4) mazkur choralarni qo‘llash jazo sifatida ko‘rinmaydi va
sudlanganlikni keltirib chiqarmaydi, lekin jinoiy javobgarlikni
istisno
qilmaydi.
Ushbu huquqiy ta’sir choralarining bir qator jinoiy jazoga o‘xshash
tomonlari mavjud, ammo ular umumiy jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Huquqiy ta’sir choralarining jinoiy jazo bilan o‘xshashliklari quyidagilarda
ko‘rinadi:
– mazkur huquqiy ta’sir choralari jazo singari jinoiy javobgarlikni
amalga oshirish shakllaridan hisoblanadi;
– jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashning asosi – ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etilishi
sanaladi;
– bu choralarni huquqiy tartibga solish va qo‘llash jinoyat qonuni
bilan amalga oshiriladi;
– bu ta’sir choralarini qo‘llashning bevosita huquqiy asosi – sud
organlarining qonuniy hujjatidir;
– ushbu huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash jinoyat
sodir etgan shaxslar
muayyan huquqlarining cheklanishini nazarda tutadi.
Mazkur huquqiy ta’sir choralarining jinoiy jazodan asosiy farqi shuki,
garchi ular jinoiy javobgarlikni amalga oshirish shakli sanalsa ham, bu
choralar sudlanganlikni keltirib chiqarmaydi.
Huquqiy ta’sir choralari ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishning
huquqiy oqibatidir. Ushbu choralar aksariyat hollarda, umumiy va xususiy
ogohlantiruv mazmunida bo‘ladi. Aybdor shaxs sud
tomonidan aqli noraso
deb topilgan taqdirda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ko‘rinishida
huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risidagi masala qo‘yiladi. Xolbuki,
mazkur choralarning asosiy maqsadi kelajakda jinoyat sodir qilinishining
oldini olishdan iborat bo‘ladi. Shu sababli huquqiy ta’sir chorasini jazo
deb baholash noto‘g‘ridir. Shu bilan birga bu huquqiy ta’sir choralari
shaxsning huquqlarini chegaralab qo‘yadi va hech qanday so‘zsiz ijtimoiy
xavfli qilmish sodir etgan shaxsning kelajakdagi jinoyatining oldini oladi.
Jinoiy javobgarlik ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishining huquqiy oqibati
ekan, huquqiy ta’sir choralari ham sodir etilgan jinoyat oqibatidir.
134