyotda keng tarqalgan, xonalarni bloklashtirish usuli ko‘rsatilgan. Uchinchi va to‘rtinchi usullar nisbatan iqtisodiy samarali bo‘lib, bunda sanitariya xonalari bino uzunligini maksimal qisqartirgan holda uning yon tomonida joylashadi.
Xonalarni bir qator bloklashtirishda sanitariya xonalariga kiraverish tarafdan yoki avtomobillar turish joyi ajratgan holda shlyuz orqali kirish mumkin bo‘lgan holda joylashtiriladi.
70
Ikki qatorli xonalarni bloklashtirishda sanitar-texnik moslamalar 4 tadan guruhlashgan holda ichkarisida yoki xonalar oralig‘ida sun’iy yoritgichlikka ega holda joylashtiriladi. Sanitariya xonalari ular ichkarisida joylashganligi iqtisodiy samaralidir.
Motellarni loyihalashda turar joy xonasining avtomobillar turish joyi bilan bog‘lanishi katta hamiyatga ega. Avtomobillarni motellarda joylashtirilishining qator usullari mavjud. Eng sodda usullardan biri avtomobillarni xonalar oldida joylashtirishdir. Bunday echim bir qatorli bloklashtirilgan turar joy xonalarida nisbatan qulay bo‘lib, ikki qatorli bloklashtirishda esa noqulay. Turar joy xonalari orasida avtomobillarni joylashtirish yanada qulay bo‘lib, bunda harakat bir yoki ikki tomondan amalga oshirilishi mumkin.
YAna bir boshqa holda ikki qavatli motellarning turar joy xonalari ostida avtomobillar joylashtirilib, bunda xonalar derazalaridan tashqi ko‘rinish yaxshilanadi va qurilish maydonlari tejamkorlik bilan foydalanish ta’minlanadi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xonalar o‘lchamlari va tizimi yashovchilar soniga bog‘liq. Uncha katta bo‘lmagan tunab qolish uchungina mo‘ljallangan motellarda xizmat ko‘rsatish stansiyasi va tamaddixonasi nisbatan yirik va oz vaqt qolish uchun mo‘ljallangan motellarda dam olish, o‘yin xonalari, restoran, sayilgoh va boshqalardan tashkil topishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |