Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə20/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Damli cholg’ular
Qirg’iz damli cholg’ular tarixi qadim zamonlardan boshlanadi. Dastlabki damli cholg’ular chaqiriq vazifalarini bajargan. Keyinchalik badiiy va estetik zavq olish maqsadida foydalanilgan. Damli cholg’ular guruhini bir nechta qiziqarli cholg’ular tashkil etadi. SHulardan eng qadimiysi choor cholg’usidir.
CHoor – qirg’iz an’anaviy aerofoni. U qadimiy cholg’ulardan biri deb hisoblanadi. Ushbu cholg’uni ijrochisi choorchu deyiladi. CHoor Qirg’izistonning janubiy hududlarida, cho’ponlar cholg’usi sifatida keng qo’llanilgan. SHimolda uzoq vaqt mobaynida choordan foydalanilmagan. Hozirgi davrda, fol’klor-etnografik ansambllar faoliyati bilan, mazkur cholg’udan shimoliy hududlarda ham foydalanilmoqda.
CHoorning turlari ko’p. CHolg’uning turlari ko’pligi, uning tayyorlanadigan materiali bilan bog’liq. Masalan, chogoyno choor (chertopolox), qamish choor, shilbi choor (jimolostь), sari jig’ach choor (barbaris), bantirqan choor (borщevik), jez choor (misli). Tayyorlanadigan materialdan tashqari konstruktiv tamoyillar ham mazkur cholg’uni turlarini bir-biridan farqlaydi.
CHoor cholg’usining uzunligi 40-100 smni tashkil qiladi. Teshiklari to’rttagacha bo’ladi. Ishchi diapazon bir – bir yarim oktavani tashkil qiladi.
CHoorning tembri uning turlari bilan bog’liq.
CHopo choor (loydan yasalgan choor) – qirg’iz xalq damli cholg’ularining bir turi.

156–rasm.
CHolg’uning bu turi asosan janubiy hududlarda tarqalgan. CHopo choor cholg’usining shakli – erkin.
CHolg’uning tovush qatori o’ta kichik (tertsiya – kvinta oralig’ida). Tembri – chuqur, yumshoq, rom qiluvchi. CHopo choor bolalar uchun musiqiy o’yinchoq vazifasini ham bajaradi. Fol’klor ansambllarida teng huquqli cholg’u sifatida ham qo’llaniladi.
Hozirgi davrda cholg’u mukammallashtirilgan.

157–rasm.
Sibizg’i – qirg’iz xalq damli cholg’ularining yana bir turidir. Mazkur cholg’u ko’ndalang tarzda ushlab chalinadi. Sibizg’ining ham ikki turi mavjud: an’anaviy va modernizatsiyalashtirilgan.
Sibizg’i – tut, o’rik, barbaris, qamish, mis kabi materiallardan tayyorlanadi. Asosiy qismining uzunligi 50 smgacha, diametri esa 2 smni tashkil qiladi. CHolg’uning 6-7 teshigi bo’lib, modernizatsiyalashtirilgan turlarida 10 tagacha bo’lishi mumkin. Sibizg’ining tovushi yorqin, hushtaksimon va nisbatan yuqori tessiturada.
Sibizg’ining bir turi jeznay deyiladi (misli nay).
Surnay – qirg’iz xalq damli cholg’usidir.CHolg’uning uzunligi 40-65sm bo’ladi va o’rik, tut daraxtlaridan, misdan yasaladi. CHolg’uning keng tarqalgan diapazoni birinchi oktava “re”-ikkinchi oktava “mi” ni o’z ichiga oladi.
Qamish surnay tuzilishi jihatdan biroz soddaroq. Qamish surnayning uch yoki to’rtta teshigi bo’lib, uzunligi 25sm, trubka diametri 0,8 smni tashkil etadi.
Surnayning tovushi keskin va uning bunday tarzdagi tovushidan chaqiriq (signal) sifatida qo’llanilgan. Surnay ba’zan harbiy cholg’u ansambllari tarkibiga ham kiritilgan. Surnayni kasbiy darajadagi musiqachilar chalishgan, chunki surnay tovushini chiqarish katta jismoniy kuch talab qilgan.
Hozirgi davrda surnay cholg’usi deyarli qo’llanilmaydi.
Kernay (karnay) – qirg’iz damli cholg’ulari turidir. Kerneyning ikki turi mavjud bo’lib, bular muyiz kerney – hayvon shoxidan tayyorlangan karnay; jez kerney – misdan ishlangan karnay. Ular bir-biridan farq qiladi, o’xshashlik tomoni esa, ikkala turida ham teshiklari yo’q.
Muyiz kerney – qadimiy cholg’u. Kerneyning bunday turi tog’ echkisi shoxidan yasalgan, uzunligi 30-40sm oralig’ida bo’lgan. Ushbu cholg’uning mundshtuki yo’q. Muyiz kerneyning tovushi mayin va yoqimli.
Jez kerney 1–2 m uzunligidagi truba bo’lib, uning mundshtuki bo’ladi (mundshtuksizlari ham bor). Trubaning kengaytirilgan qismi diametri 20 sm ga teng. Jez kerney o’zbek va uyg’ur karnaylari bilan o’xshashlik tomonlari ham bo’lib, bunday holat hududlarning bir-biriga yaqinligi bilan izohlanadi. Kerneyning tovushi juda baland, o’tkir va ochiq havoda chalinish uchun mo’ljallangan. Qadimda kerneyning funktsiyasi muhim voqe’liklar haqida xabar berish bilan chegaralangan. Hozirda esa katta xalq sayillarida qo’llaniladi.

159–rasm.
Aerofonlarning alohida guruhini nisbatan kam qo’llaniladigan cholg’ular tashkil etadi. Ular shovqinli cholg’ular deyiladi. Ular tabiatda
mavjud bo’lib, ustalar tomonidan yasalmaydi. Bunday cholg’ularning tovushi ham musiqiy emas, ular musiqiy bo’lmagan tovushlar chiqaradi. Masalan, ishqiriq (hushtak), barildaq (til osti aerofoni), chinirtqi (ovchining jalb qiluvchi moslamasi) va boshqalar. Ushbu cholg’ular o’ziga xos ovoz chiqaruvchi o’yinchoqlar sifatida ham qo’llaniladi.



Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin