17
bank operatsiyalarini kompyuterlashtirishning texnologik inqilobi.
4.
Banklarning xizmat ko‘rsatish doirasi va uning hududiy jihatdan
kengayishi.
5.
Bankrotlik (inqiroz) xavfining ortishi va depozitlarning, sug‘urta
tizimining kuchsizlanishi, o‘sib borayotgan raqobat banklarning sinishi-
ga olib keladi, bu esa sarmoyalar bozorida
va investitsiyalar sohasida
yangi sharoitlarni vujudga keltiradi.
Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun banklar
samarali faoliyat ko‘rsatishlari lozim. Chunki ular davlat korxonalarini
moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydilar, xususiy shaxslarni moliya-
lashtiradilar va davlatning pul-kredit siyosati amalga oshirilishini ta’-
minlaydilar.
Bu o‘rinda, banklarning samarali faoliyat ko‘rsatishlarida bank
boshqaruvchilarining tutgan o‘rni juda katta ekanligini esdan chiqarmaslik
lozim. Bank boshqaruvchilari quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:
professionalizm, ishga ijodiy yondashish, o‘ziga ishonch, qat’iy-
lik va ishga fidoyilik;
yangicha fikrlash,
topqirlik, tashabbuskorlik va g‘oyalarni hayot-
ga tatbiq eta olish qobiliyati;
odamlarga ruhiy ta’sir ko‘rsata olish salohiyati;
chiqishimli bo‘lish va yutuqni hisob qilish;
hissiyotga berilmaslik va ruhiy zarbalarga chidash;
ochiq ko‘ngillilik, tadbirkorlik va yuz berayotgan o‘zgarishlarga
oson moslashish;
vaziyatni boshqara olish va korporativ tuzilmalarda shaxsga xos
g‘ayrat-shijoat ko‘rsatish;
o‘zini-o‘zi o‘stirishga va o‘zini safarbar
etishga ichki ehtiyoj sezish;
serg‘ayrat va bardoshli bo‘lish;
o‘zini muvaffaqiyatli himoya qilishga moyillik va samarali hu-
jumga o‘ta olish;
o‘z ishi va qabul qilingan qarorlari uchun mas’uliyatni his qilish;
jamoada va jamoa bilan ishlashga o‘zida ehtiyoj sezish.
Boshqaruvchi keng bilim sohibi bo‘lishi, yangicha fikr yurita olishi,
uni qo‘llab-quvvatlashi va psixologik qobiliyatga ega bo‘lishi, oqilona
ish yuritishi, kerak bo‘lganda, tavakkaliga ish ko‘ra olishi lozim. Biznes-
loyihalarni ishlab chiqish,
tuzatishlar kiritish, marketing tadqiqotlarini
amalga oshira olish, bozortalab ehtiyojlarni oldindan ko‘ra bilish ko‘nik-
masiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, axborot va umumiy axborot
18
potensiali, vaqt va xodimlardan mohirona foydalanib, ularning ko‘ngli-
dagini ochiq aytishga, guruhlar munozarasini samarali o‘tkazishga rag‘-
batlantirish, qisqasi, mohir yetakchi bo‘lish orqali yuksak natijalarga
erishishni ta’minlashga harakat qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: