Ўзбекистон республикаси маданият ва спорт ишлари вазирлиги


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 484,93 Kb.
səhifə19/31
tarix19.12.2023
ölçüsü484,93 Kb.
#186041
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
1.XALQ MUSIQA IJODI MAJMUA

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. Istoriya muzqki narodov Sredney Azii i Kazaxstana. M., 1994.

2. T.S.Vqzgo. Muzqkalьnqe instrumentq Sredney Azii M., 1980.
3. Belyaev V. Ocherki istorii muzqki narodov SSSR, t,1. M., 1962.
4. N.N.Mironov. Obzor muzqkalьnqx qulьtur uzbekov i drugix narodov vostoka. Samarkand. 1931 g.
5. Abdullaev R.S. Obryadovaya muzqka tsentralьnoy Azii.
Tashkent. 1994.
6.A.V.Zataevich. Kirgizskie instrumentalьnqe pьesq i napevq. Moskva, 1971.

  1. Muzqkalьnaya fol’kloristika v Uzbekistane. Avgust Eyxgorn. Muzqkalьno-etnograficheskie materialq. Tashkent, 1963.

  2. V.Vinogradov. Kirgizskaya narodnaya muzqka. Kirgizgosizdat, 1958.

  3. K.Dyushaliev, Ye.Luzanova. Kirgizskoe narodnoe tvorchestvo. Bishkek, 1999.


  1. Mavzu: Qirg’iz milliy sozlari va cholg’u kuylari.



Reja:


1-Qirg’iz xalq cholg’ulari milliiy madaniyati.
2-Torli cholg’ular. Urma cholg’ular.
3- O’zi ovoz chiqaruvchi cholg’ular.
Qirg’iz xalq cholg’ulari milliiy madaniyatning muhim tarkibiy qismidir. Musiqa cholg’ularining ahamiyati haqida “Manas” trilogiyasida ham ma’lumotlar keltiriladi.
Qirg’iz cholg’ulari to’rtta asosiy guruhga bo’linadi:
1.)torli (qil aspaptar – xordefonlar);
2.) damli ( uyneme aspaptar-aerofonlar);
3.) urma (urma aspaptar-membranofonlar);
4.) o’zi tovush chiqaruvchi (qaqma aspaptar –idiofonlar) cholg’ular.


Torli cholg’ular

Qirg’izlarning an’anaviy torli cholg’ulari – qomuz va qil qiyoqdir. Ular bir-biridan tovush chiqarish usuli bilan farqlanadi. Qomuz chertib chalinadi, qil qiyoq esa kamon bilan chalinadi.


Qomuz – xozirgi davrda ham keng tarqalgan va mashxur torli – chertma cholg’u hisoblanadi. Qirg’izistonning janubiy hududlarida “chertmek” deb yuritiladi. Afsonalarga ko’ra, uni qadimiy ovchi Qambar yasab, birinchi qomuzchi bo’lgan ekan.
Qomuz – uch torli cholg’u bo’lib, Markaziy Osiyo xalqlari musiqiy cholg’ularian torlarining soni bilan ajralib turadi. Qomuzchi cholg’uni gorizontal holatda ushlab turadi. Qomuz o’tirgan holatda chalinadi. Ba’zan esa turib ham chalinadi.

147–rasm.
An’anaviy qomuz noksimon shaklga ega. U butun daraxt bo’lagidan yasaladi (o’rik,archa,yong’oq daraxtlari). Qomuzning dekasida rezonator teshigi bo’ladi. ‘‘ asrgacha torlar qo’y ichagidan, keyinchalik esa plastmassa leskalardan tayyorlangan.
Qomuzning kattaligi lokal an’analar va ustaning individual uslublari bilan bog’liq
Qomuz uzunligi o’rtacha 85 - 90smni tashkil qiladi.
Qomuz cholg’usi ikki kategoriya bo’yicha sozlanadi: asosiy va yordamchi. Sozlanish ohang, garmonik va janr qirralar bilan bog’liq.
Eng ko’p qo’llaniladigan sozlanish turi quyidgicha: birinchi tor – re (kichik oktava), ikkinchi tor – lya (kichik oktava), uchinchi tor – mi (kichik oktava). Qomuzning ishchi diapazoni bir yarim oktavani tashkil qiladi. Qomuz partiyasi skripka kalitida notatsiya qilinadi.
CHolg’uning tembr palitrasi nihoyatda boy.
1960 yillarda qomuz turlari ko’paytirildi:
qomuz-prima, qomuz-sekunda , qomuz-alьt, qomuz-bas, qomuz-kontrabas. Bu turdagi cholg’ular halq cholg’ulari orkestri tarkibiga kiritilgan.
Qil qiyaq (qil qiyoq) – an’anaviy torli – kamonli cholg’u.

152–rasm.
Bu cholg’u o’rik yoki yong’oq daraxtidan yasalgan. Ikkita tor va kamonga ega. Qiyoqning shakli cho’michsimon. Korpusning yuqori qismi ochiq, pastki qismiga esa tuya terisi tortiladi.
CHolg’uning taxminiy uzunligi 60-70 smni tashkil qiladi. Torlar ot qilidan tayyorlanadi. Kamon ham ot qilidan tayyorlanadi.
Qiyoqchining ijrochilik usullari qomuzchiga nisbatan kamroq. Qil qiyoq o’tirib, cholg’uni vertikalь tarzda ushlagan holatda chalinadi.
Qil qiyoq ikkita interval bo’yicha sozlanadi: sof kvarta va sof kvinta. CHolg’uning ishchi diapazoni – kichik oktava “re” dan, ikkinchi oktava “lya”gacha. Qil qiyoq partiyasi skripka cholg’usida notatsiya qilinadi. CHolg’uning tembri yumshoq va bo’g’iqroq.
‘‘ asrning 30-yillarigacha qil qiyoq yakkaxon cholg’u sifatida tarqalgan. Filarmonik orkestr tashkil etilishi munosabati bilan cholg’u modernizatsiyalashtirilgan (qiyoq-prima, qiyoq-alьt, qiyoq-bas, qiyoq- kontrabas).

Yüklə 484,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin