moddalarida har bir jinoyatning tarkibi individual ravishda ifodalanib, bu
tarkibning boshqa jinoyat tarkiblaridan
farqini namoyon qilsa, Umumiy
qism moddalari barcha yoki bir guruh jinoyat tarkiblarining belgisini
ifodalaydi.
Jinoyat tarkibi umumijtimoiy va jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega.
Jinoyat tarkibining
umumijtimoiy ahamiyati jinoyat tarkibini tashkil
etuvchi belgilar birligida ifodalanuvchi
xulq-atvorga nisbatan jamiyat,
davlat va tegishli huquq normasining salbiy munosabatida namoyon
bo‘ladi, ya’ni jinoyat tarkibi – bu taqiqlovchi norma yoki jamiyat
a’zosining xulq-atvor me’yoridir.
Jinoyat tarkibining
jinoyat-huquqiy ahamiyati bir qator holatlarda
ifodalanadi:
– birinchidan, u sodir qilingan qilmishni baholash, aniqrog‘i jinoyatni
kvalifikatsiya qilishning qonuniy asosidir. Jinoyat tarkibi – sodir bo‘lgan
hodisa (holat)ni solishtirish uchun etalon (o‘lchov birligi) hisoblanadi;
– ikkinchidan, jinoyatni kvalifikatsiya qilishda
jinoyat tarkibi muhim
rol o‘ynaydi. Bu jarayonni ro‘yobga chiqaruvchi sud-tergov xodimlari
sodir bo‘lgan holat belgilarini JK tegishli moddalarida belgilangan jinoyat
tarkibi bilan solishtirgan holda kvalifikatsiya qiladilar;
– uchinchidan, jinoyat tarkibining to‘g‘ri aniqlanishi jinoyatni to‘g‘ri
kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘ladi. Kvalifikatsiya qilish haqiqatda
sodir etilgan qilmishni qonunda ko‘rsatilgan belgilar bilan solishtirib,
boshqalar uchun shunga o‘xshash qilmishlarni sodir qilishni taqiqlashga
imkon beradi;
– to‘rtinchidan, bir tomondan muayyan jinoyat tarkibi belgilarini,
ikkinchi tomondan sodir bo‘lgan jinoyat tarkibi
belgilarining bir-biriga
mosligini qayd etish jinoyat sodir qilgan shaxs huquqlari kafolatlaridan
biridir, ya’ni uning o‘z qilmishini qonunga muvofiq kvalifikatsiya qilishni
talab qilish huquqini ifodalab beradi;
– beshinchidan, jinoyat tarkibi va uning belgilarining aniqlanishi sud-
tergov amaliyotida jinoyat-huquqiy normani qo‘llashda
qonuniylik
prinsipining kafolatidir.
138