Sport inshootlari faoliyatini rejalashtirish
Sport inshootlari faoliyatini rejalashtirish ishlari bir yil muddatga (yozgi, qishki) sport sezoniga mo‘ljallanib tuziladi. Qattiq qish bo‘ladigan joylarda yozgi sezon apreldan boshlab, qishki sezon esa oktyabr-noyabrdan rejalashtiriladi. Qattiq qish bo‘lmaydigan joylarda dekabr-yanvar bahor sezoniga sport inshootlarini ishlariga o‘tish davri deb hisoblanadi. Sport inshootlarning joriy rejasi avval jismoniy tarbiya jamoasida, kasaba uyushma qo‘mitasida va yuqori sport tashkilotlarida tasdiqlanadi. Bundan tashqari, joriy rejalashtirishning bir bo‘limi bo‘lmish moliya rejasi kerakli mutasaddi moliya tashkilotlarida tasdiqlanadi. Sport inshootlarning joriy rejalashtirish ishlari inshootlarning funksional faoliyatini o‘z zimmasiga oladi.
Rejaga:
tashkiliy ishlar,
o‘quv sport ishlari,
sport tadbirlar o‘tkazish,
71
moliya masalalarni echish,
jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish,
ta’mirlash-qurilish ishlarini olib borish,
tibbiy xizmat ko‘rsatish va texnika xavfsizligini tashkil etish,
moddiy texnika bilan ta’minlashlar kiradi.
Rejaning har bir bo‘limi sport inshootlari faoliyatidagi rivoji, to‘g‘ri ekspluatatsiya, moliya faoliyatiga ko‘ra masalalarni echishi lozim.
Tashkiliy ishlar bo‘limi inshootlarning ba’zi-bir qismlarining rejasini hamda yo‘riqnoma va qonunlarni tuzishni, inshootlarga qarashli organlarni tashkil etishni o‘z zimmasiga oladi.
O‘quv-sport ishlari bo‘limi sport turlari, jumladan umumiy jismoniy tayyorgarlik, suzish, konьki uchish, chang‘i uchish bo‘yicha sport seksiyalar tashkil etishni o‘ziga mujassam etadi. Bu ishlar ma’lum bir vaqtga rejalashtiriladi, o‘quv mashg‘ulotlar setkasi (kun, hafta, o‘n kunlik yoki oylik bo‘yicha) bo‘ladi. Ma’lum bir inshootlarda taxsil ko‘rayotgan guruhlar soatlar yuklamasiga qarab sport inshootlarning yuklama jadvali deb yuritiladi. Sport inshootlari haftalik jadvali eng ko‘p tarqalgan. Sport inshootlari kompleksida ba’zi-bir sport inshootlar jadvallari sport turlari bo‘yicha umumiy bir dars jadvaliga keltiriladi. YUklama jadvallari va dars jadvallari hamma kiradigan va yaqqol ko‘rinadigan joylarga osiladi.
«Sport tadbirlari» bo‘limidagi reja o‘z zimmasiga hamma sport musobaqalar taqvimi rejasini oladi va mavsum yoki joriy oyga tuzilib, u ham ko‘rinadigan joyga osiladi.
Dostları ilə paylaş: |