Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish mezonlari quyidagilardan iborat:
Millatning o‘zligini, jahondagi mavqyeini anglashi, tarixiy jarayonga qo‘shayotgan xissasini e'tirof qilishi.
Jahon hamjamiyatidagi mavqyeining mustahkamlanishi, o‘ziga xos va mos nufuzga ega bo‘lishi.
Milliy taraqqiyot istiqbolini belgilaydigan strategik maqsadi ishlab chiqilishi, milliy va umuminsoniy madaniyatining uyg‘unligining zarurligi.
Sobiq SSSR parchalanib ketganidan so‘ng jahon mafkuraviy jarayonida quyidagi xususiyatlar namoyon bo‘la boshladi:
Mafkuraviy hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan mamlakatlarni tanlashda muayyan qiyinchiliklar bilan bog‘liq jarayon yuzaga keldi.
Hozirgi ilmiy texnika taraqqiyoti, aloqa vositalari, ommaviy axborot infrastrukturasi, murakkab kommunikatsiyalar vujudga kelib, mafkuraviy munosabatlar intensivlashdi va universallashdi.
Birinchi va ikkinchi xususiyatlardan kelib chiqqan holda millatning tarixiy xotirasi, an'analari, ma'naviy merosi asosida jamiyatning hozirgi davr rivojlanish darajasiga xos bo‘lgan ongni, tafakkurni shakllantirish, mustahkamlash, uni ishonch-e'tiqodiga aylantirish vazifasi bilan bog‘liqdir45.
Milliy g‘oyaning ishonch, e'tiqodga aylanishida ob'ektiv va sub'ektiv omillar.Ob'ektiv shart-sharoitlar: ijtimoiy-iqtisodiy hayot negizlari, madaniy hayotni rivojlantirish manbalari, inson salohiyati, millatning tarixiy merosi va unga bo‘lgan munosabat, hududning tabiiy-jug‘rofiy joylashishi, tabiiy resurslari, millat mentalitetiga xos xususiyatlar, demografik holat, etnik tuzilish va h.k. Sub'ektiv omillarga: milliy g‘oyani xalq ishonch va e'tiqodiga aylantirishga yo‘naltirilgan insonlar, turli ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, milliy-madaniy markazlar, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ta'lim-tarbiya tizimi, ommaviy axborot vositalari, ma'naviy-ma'rifiy kompleks ishlari, xalqning intellektual salohiyatini yuksaltirish va h.k.