Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi xorijdagi elchixonalari va
diplomatik vakolatxonalari hududida sodir etilgan jinoyatlar har doim
O‘zbekiston hududida sodir etildi, deb hisoblanadi. Xuddi shunday tarzda
O‘zbekistondagi chet davlatlar elchixonalarida sodir etilgan jinoyatlar ham
o‘sha davlatlar qonunchiligiga muvofiq ko‘riladi. Vakolatxonaning hududi
sifatida undagi bino va xonalargina emas, balki shu binoga qarashli yer,
hovli, vakolatxona boshlig‘ining rezidentsiyasi, vakolatxona xodimlari,
davlat yurisdiksiyasi immunitetiga ega bo‘lgan shaxslar yashaydigan turar
joy binolari hamda transport vositalari tan olinadi.
Shuni ko‘rsatish lozimki, vakolatxona hududiga yoki uning
xodimlariga qarshi qaratilgan jinoyat, jinoyat subyekti O‘zbekiston
Respublikasida jismonan turganligi sharti bilangina, O‘zbekiston
Respublikasi hududida sodir etilgan deb topiladi, aks holda bunday
harakatlarni boshqa davlat hududida sodir etilgan, deb qarash kerak.
Dostları ilə paylaş: