Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə15/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Katta epos
Qirg’iz xalqi epik madaniyatining asosiy janri katta epos hisoblanadi. Kata epos umumiy tarzda “Manas” deb nomlanib, u bir nechta yirik qismlardan iborat. Har bir qism bosh qahramon nomi bilan atalgan. Qismlar Manas boshchiligidagi ulusning bitta qahramoni hayoti va faoliyatiga bag’ishlanadi.
Manas tarixiy shaxs bo’lganmi? Er. VII-VIII asrlarda qirg’iz qabilalari birlashish arafasida turganida Manas ismli odam ularga boshchilik qilgan. “Manas” eposi mifologik toifadagi asardir. Eposdan Manas ko’p qirrali obraz sifatida ko’rsatilgan. Jang vaqtida u bamisoli vahshiy yo’lbars, hayotda esa Manas – odil hukmdor, mehribon oilaboshi sifatida gavdalantiriladi.
Xon Manas atrofida unga yaqin odamlari turgan: Qariya Baqay– donishmand maslahatgo’y, umr yo’ldoshi Qanikey – Eron xonining qizi, do’st va aqlli yordamchi, hamfikr Almanbet – millati Xitoy, Sirg’ak – yaqin do’sti va 40 ta cho’ro’ – harbiy boshliqlar.
Manasning vorislari – o’g’li Semetey va nabirasi Seytek bo’lib, ular Manas ishlarini davomchilari bo’lishgan. SHu tarzda mashhur epik trilogiya uchta asosiy qismdan iborat bo’lgan: “Manas”, “Semetey”, “Seytek”.
Epos mavjudligining (bitovaniya) asosiy tamoyili (printsipi) uning doimiy rivojlanishidir. Yirik ijrochi-ijodkorlar eposga yangi epizodlar, faktlar kiritadilar. Natijada epos kengayadi. ‘‘ asrda katta eposning uchinchi qismi bo’lmish “Seytek” davom ettirilgan. Sayaqbay Qaralaev “Kenen” (Seytekning o’g’li), “Alimsariq, Qulansariq” (Seytekning nabiralari) kabi qismlarni rivojlantirgan.
“Manas” eposining ijrochilari “Manaschi” lar deyiladi. “Semeteychi”, “Seytekchi”, kabi atamalar ham mavjud bo’lib, ular ijodkor eposining qaysi qismini ijrochisiligiga ishora qiladi. “Manaschi” atamasi ilmiy leksikoniga va xalq tiliga ‘‘ asrda kiritilgan. Avvallari esa epos ijrochisi “Jomoqchi” deyilgan.
“Manas” (400–500 ming she’riy misradan iborat) hajman Gomer “Iliada”sida 32 marta, o’zbek eposi “SHohnoma” dan 4 martta, hind, “Mahobhorat”idan 100 ming misra ortiq. Eposning bir qismi bir nechta hafta davomida ijro etilishi mumkin bo’lgan. Ammo shu vaqtgacha “Manas”ning to’liq ijrosi yozib olinmagan.
“Manas” turkumli tuzilishga ega. Unda musiqiy fol’klorning lirik, tarixiy, marosim, komediya, oqin janrlari, maqollar, topishmoqlar, ertaklar va afsonalar jamlangan.
Katta eposning ohang tuzilishi – bu o’ziga xos qirg’iz rechetativining antalogiyasidir. Qirg’iz xalq rechetativini tahlil qilgan V.Vinogrodov uning to’rt turini aniqlagan. Rechetativning birinchi turi musiqiy bo’lmagan.
Rechetattsiyaning bunday turi kam uchraydi va notatsiya qilinmaydi.
Rechetativning ikkinchi turi – melodiyalashtirilgan deklamatsiya bo’lib, unda tovush balandligi, metroritmik va kompozitsion qirralar aniq. Rechetativ tovushqatori trixord yoki tetraxordga teng.
Rechetativning uchinchi turi ikkinchisiga yaqin. Ammo unda lad – ohang qirralari aniqroq. Musiqiy frazalar nisbatan ifodaliroq.
Va nihoyat, rechetativning to’rtinchi turi – kuychan rechetattsiyadir.
SHimolda epos ko’chmanchi hayot tarzi bilan bog’liq holda, Janubda esa o’troq tarzi bilan bog’liq holda rivojlandi.
Manas ijrochilari: Sayaqbay Qaralaev (1894 – 1972), To’g’o’loq Moldo (Bayshibet Abdrahmonov, (1860 – 1942), Mo’ldo’basan Musulmanqulov (1883 – 1961), Mambet CHo’qmo’rov (1896 – 1973), Jusup Mamay (1918), Urkash Mambetaliev (1934) va boshqalar.

Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin