Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə18/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Dialogik janrlar

Umumiy tarzda “qayim” deb nomlanuvchi qo’shiq aytishuvlari – oqinlar dialogik janrlaridir. Aytishuvlarning ikki turi mavjud: ijodiy, bellashuv; bellashuv elementlari bo’lmagan ijodiy uchrashuv.


“Aytishuv” – oqinlar san’ati rivojining yuqori darajasini ko’rsatgichidir. “Aytishuv” – omma oldida ikki yoki ko’proq oqinlarning dialog shaklidagi bellashuvi bo’lib, unda qomuz jo’rsoz sifatida qo’llaniladi. Bellashuv cholg’u jo’rligisiz ham o’tkazilgan.
Bellashuv 20-40 minutdan bir necha soatgacha davom ettirilgan.
“Aytishuv” amaliyotida ijro turlari ko’paygan. Bular: zalqar aqin aytish (yirik oqinlar aytishuvi, klassik aytishuv);
ayal – erkek aytish (erkak – oqin va ayol – oqin aytishuvi);
eki, uch, to’rt aqin aytish (ik, uch, to’rt oqinning aytishuvi);
mayramdiq, saltanat aytish (tantanovor xarakterdagi aytishuv);
tamasha, qo’rdo’o’ aytish (hazil, satirik xarakterdagi aytishuv);
tabishmaqtuu aytish (topishmoqli aytishuv);
“Aytishuv” janrining yirik turlaridan biri “alim sabaq” deyiladi. Mazkur aytishuv shakli o’ziga xos bo’lib, oqinlar uzun impravizatsion tuzilmalar o’rniga, qisqa, lekin chuqur ma’noni anglatuvchi aytimlar ijro etishadi. Har bir aytim oldidan oqin qomuzda hajman kichik kuy chaladi.
“Alim sabaq” ijrochilarida badiiy iqtidor darajasi baland bo’lishi darkor. Tili o’tkir bo’lgan oqin aytishuvda g’olib chiqadi.
Har bir oqinning improvizatsion sistemasi, ohang lug’ati va rechitatsiya uslubi bo’ladi.
Xalq xotirasida Jaysan, Ketbuqa, Asan Qayg’i, To’qto’g’ul kabi oqinlarning nomlari saqlanib kelinmoqda.
Tayanch so’zlar:
Qirg’iz xalq epik ijodi, kichik epos, katta epos, aqinlar, Manas, manaschilar.


? Nazorat uchun savollar:

1. Qirg’iz xalq epik ijodiyotining o’ziga xos qirralari xususida nima deya olasiz?


2. Kichik epos deganda nimani tushunasiz?
3. Katta epos nima?
4. Manaschilar kim?



Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin