Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети


  Embrion,urug’ endospermi va mevaning rivojlanishi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#40362
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
osimliklarda uruglanish hodisasi va uning xususiyatlari

1.  Embrion,urug’ endospermi va mevaning rivojlanishi. 

Qo’sh  urug’lanishdan  keyin  hammadan  avval  embrion  xaltasidagi 

markaziy  hujayra  yadrosi  bo’lina  boshlaydi.Embrion  xaltasi  yirik,  keng 

bo’ladigan  o’simliklarda,  asosan  ajralgan  tojbarglilar  bilan  bir  pallalilarda, 

shu yadro bo’linar ekan, protoplazmaning devor yonidagi qavatidan joy olgan 

bir  talay  yadrolar  yuzaga  keladi.  Keyin  ularning  orasida  bir  yo’la  to’siqlar 

hosil  bo’ladi(erkin  sur’atda  hujayralar  hosil  bo’lishi  deb  shunga  aytiladi); 

yuzaga kelgan hujayralar yana bo’linib ko’payadi va butun embrion xaltasini 

to’ldiradi;  natijada  embrionning  va  unib  kelayotgan  yangi  o’simlikning 

oziqlanishi uchun sarf bo’ladigan embrion xaltasidan yetilib chiqadigan ko’p 

hujayrali to’qima-endosperm( oqsil) paydo bo’ladi. Endospermning shu tariqa 

rivojlanishi tipi yadrolik yoki nuqmalar tip deyiladi. 

Tor embrion xaltalarida( ba’zi o’simliklarda keng xaltalarda ham), asosan, 

qo’shilgan  tojibarglarda  endosperm  takommil  etar  ekan,  yadrolarning 




 

36 


bo’linishi to’siqlar yuzaga kelishi bilan birga davom etadi. Endosperm hosil 

bo’lishining  bu  tipi  hujayrali  yoki    selyuyar  tip  deb  ataladi.  Kamdan-kam 

o’simliklarda  (  masalan,  orxisgullarida)  endosperm  mutlaqo  vujudga 

kelmaydi. 

Yangi  o’simlikning  oziqlanishi  uchun  xizmat  qiluvchi  yopiq  urug’lilar 

endospermining  biologik  roli    jihatidan  ochiq  urug’lilar  endospermiga  

ma’lum  darajada  o’xshaydi  (analog)  deb  hisoblasa  bo’ladi,  lekin  uni  o’sha 

endosperm  gomologi  deb  aytish  yaramaydi.  Ochiq  urug’lilar  endospermi 

gametofit hujayralarida gaploid miqdorda xromosomalari bor maysadir.Yopiq 

urug’lilarda  embrion  xaltasi  markaziy  yadrosi  ikkinchi  spermiya  bilan 

qo’shilganidan  keyin  shu  xaltadagi  markaziy  hujayraning  ikkilamchi 

yadrolarida  yuzaga  keladigan  yopiq  urug’lilar  endospermi  triploid 

xromosomalari  bor  bo’lgan  tamomila  o’ziga  xos  tuzilmadirki,  bunga 

o’xshagan  tuzilma  boshqa  o’simliklarda  bo’lmaydi.  Yopiq  urug’lilar 

endospermi  ochiq  urug’lilar  endospermidn    farq  qilish  uchun  ko’pincha 

ikkilamchi endosperm deb ataladi. 

Endospermning  urug’lanishdan  keyin  rivojlanishi  biologic  jihatdan 

ravshan;  endosperm  embrionning  oziqlanishiga  sarflanadigan  bo’lganidan 

uning  vaqtidan  oldin  yuzaga  kelishi  urug’lanish  hodisasi  negadir  yuzaga 

chiqmay  qolsa,  plastik  materialni  bexuda  sarflash  bilan  baravar  bo’lar  edi. 

Spermiyaning  embrion  xaltasidagi  markaziy  yadro  bilan  qo’shilishi 

endospermning  takomil  etishi  uchun  berilgan  signaldir,  endosperm  takomil 

etishining asl urug’lanishga uncha aloqsi yo’q. Shu munosabat bilan “ qo’sh 

urug’lanish”  degan  termin  asl  mohiyatni  to’la  ifoda  etolmaydigan  va  uncha 

bop kelmaydigan termindir. 

Ikkinchi  spermiyaning  embrion  xaltasidagi  markaziy  hujayra  bilan 

qo’shilishi,  aftidan  embrionning  ancha  yaxshi  oziqlanishini  ta’min  etadi, 

chunki endospermga ota o’simlik ham ta’sir ko’rsatadi. Urug’ bir tur yoki nav 

doirasida yuzaga chiqadigan bo’lsa,bu-o’simlikning uri va naviga oid hamma 



 

37 


belgilarning  yaxshiroq  saqlanib  qolishiga  yordam  beradi.  Jinsiy  duragaylash 

bo’lgan taqdirda, xuddi embrion singari, endospermga ota o’simlik ta’sir etadi 

va  niholga  (maysaga)  o’tadigan  oziq  shu  nihol  talablariga,  masalan,  ochiq 

urug’lilarda endospermi jinsiy duragaylashda yolg’iz ona o’simlikdan paydo 

bo’ladigan,  embrionga  uncha  muvofiq  kelmaydigan  yopiq  urug’lilarda  esa 

ancha muvofiqroq keladi. 

Urug’langan  tuxum  hujayra  tezda  parda  bilan  o’ralib,  ko’ndalangiga 

ketgan to’siq bilan ikkita hujayraga: chang yo’liga qarab turadigan ustki yoki, 

yaxshisi  bazal  hujayra  bilan  pastki  yoki,  yaxshisi  terminal  hujayraga 

bo’linadi. Chang yo’liga qarab turadigan bazal hujayra ko’ndalangiga ketgan 

to’siqlar,  ba’zi  o’simliklarda  esa  uzunchasiga  ketgan  to’siqlar  bilan  ham 

bo’linib, osilma sop embrion paydo qiladigan terminal (pastki) hujayrani, oziq 

moddalari  embrionning  rivojlanishi  uchun  sarf  bo’ladigan  endosperm  bilan 

to’luvchi  embrion  xaltasi  bo’shlig’iga  surib  tushiradi.  Osilma  sop  ichidagi 

embrion  hosil  qiluvchi  terminal  hujayra  bir-biriga  tik  uchta  to’siq  bilan  8  ta 

hujayraga bo’linadi, shu hujayralarning har birida keyin tagental to’siq yuzaga 

keladi.  Hujayralari  zo’r  berib  bo’linganligidan  kattalashib  boradigan 

sharsimon  tana paydo bo’ladi. Uning uchi  tez orada  yassi bo’lib qoladi:  ikki 

pallalilarda  uning  ikkita  qarama-qarshi  uchida  tobora  kattalashib    ikkita 

dastlabki barg-ikkita urug’larni hosil qiluvchi ikkita do’mboq  yuzaga keladi. 

Urug’  pallalar    bilan  osilma  sop  o’rtasida  urug’pallaning  pastki  bandi  va 

osilma  sopga  (  chang  yo’liga)  yaqinroq  joyda  birlamchi  ildiz  hosil  bo’ladi. 

Urug’pallalar o’rtasidagi oraliqda boshlang’ich poya yuzaga keladi: bu poya 

yo  yalang’och  bo’rtma  ko’rinishida  bo’ladi,  yoki  ko’proq  o’sib,  bir-biriga 

zich taqalgan hamda o’zini qoplab olib, kurtakcha hosil qiladigan bir qancha 

boshlang’ich barglarni yuzaga keltiradi. 

Bir  pallalilarda  embrion  uchida  faqat  bitta  urug’palla  hosil  bo’ladi, 

kurtakcha  esa uning  yon  tomonida  turadi.  Ko’pgina  bir  pallalilarda  ikkinchi 




 

38 


urug’palla  juda  erta  nobud  bo’ladi,  saqlanib  qolgani  esa  o’sib  poyaning 

uchiga joylashadi va uning o’sish nuqtasini yon tomonga suradi. 

Ba’zi  bir  pallalilarda  istisno  tariqasida  ikkita  urug’palla  bo’ladi.( 

Agapanthus  Dioscorea  va  boshqalarda).  Qator  bir  pallalilarda  embrion 

rivojlanishning  dastlabki  davrlarida  urug’palla  yon  tomonda  (loteral),  poya 

o’sish  nuqtasi  uning  uchida  (  terminal),  (  telorez,  Ottelia,  nayzobarg  va 

boshaqalarda) joylashadi. Shunday qilib birgina urug’palla va uning terminal 

joylanishi ikkilamchi belgidir. 

Bu  bir  pallalilarning  ikki  pallalilardan  kelib  chiqqanligini  isbotlovchi 

dalilllardan  biridir.    Ba’zi  ikki  pallalilarda    bir  necha  urug’palla:  yo  ikkita 

katta-kichik  urug’palla  ,yoki  ikkita  urug’pallaning  qo’shilishidan,  yo 

bo’lmasa bitta urug’pallaning rivojlanmay qolishidan yuzaga keladigan faqat 

bitta urug’palla bo’ladi. 

Embrionning  yuqorida  ta’sir  etilgan  umumiy  rivojlanishi  tipida  turli 

o’zgarishlar ko’p ko’riladi, shu bilan birga bu o’zgarishlar tasodifiy bo’lmay, 

ma’lum bir o’simlik uchun xarakterli bo’ladi. 

Urug’kurtakning hammasi asta-sekin urug’ga aylanadi.Uni o’rab turadigan 

po’st urug’kurtak qoplag’ichlaridan, ba’zi o’simliklarda qisman nutsellusdan 

ham hosil bo’ladi. 

Tuguncha  devoir  urug’laanishdan  keyin  ham  o’sadi,  shaklan  o’zgarib, 

meva  yononi  hosil  qiladi,  tugunchada  rivojlanayotgan  urug’larni  shu  meva 

yoni  o’rab  oladi.Tuguncha  boshdan  oyoq  mevaga  aylanadi.Ko’pgina 

o’simliklarda gulning boshqa qismlari ham meva hosil qilishda ishtirok etadi. 

 

 



 

 

 




 

39 


 

 

 



1-расм 

Кўп уруғли қуруқ мeвалар қутичалари:  А-қанотли, б-мураккаб қанотли, 

в-дуккак, г-кўзоқ, д-кўзоқча,  E, ж, з – қутича, и-бўғинли кўзоқ 

 

 



2-расм 

А-б-данакли мeва, 1-экзокарп, 2-мeзокарп, 3-eндокарп 

 

 



 

40 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



3-расм 

Ёнғоқсимон бир уруғли қуруқ мeвалар: 

А-  ёнғоқ,  б-ёнғоқча,  г-хакалак,  д-қанотли,  йe-икки  қанотли,  ж-писта,  з-

мураккаб ёнғоқча, и-пистача 

 

 

 



4-расм 

Кўп уруғли ҳўл мeвалар: 

(

рeзаворлар) а-узум, б-помидор, в-олма, г-лимон, д-бодринг 




 

41 


Xulosa 

Urug’lanish  jarayonidan  avval  urug’chi  tumshuqchasiga  tushgan  chang 

una  boshlaydi,  ya’ni  bo’rtib  chang  trubka  (  naycha)si  hosil  qiladi.  Chang 

trubkasi  har  xil  fermentlar  aminokislotalar,  garmonlar  va  vitaminlarga  boy 

bo’lgani  uchun  kuchli  fiziologik  jarayonlar  natijasida  o’sib,  urug’kurtakning 

mikropile  orqali  murtak  xaltachasiga  o’tganda  chang  trubkasining  uchi 

yorilib,uning  ichidagi  2  ta  spermiya  murtak  xaltasiga  to’kiladi.  Bu 

spermiyalardan  bittasi  murtak  xaltadagi  tuxum  hujayrasi,  ikkinchisi  esa 

ikkilamchi  yadrosi  bilan  qo’shiladi.Mazkur  jarayon  qo’sh  urug’lanish 

deyiladi. 

Qo’sh  urug’lanish  jarayoni  1898-yilda  rus  olimi-sitalog  va  embriolog 

S.G.Navashin tomonidan aniqlangan. 

Murtak  xaltasining  tuxum  hujayrasi  bilan  spermiya  qo’shilganda  diploid 

zigota  hosil  bo’ladi.Bu  zigotadan  urug’ning  murtagi  rivojlanadi.  Urug’ning 

murtagida:  murtakning  ildizchasi,  poyachasi,  urug’pallalari  va  kurtakchasi 

mavjud.  Ikkilamchi  yoki  markaziy  yadro  bilan  ikkinchi  spermiya 

qo’shilishida  endosperm  hosil  bo’ladi.  Endosperm  yirik  parenxekmatik 

hujayralarga  kraxmal,oqsil,moy  to’planadi  va  ualr  murtakning  rivojlanishida 

asosiy oziq hisoblanadi. 

 

 



 

 

 



 

 



 

42 


Adabiyotlar ro’yxati. 

1.  Jizn rasteniy tom-5(1) Moskva ,, Prosveshenie” 1980. 430b,7-112b. 

2.  Hamdamov. I.X ,,Botanika asoslari” T. ,,Mehnat” 316b,126-150b. 

3.  Ikromov.  M.I,  Normurodov.  X.N,  Yo’ldoshev.  A.S.  ,,Botanika” 

Toshkent. ,,O’zbekiston nashriyoti 2002” 333b, 255-315b. 

4.  Kursanov.  A.A  va  boshqalar.  Botanika  1-tom.,,  O’qituvchi  nashriyoti 

1972-yil” 447b, 356-413b. 

5.  Mustafoyev. S.M. ,,Botanika Toshkent 2005-yil. 

6.  Saxobiddinov. S.S. ,,O’simliklar sistematikasi” 3-qism Toshkent 1966-

yil. 76-116b. 

     7.Мустафаев С.М. Ботаника. Тошкент. «Узбекистон ».2002. 470 с. 

 

     8. Mustafayev S. M., O.A. Ahmedov Botanika,Тошкент, 2006. 



 

     9.Тўхтаев  А.  Ўсимликлар  анатомияси  ва  морфологияси.  Тошкент 

1994й. 

 

    10.Билич Г.Л., Крыжановский В.А. Биология. Польный курс. В 3х т. Том  



Анатомия. М.: ОНИКС. 2005. – 864 с. 

11.Андреева И.И., Родман Л.С., Чичёв А.В. Практикум по анатомии и 

морфологии растений. М.: «Колос». 2005. -156 с.  

 

12.Бавтуто Г.А., Еремин В.М., Жигар М.П.  Атлас по анатомии растений. 



Минск. «Уроджай». 2001. - 245 с. 

  

13.Рахимов  А.К.,  Қодирова  Н.З.  “Анатомия  ва  морфология”  фанидан 



ўқув-услубий мажмуа. Тошкент 2011й. 

 

WEB САЙТЛАР 

1.  http: www.ziyonet.uz. 

2.  www. pedagog.uz 

3.  www. maik.ru 

4.  www.edu.ru 

 



 

43 


 

 

 



 

 

 



 

 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin