Zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti sport inshootlari


O‘quv yurtlar sport inshooti



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə15/23
tarix26.06.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#135140
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti sport inshootlari

O‘quv yurtlar sport inshooti
O‘quv yurtlari uchun sport zallar qurilishida arxitektura-rejalashtirish echimlarini inobatga olib quriladi. Maktablar uchun sport zallarining o‘lchamlari 9x18, 12x24 yoki 15x30 m bo‘ladi. Qurilish davrida jihozlarni osish va maxsus jihozlarni joylashtirish uchun kryuk va anjomlar o‘rnatiladi. Maktab pedagogi 1-4 va 5-9 sinflar uchun maktab o‘quv dasturiga asosan jihozlarni joylashtirish tartibini yaxshi bilishi shart.
57

44-rasm. Maktab sport zali



58

Muz ustida xokkey
Muz ustida xokkey maydonlari maxsus ajratilgan joylarda yoki yozgi sport maydonlarini ustiga quriladi. Xokkey maydonining o‘lchami 61x30 m Maydon korobkasi muz ustida 1.2 m balandlikda joylashadi. Korobkaning ichki tarafi silliq va yuqori qirralari oval shaklida bo‘lishi shart. Darvozaning o‘lchami 183 sm eni va balandligi esa 122 sm.

45-rasm. Muz ustida xokkey stadionining umumiy ko‘rinishi




Sport inshootlarini loyihalash va qurish
Sport inshootlarini loyihalash va qurishda asosiy tashkiliy toifalari
Birorta sport inshootlarini qurish oldidan albatta texnik talablarini muxokama qilish kerak, shu bilan birga pul, qurilish materiallari va ish kuchi bilan ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

59

46-rasm. Muz ustida xokkey maydoni chizmasi


60


Sport inshootlarini quruvchi tashkilotlar avvalom bor, o‘zlari inshootni yaxshi ko‘z oldiga keltirib, quyidagilarni inobatga olishlari kerak:



  1. inshootni qanday maqsadda qo‘llanishini;

  2. uning klassi va qancha odam bo‘lishini;

  3. asosiy maydon va zallar sonini;

  4. yordamchi xonalar joylanishini;

  5. tomoshabinlar uchun joylar soni va joylanishini.

Bundan keyin uning narxini aniqlash lozim. Bir turdagi loyihalar smeta narxidan aniqlanadi.


Agar qurilish ob’ekti loyiha bo‘yicha qurilsa, bu holda uning taxmi-niy narxi qo‘llanmalar yordamida aniqlanadi.


Binoni narxini aniqlagandan keyin loyiha ishlab chiqish narxi, loyiha narxini va qurilish narxini ajratish muammolarini hal qilib qo‘yish zarur. Buning uchun qurilish tashkilotlarida limitlarni hal qilish kerak va bu sport inshootni qurilishini davlat rejasiga kiritish lozim.


Bu muammolarni xal qilingandan keyin buyurtmachi va loyihani ishlab chiqadigan korxona bilan birgalikda kerakli hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlashga tayyorlaydi.





  1. Loyiha ishlarini bajarish uchun topshiriq tayyorlanadi. Topshiriqni tayyorlash jarayonida quyidagilarni xisobga olish kerak:

a) qurilayotgan sport inshootini qaysi tumanda qurilishini va bu tumanning rejasini hisobga olish zarur;


b) yoki qishloqda, mikrorayonda, shaharda bo‘lsa, bu erlarning uchastkalarini ham hisobga olish zarur.


Loyiha buyurtmasiga quyidagi keyingi ma’lumotlar berilishi kerak:





  1. ushbu bino yoki sport inshootida shug‘ullanishi mo‘ljallanayotgan sportchi, ishchi-xizmatchi va jismoniy tarbiyachilarning soni;




  1. qurilishning ro‘yxati;




  1. qurilishning taxminiy maydoni, avtomashinalar uchun to‘xtash joy-lari va harakat hollarini, shuningdek, obodonlashtirish ish rejalarini hisobga olinishi;




  1. smeta tannarxini buyurtmachining imkoniyatlari bilan solishti-

rish.

Katta qurilishlarga (stadion, sport saroylari) texnik-iqtisodiy asoslash (TEO) ishlab chiqiladi.


Bunga asosan kelajakdagi quriladigan bino yoki kompleksni rentabelligi narxini chiqarib olish kerak. Loyiha buyurtmachisi shu


61
loyihaga asosan mablag‘ ajratgan korxonaning rahbari tasdiqlaydi va shundan keyin bu hujjat ro‘yxatga olinadi va shahar, qishloq, rayonning tavsiyasi bo‘yicha er uchastkasi ajratiladi. Sport inshooti quriladigan uchastkaga bir nechta talablar qo‘yiladi: 1) texnik talablar; 2) ekonomik; 3) sanitar talablari.





Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin