Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Moddiy ahamiyatga egaligi shundaki, aynan shu holatda, shu 
daqiqada jinoyat-huquqiy munosabat yuqori darajada aniqlanib, jinoiy 
javobgarlik tarkibiga aylanadi. Sud ayblov hukmi chiqarish orqali davlat 
bilan sudlangan shaxsning o‘zaro huquq va majburiyatlarida bevosita 
davlatning jazo choralarini qo‘llash funksiyasini amalga oshiradi. Jinoiy 
javobgarlikning mazmun-mohiyati jinoyat sodir etganlikda aybdor deb 
topilgan shaxsni tayinlangan jazo muddatini o‘tash majburiyatida 
ifodalanadi. Bu majburiyat shaxs sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan 
boshlab, to sudlanganlik muddati tugaganda yoki tegishli ravishda olib 
tashlanganda namoyon bo‘ladi. Javobgarlikning amalga oshirilish 
usullaridan biri ayblov hukmida ko‘rsatilgan jazo turi va miqdorini o‘tab 
chiqish majburiyatini yuklash hisoblanadi. 
NOTA BENE ! 
Jinoiy javobgarlik shakli – jinoyat sodir etganlikda aybdor deb 
topilgan shaxsni davlat nomidan sud qilish, ommaviy tanbeh berish. 
NOTA BENE ! 
Jinoiy javobgarlikning mazmuni javobgarlikka tortilgan shaxs bilan 
davlat o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro huquq va majburiyatlar 
yig‘indisida ifodalanadi. 
Jinoiy javobgarlik faqatgina sud hukmida ko‘rsatilgan jinoyat-huquqiy 
munosabatlar doirasidagi huquq va majburiyatlarni ifodalaydi. Jinoiy 
javobgarlik sud hukmi bilan shaxs aybdor deb topilgan vaqtdan boshlab 
(hukmning qonuniy kuchga kirishi bilan) vujudga keladi. 
2-§. Jinoiy javobgarlik asosi sifatida jinoyat
tarkibi: tushunchasi va ahamiyati 
Jinoyat-huquqiy munosabatlarning eng muhim xususiyati bu jinoyatni 
kvalifikatsiya qilish hisoblanadi. JK 16-moddasi 2-qismiga muvofiq, 
jinoiy javobgarlikka tortishning yagona asosi JKda nazarda tutilgan jinoyat 
tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etishdir. Bu 
136 


holatda qonun chiqaruvchi jinoiy javobgarlikning ham faktik asosi (shaxs 
tomonidan sodir qilingan qilmish), ham normativ asosini (Maxsus 
qismning tegishli moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi) ko‘rsatgan. 
Sodir etilgan qilmish bilan Maxsus qism tegishli moddasida nazarda 
tutilgan jinoyat tarkibining muvofiqligi maxsus vakolatli davlat 
organlariga aybdorni jinoiy javobgarlikka tortish borasidagi huquq va 
majburiyatlarni amalga oshirish uchun imkon beradi. Aynan jinoyat tarkibi 
jinoiy javobgarlikning asosi bo‘lib hisoblanadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin