Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə21/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Urma cholg’ular

Qirg’iz xalq urma cholg’ulari son jihatidan ko’p emas. Fol’klor urma cholg’ulari uchta membramafon: Dobulbash, do’o’l va qarsildoqdan iborat. “Manas” eposida dap va chilmardan cholg’ulari haqida ham eslatib o’tilgan. Ular usul beruvchi cholg’ular sifatida inson va hayvonlarga qattiq ta’sir etuvchi vositadir.


Dobulbash – bir tomonli baraban bo’lib, u teri bilan qoplangan. Korpusning balandligi 50-60 sm, membrana diametri 25-30 smni tashkil qiladi. CHolg’uning korpusi archadan, membrana esa tuya terisidan tayyorlangan. Tovush qamchi yoki panja urilishi yordamida chiqarilgan.

161–rasm.
Hozirda dobulbash yumshoq yostiqchali tayoqchalar bilan urib chalinadi. CHolg’uning ovozi kuchli va o’tkir. Dobulbash tovushidan harbiy signal sifatida ham foydalanilgan.
Dool – uncha katta bo’lmagan yog’ochli yoki metall membranofon. Hozirgi davrda uning ikki turi mavjud: an’anaviy va rekonstruktsiyalashtirilgan. An’anaviy doolning ko’rinishi dubulg’asimon bo’lib, membrananing diametri 30 smga yaqin. Korpusning balandligi esa 20 sm bo’ladi. Kuchli, past tovush yog’och tayoqchalar bilan doolga urish yo’li bilan chiqarilgan. Doolning ikki tomonidagi moslamalar bilan ot egariga maxkamlanib, tantanavor chiqishlar va ov jarayonida chalingan.
Qadimgi zamon an’analarini o’rganuvchi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, dool cholg’usi diniy-maishiy funktsiyani bajargan. Uni shomon-baxshi shaytonlarni haydash uchun chalgan. “Manas” eposida esa dool
signal rolini bajarishi eslatib o’tiladi. Bundan tashqari mazkur cholg’u urma va damli cholg’ular ansambli tarkibiga ham kiritilgan.
Modernlashtirilgan dool qozon-baraban ko’rinishida bo’lib, O.Kenchiboev tomonidan rekonstruktsiya qilingan. Hozirda zamonaviy ansamblь tarkibiga kiritilgan.

163-rasm.
Qarsildaq – ikkita qoshiqsimon yog’ochli moslamalar bo’lib, ular o’zaro maxkamlangan. Bittasining kengligi 10 sm, uzunligi 20 smni tashkil qiladi. Ikkinchi “qoshiq” nisbatan kichikroq. Ularni yengil urib qo’yilganda, turli balandlikdagi sharqiroq tovushlar chiqadi.



Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin