279
operatsiyalarini o‘tkazish uchun yoki cheklangan holda boshqa valutaga
almashadigan pul. Bu pul o‘z-o‘zidan jahon puli emas, uning amal qilish
doirasi cheklangan. Masalan, Shveysariya franki erkin konvertirlangan
bo‘lsa, Fransuz franki bunday emas, u cheklangan holda konvertirlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, jumladan, mam-
lakatimizda konvertirlangan valutaning bo‘lmasligi, uning jahon
bozoriga, xususan, kapital bozoriga chiqishiga to‘sqinlik qiladi.
Konvertirlangan valuta yo‘q joyga xorij kapitali oshiqmaydi. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning sharti, eng avval pulni
ichki konvertabelligini
ta’minlash – mamlakat ichki bozorida milliy pulning xorijiy valutaga
erkin ayirboshlanishini ta’minlashdir.
So‘ngra esa pulni tashqi valuta bozorida konvertirlash zarur bo‘ladi.
Shunday valutaning yuzaga kelishi jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishning
muhim sharti hisoblanadi.
Konvertirlanmaydigan valutalar boshqa valutaga almashtirilmaydi.
Ularning sohibi bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiyoti qoloq, eksport
potensiali zaif, shu sababli bu yerda xorijiy valuta zaxiralari oz bo‘ladi.
Konvertatsiya milliy iqtisodiyotni jahon xo‘jaligiga qo‘shilishiga olib
keladi, shu bois u ertami-kechmi hamma yerda yuz beradi.
[173].
Banklar valutalar kotirovkasini o‘tkazganda valuta bo‘yicha:
sotuvchi kursini;
sotib oluvchi kursini belgilaydilar.
Valutani kotirovka qiluvchi bank valuta bitimini doimo o‘zi uchun
qulay bo‘lgan kurs bo‘yicha tuzadi. Banklar doimo xorijiy valutani sotib
olganidan ko‘ra qimmatroqqa sotadilar. Masalan, Nyu-York va London
valuta birjalarida dollarning funt sterlingga to‘g‘ri kotirovkasi amalga
oshiriladigan bo‘lsa:
1 f.st. = 1,4620 dollar – bu sotib olish kursi;
1 f.st. = 1,5060 dollar – sotish kursi.
Ko‘rinib turibdiki, Nyu-York banki Angliya valutasini arzonga sotib
olgan va qimmatiga, ya’ni 1 f.st.ga ko‘proq dollar (1,5060) ga sotgan.
To‘g‘ri kotirovkada sotuvchi kursi doimo sotib oluvchilar kursidan
yuqori bo‘ladi. o‘rtadagi farq
Dostları ilə paylaş: