Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


JK 11-moddasi 2-qismi «a» bandida



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

JK 11-moddasi 2-qismi «a» bandida jinoyat sodir etishning 
boshlanishi deganda, aybdor sodir etish shart deb hisoblagan va sodir 
etgan, ular jinoiy oqibatga olib kelmagan bo‘lsa ham har qanday jinoiy 
qilmishni (harakat yoki harakatsizlik) tushunish kerak. Shunday qilib, 
jinoyat sodir etishni boshlash tamom bo‘lgan suiqasdni qamrab oladi. 
(Tamom bo‘lgan suiqasd haqida mazkur tom IX bobining «Jinoyat 
sodir etishga suiqasd qilish» deb nomlangan 3-§ da batafsil berilgan.) 
Jinoyat sodir etishning boshlanishi sifatida yana shunday dastlabki 
jinoiy harakat tan olinadiki, bunday harakat keyingi uzoq davom etuvchi 
qonunbuzarlik harakatlari bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni uzoq davom etuvchi 
jinoyatning boshlanishidir. 
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat, masalan, soliq yoki boshqa majburiy 
to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, harbiy qism yoki xizmat joyini 
o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. 
(Davom etuvchi jinoyat haqida mazkur tom XI bobining «Takroran 
jinoyat sodir etish» deb nomlangan 2-§ da batafsil berilgan.) 
68 


O‘zbekiston Respublikasi JKda javobgarlik nazarda tutilgan 
jinoyatning barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmish O‘zbekiston 
hududida tamom bo‘lgan deb topiladi. Shuning uchun, muayyan qilmish 
tamom bo‘lganligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda JK Maxsus 
qismidagi modda tushunchasidan kelib chiqish lozim. 
Amaldagi Kodeksga muvofiq, jinoyat tamom bo‘lgan deb quyidagi 
holatlarda tan olinadi: 
– ma’lum oqibatlarni keltirib chiqargan qilmish, ya’ni moddiy 
tarkibli jinoyat (masalan, qasddan odam o‘ldirish, o‘g‘rilik va h.k.); 
– kvalifikatsiyaga jiddiy ta’sir qilmaydigan oqibatlarni keltirib 
chiqargan qilmish – formal tarkibli jinoyat (masalan, tuhmat, haqorat, 
davlatga xoinlik qilish va boshq.); 
– ijtimoiy xavfli zarar yetkazishning real xavfini tug‘diruvchi qilmish 
– kesik tarkibli jinoyat (bosqinchilik, zo‘rlash va boshq.). 
To‘xtatilgan jinoyat ham jinoyat O‘zbekiston hududida sodir etilgan 
deb hisoblanadi. Mazkur moddaga muvofiq, jinoiy harakat o‘zining 
moddiy ifodasiga ko‘ra va subyekt qabul qilinishi jihatidan tugallanmagan 
bo‘lsa, to‘xtatilgan jinoyat deb baholanadi.
Amaldagi qonun to‘xtatilgan jinoyatning ikki shaklini ko‘rsatadi: 
– qilmish shaxs tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘xtatiladi. Bu 
shaxsning jinoyatni to‘xtatish imkoniyati borligini tushunishi oqibatida 
ro‘y berishi mumkin hamda shaxs qilmishining yomon oqibatlari kelib 
chiqishining oldini olish imkoniyati mavjudligini tushunib, jinoyat sodir 
etishdan ixtiyoriy ravishda qaytishi mumkin – jinoyat sodir etishdan 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin