Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/29
tarix18.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#79602
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
orta asr numizmatik materiallarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini organishdagi ahamiyati

XULOSA 
 
Insoniyat tarixiy taraqqiyoti ulkan, poyonsiz yo’llarni bosib o’tdi, 
taraqqiyotni evolyutsion yo’li, insoniyatni tsivilizatsiya sari etakladi. 
Antik taraqqiyotni boshlanishi san`at va madaniyatning xamma soxalariga
ta`sir ko’rsatib, o’zining rivojlanish yo’lida yuqoriga etgan bo’lsa, bu 
davrda tarix fanining aloxida bo’limi xisoblangan numizmatika soxasida 
xam diqqatga loyiq ishlar qilingan. Metalldan ishlangan pul tanga 
chaqalarning paydo bo’lishi insoniyat tarixidagi muxim voqealardan
biridir. Ma`lumki jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning g’oyat
yuksak 
darajasiga erishgandagina tanga chaqalar kashf etilishi mumkin. Odamlar 
endi pul tariqasida chorva mollarini ishlatmay qo’ysalarda, buyumlar 
narxini ilgarigi odatga kirib qolgan chorva mol narxiga chaqqanlar. Metall 
pullar qirqib tortila boshlaganidan keyin, ularni og’irligini ko’rsatib 
beruvchi belgi sola boshlaganlar. Belgi solingan pulni paydo bo’lishi
xaqida shunday afsonalar saqlangan. Rimliklarni ko’pdan-ko’p xudolari 
orasida, ixtirolarni boshqaradigan xudolar xam bor ekan. Uning ikkita yuzi 
bo’lib, oti Yanus ekan. Dastlab tanga pulni o’sha YAnus ixtiro qilgan
emish. SHuning uchun eski rim va ital’yan pullarining bir tomonida ikki 
yuzli YAnus surati, ikkinchi tomonida YAnus tushib kelgan kema surati 
zarb qilingan. 
Tanga pullarning dastlab qaerda paydo bo’lganligini aniq aytish qiyin. 
Ammo tanga pulning nomi "Moneta" ellinlarda tug’ilgan. 
Qadimgi Rimliklar xudolarni xammasi er va osmon podshosi YUpiter 
va uning xotini YUnon Monetaga bo’ysunadi deb bilganlar. 
"Moneta"-murabbiya degani bo’ladi. Rimliklar ma`buda Monetani 
benixoya xurmat qilganlar va unga atab Rimning eng baland joyiga
ibodatxona solganlar. Ular urushlarda g’olib bo’lganlaridan keyin o’z 
ma`budalariga atab katta qurbonliklar qilishgan, xatto pullarini YUnon


63 
Moneta ibodatxonasida zarb qilishga qaror qilganlar. Ana shundan buyon 
tanga pullar moneta deb ataladigan bo’ldi. 
Dastlab qilingan dunyoda tanga pullar faqat sof oltin va kumushdan 
zarb qilingan. Ammo bu metallar sof xolida juda mo’rt bo’lganligidan, 
undan zarb qilingan pullar tez eyilib siyqalanib ketgan. SHuidan keyin 
pullarni qotishmadan zarb qiladigan bo’lganlar, Oltin yoki kumushga
boshqa metallar. mas,: mis yoki qalay qorishtirganlar
Har bir mamlakatning xukmdori boshqalarnikidan farq qiladigan tanga 
pullar zarb qilib chiqarishga uringanlar. 
Numizmatika fanining asosiy tushunchalaridan biri bo’lgan tanga pul
xillari ana shu tariqa paydo bo’lgan. Tanga pullarni odatda betini o’rab 
turgan doirasi bo’ladi, bu doirada yozuv yoki surat bo’ladi. Numizmatlar
yozuvni tanga pulning Legendasi (tangada uchraydigan barcha yozuvlar, 
qisqartirilgan so’zlar, aloxida xarflarning atamasi) deb ataydi. Suratlarga 
kelsak odatda podsholar, xudolar surati zarb qilinadi va bu suratlar 
davlatning yoki podshoxning muxrini aks ettiradi. 
Numimzmatika birinchi navbatda KOLLEKSIYa tarzida shakllangan va 
rivojlangan. Bu xol ilk bor Italiya uygonish davrida boshlanga. Yunoniston 
va Rimda bu xol kizikish va xobbiga aylangan
1

Tanikli kollektsionerlardan eng yirik namoyondalaridan biri italyan 
shoiri F.Petrarka (1304-1374) edi. Uning butun Dune mamalakatlaridan 
yigilgan minglab tangalari bulgan. Shuningdek Kozimo Medichi xam 
kollektsioner bulib u kariyb mln.ga yakin tangani uz kulidan utkazgan.
XVI asrda Yevropa saroylarida 950 dan ortik numizmatika zallari 
yaratilganligi aniklangan. Xozirgi kunda xam tangashunoslik muz eylari 
mavjud. 
1
E.Rtveladze. O’rta Osiyoning qadimgi tangalari.,T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987, 12-
bet.


64 
XVI asra Yevropada numizmatikaga oid ilmiy asarlar, kitoblar 
yaratilgan.Jumladan: 
Y.Ekkel (1737-1798)Vena universiteti arxeologi, professor ilmiy 
numizmatikaga asos solgan. U antik tangalarni tarixiy-geografik nuktai-
nazardan 70.000 tangani tadkik kilgan va tizimlagan. Shular asosida 8 tomli 
«Kadimgi tangalar haqida» (Nauka o drevnix monetax) kitobini yozgan. 
Ungacha esa 1517 yilda Andreo Fulvio, italiyan olimi «Mashxur 
shaxslar tasviri»,
1533 yilda esa Gilom Ruli «Yanada tanikli shaxslar tasvirlari», ularning 
xayotidan kiska satrlarga bagishlangan kitob yozgan. 
I.Lelevel tomonidan yozilgan 3 tomli «O’rta asrlar numizmatikasi» 
1835 yil. Yozilgan. 
XIX asr o’rtalarida udavlarda XIII tomli «O’rta asr Yevropa tangalari» 
kitobi nashriyoti rejalashtirilgan bulib, uning 1-tomi 1986 yilda nashrdan 
chikkan. 
Shark tangalari tavsifini yaratgan, asli Germaniyalik, Rossiya 
akdemiyasi akademigi, kozon universiteti professori Xristian Martin Fren 
(1782-1851)bulib, uning kollektsiyasida 3 mlin.ga yakin tangalar bor. U 
Ekkel ishini davom ettirib «Shark numizmatikasi knyazi» nomini olgan.
Rus tangashunosi Aleksey Vasilevich Oreshnikov (1855-1933) 
«Kadimgi nus tangalari» kitobinashr etilgan. Shuningdek Edvard Vasilevich 
Rtveladze 1942 tugilgan. ToshDUda ukigan.arxeolog numizmat. 70 dan 
ortik arxeologik kazishmalarda ishtirok etgan. 1987 yil nashr etilgan.
Har qanday tarix tarixiy manbalar asosida yaratiladi. Tarixiy manbalar 
moddiy yoki ma’naviy bo’lishi mumkin. Jumiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini 
o’rganishda moddiy manbalarning o’rni juda katta hisoblanadi.
Tanga - ana shu kabi moddiy manbalar sirasiga kiradi. Tunga (pul) bozor 
munosabatlarini tartibga soluvchi bir buyum bo’ladigan bo’lsa, uning iqtisodiy 
ahamiyati juda kattadir.


65 
Qadimda topilgan numizmatik materiallar asosida jamiyatning ijtimoiy, 
iqtisodiy, madaniy hayoti o’rganilgan. Qolaversa, numizmatika fani boshqa 
yordamchi tarix fanlari bilan uzviy bog’liq.
Qadimshunos – arxeologlar ekspeditsiyalar natijasida tanga topishadi. Bu 
tanganing metal parchasi yoki boshqa jismdan farqli ekanligini numizmatlar 
aniqlaydi. Lingvistlar tanga sirtidagi yozuvlarni o’qisa, xronologlar tanga zarb 
qilingan davrni o’rganishadi. 
Emitent – tangazarb qildirgan shaxs. Tangada u kim tomonidan zarb 
qilinganligi aks etgan bo’ladi. Tanganing qiymati va ishlatilish imkoniyatlariga 
qarab uning jamiyat iqtisodiy-ijtimoiy hayotidagi o’rni va roli belgilanadi. 
Tangalar qadimdan zarb qilinaboshlanid va o’rta asrlarda butun yer yuzi 
bo’ylab tarqaldi. O’rta asrlarda numizmatikaga bo’lgan qiziqish shu qadar ortdiki, 
hatto yevropada minga yachin tangalar jamlangan zallar paydo bo’ldi. 
Numizmatikaning o’ziga xos kolleksionerlari, knyazlari paydo bo’ldi. 
Umuman olganda numizmatika fani orqali ijtimoiy hayotning hamma sohasini 
o’rnaish, tadqiq qilish va ilmiyxulosa chiqarish mumkin. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin