Igna halqasini kengayishida, bu halqa shpulya ushlagich va shpulka kolpokchasi detallari bo’ylab, halka ipning ko’p qismi o’tadi. Misol uchun: 22-A kl. PMZ mashinasida bu ipning uzunligi 100 mm tashkil qiladi, boshqa mashinalarda esa bundan ham ko’p. Yuqorida aytib o’tilgandek, baxya hosil etish uchun esa ipning uzunligi bir necha mm tashkil etishi mumkin.
Igna halqasini qisqarishi, ya’ni uni ma’lum o’lchamlarga keltirish ip tortuvchini yuqoriga xarakati natijasida amalga oshiriladi. Bu funktsiyani, halqa shpulya ushlagichni va shpulka kolpokchasini, yarmidan ko’pini aylanib o’tganidan keyin bajarishni boshlaydi (Rasm 5.2.5, g).
Igna halqasini maksimal o’lchamlarigacha kengayishini davomiyligi, ip tortuvchini ishiga ta’sir ko’rsatib, igna ipini uzilishiga olib kelishi mumkin.
Baxya hosil qilish jarayoni davomida, igna halqasini kengayishi ko’p vaqtni talab etsa, uni qisqarishiga kam vaqt qoladi va ip tortuvchi o’zini funktsiyasini katta tezlikda bajarishga majbur bo’ladi. Ip tortuvchini katta tezligi ipga nisbatan o’rilish kuchini hosil qiladi, natijada bu xol ipni uzilishiga olib kelishi mumkin. O’rilish kuchini kamaytirish uchun – ip tortuvchini tezligini kamaytirish kerak – buning uchun esa igna halqasini kengaytirish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish kerak.
Shuning uchun, hozirgi zamonaviy yuqori tezlikda ishlaydigan tikuv mashinalarda mokini tezlashtirilgan xarakati qo’llanadi, mashinaning boshqa ishchi organlariga nisbatan xolostoy aylanma xarakatni ko’payishiga olib keladi, bu esa uning asosiy kamchiligidir.
Tezligi yuqori bo’lmagan tikuv mashinalarda esa xolostoy aylanma xarakatlar bo’lmaydi, mokini notekis xarakati xisobiga, bu esa baxya hosil etish jarayoni yaxshi bajarilishini ta’minlaydi lekin mexanizm detallariga nisbatan o’rilish kuchlarini oshiradi. Igna halqasini qiskarishi (Rasm 5.2.5, g, e) da ko’rsatilgan.
Moki moslamasidan igna halqasini chiqish jarayoni
Moki moslamasidan igna halqasini chiqish jarayoni igna halqasini qisqarish jarayonining davomidir. Igna halqasi moki ipi bilan chalishgandan so’ng moki moslamasidan chiqishi zarur. Moki, igna halqasi ichidan yoki uni uz atrofidan aylantirib o’tkazuvchi mashinalarda, moki moslamasidan igna halqasini chiqish jarayoni yaxshi sharoitlarda bajariladi, chunki xalqani xarakat yo’lida hech kanday to’sqinliklarga uchramaydi.
Quyidagi (Rasm 5.2.5., g) da shuni ko’rish mumkinki, mokining burunchasi eng pastki holatni egallab turibdi. Moki dvigateli 6, o’z xarakat yo’nalishini o’zgartiridi, strelka bilan ko’rsatilgani kabi mokki 2, yuqori qismi oralig`ida va 6 dvigatelni, 7 moki burunchasi oralig`ida bo’shliq ochilib, igna halqasini bemalol chiqishi sodir bo’ladi. Halqani qisqarishi davom etadi.
Aylanma xarakatlanuvchi mokili tikuv mashinalarida moki moslamasidan igna halqasini chiqish jarayoni murakkab amalga oshiriladi, ya’ni kuch bilan. Bu quyidagicha tushintiriladi: zamonaviy yuqori tezlikda ishlaydigan tikuv mashinalarning mokisi yuqori tezlikda va bir tomonga yo’nalgan holda harakatlanadi. Mokini ichida 2 (Rasm 5.2.5., a) shpulya ushlagich 7 (Rasm 5.2.5, b) shpula qalpoqchasi 4 bilan joylashgan. Shpula ushlagichni obodogi 6 va mokini yo’naltiruvchi pazi orasida ishqalanish kuchi paydo bo’ladi. Ana shu ishqalanish kuchi ta’sirida shpulya ushlagich mokiga ilashib harakatga keladi.
Shpulya ushlagichni aylanib ketishdan saqlash uchun mashinaning platformasi tagida qo’zg`almas palets 8 o’rnatilib maxkamlangan. U shpulya ushlagichning o’yiqchasi 9 ga kiritiladi. Ishqalanish kuchini ta’sirida shpulya ushlagich qo’zgalmas paletsga siqiladi va moki moslamasidan igna halqasini chiqish yo’lini berkitadi. Igna halqasi paletsning o’ng tomonidan chiqadi (Rasm 5.2.5., b).
Ammo, halqa mokidan chiqishi uchun, qarshilik kuchini engib, shpulya ushlagichni paletsdan surishi kerak.