Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

JK 11-moddasi 2-qismi O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat 
deb hisoblash mezonlarini belgilaydi. Moddaning mazkur qismini kiritish 
zaruriyati shundan iboratki, sodir etilgan harakatni O‘zbekiston 
Respublikasi hududidagi jinoyat sifatida belgilash chegaralarini qonuniy 
belgilash va shu asosda qonunni qo‘llash faoliyatini bir xil tarzda olib 
borish imkoniyatini ta’minlashdir. 
JK 11-moddasi 2-qismi jinoiy harakat sodir etilishining barcha 
bosqichlari va ko‘rinishlarini, aybdor jinoiy xulq-atvorining deyarli barcha 
ko‘rinishlarini qamrab oladi. Xususan, mazkur moddaga muvofiq 
«Qilmish: 
a) O‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‘xtatilgan 
bo‘lsa; 
b) O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, 
O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa; 
v) O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston 
hududidan tashqarida yuz bergan bo‘lsa; 
g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan 
birgalikda sodir etilgan bo‘lib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz 
bergan bo‘lsa, O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi». 
67 


Ta’kidlash lozimki, yuqorida keltirilgan jinoiy harakat belgilari 
mazmun-mohiyatiga ko‘ra obyektiv hisoblanadi va qonun chiqaruvchi 
jinoyat tarkibining barcha belgilarini obyektiv ravishda ko‘rsatib beradi. 
Bu belgilar jinoiy harakatning faqat tegishli belgilariga xos bo‘lib, jinoyat 
tarkibining boshqa qismlariga tegishli bo‘lmaydi. Ayni vaqtda jinoyatning 
muhim belgilari (subyekt, obyekt, subyekt tomonlari) qonun chiqaruvchi 
tomonidan muhim apriori deb hisoblanadi, ya’ni qonun moddalaridan qat’i 
nazar har bir jinoyat ko‘rib chiqilganda, bu belgilar aniqlanadi. Bu belgilar 
jinoiy ish sodir etilgan hududni aniqlashga ta’sir etmaydi, lekin sud va 
tergov organlari tomonidan har bir harakatning jinoyatga aloqadorligini 
aniqlash maqsadida ko‘rib chiqiladi (masalan, harakat jinoyat sodir etishga 
layoqatsiz kishi tomonidan qilingan bo‘lsa, bunday jinoyat jamiyat uchun 
xavfli hisoblanmaydi, garchand jinoiy harakatning obyektiv belgilari 
mavjud bo‘lgan holda ham). Shunday qilib, yuqorida ko‘rsatilgan belgilar 
ro‘yxati Jinoyat kodeksining tamoyillarini ifoda etadi, ya’ni qonuniylik, 
adolatlilik, barcha fuqarolarning qonun oldida tenglik tamoyillarini 
ko‘rsatadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin