Œзбекистон республикаси олий ва œрта



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə25/46
tarix27.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#103246
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
GMZP MM (2)

Nazorat savollari:

1.Gruntning zichlanishi va siljishi qanday kuchlanishlar ta‘sirida sodir bo’ladi?


2.Qoya gruntlarining tashqi kuch ta‘sirida deformatsiyalanishini qanday ko’rsatkichlar asosida baholash mumkin?
3.Yemirilgan gruntlarning deformatsiyalanishidagi uch xil o’ziga xos bosqichlarni tavsiflab bering.
4.Zamin gruntining zichlanish bosqichi deganda nimani tushunasiz?
5.Zaminning umumiy buzilish bosqichi qanday tavsiflanadi?
6.Zaminning deformatsiyalanishini o’rganishda birinchi va ikkinchi kritik bosimlar deganda nimalarni tushunasiz?
7.Tabiiy kuchlanishlarning vertikal tashkil etuvchilari har xil grunt sharoitlari uchun qanday aniqlanadi?
8.Tabiiy kuchlanishlar gorizontal tashkil etuvchilari miqdorlarini aniqlash ifodasini eslang.
9.Zamin qatlamlarida tashqi yukdan uyg’otiladigan normal kuchlanishlarni aniqlash usullarini eslang.
10.Yuklanish maydonchasining markaziy o’qi bo’yicha tashqi kuch uyg’otadigan nomal kuchlanishlarni aniqlash ifodasi qanday yoziladi?
11.Yuklanish maydonchasining qirralaridan o’tadigan vertikal o’q bo’yicha tashqi yuk uyg’otadigan normal kuchlanishlarni aniqlash ifodasini eslang.
6. ZAMIN VA POYDYeVORLARNI
LOYIHALASHNING ASOSIY QOIDALARI


Reja:
6.1.Zamin va poydevorlarning birgalikda ishlashi. Poydevorlarning turlari
6.2.Zamin va poydevorlarni chegaraviy holatlar bo’yicha hisobiy asoslari
6.3.Poydevor tovonining yotish chuqurligini belgilash


Adabiyotlar: 7, 8, 9, 12.


6.1. Zamin va poydevorlarning birgalikda
ishlashi. Poydevorlarning turlari

Turli xil omillar ta‘sirida bo’lgan zamin va poydevorlarning birgalikda ishlashini ta‘minlash ularni loyihalashning asosiy maqsadi hisoblanadi. Inshootlarning bo’zilishi ko’pincha, ularning poydevorlari zaminidagi gruntlar yuk ko’tarish qobiliyatlarining (mustahkamligi va ustivorligining) yo’qotilishi yoki zaminning xaddan tashqari ko’p deformatsiyalanishi natijasida sodir bo’ladi. Bunday xodisani oldini olish uchun poydevorning turi va o’lchamlari zamindagi gruntlarning o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq holda tanlanishi lozim.


Zamin va poydevorlarning birgalikda ishlashini ta‘minlash uchun eng avvalo, poydevor tovoni bo’ylab uzatiladigan bosimning zamin bo’ylab imkon boricha tekis taksimlanishiga erishmoq darkor. Chunki bunda poydevor tovoni zaminni barcha qismlarida tekis siqadi (poydevorning zamindan qisman o’zilishi sodir bo’lmaydi), bu esa o’z navbatida zaminning tekis zichlanishi (cho’kishi)ni ta‘minlaydi. Zamin gruntlarining qatlamlari yoki poydevor bilan zamin orasidagi o’zaro siljishlar esa ularning birgalikda ishlashiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi.
Zamin va poydevorlarning turini, materiallarini va ularni barpo etish usullarini tanlash inshootlarni loyihalashning eng ma‘suliyatli va murakkab vazifalaridan biridir. Bunda eng avvalo, inshootning vazifasi, konstruktsiyasi, unga ta‘sir qiluvchi yuklarning o’ziga xos tomonlari, qurilish joyining geologik, gidrogeologik va iqlim sharoitlari hisobga olinadi.
Agar zamindagi grunt loyihalanayotgan inshoot shart-sharoitlari uchun ishonchli bo’lsa, undan hech qanday o’zgartirishsiz (tabiiy zamin holida) foydalanish mumkin. Ba‘zan, inshootlarni kuchsiz gruntlar sharoitida ham qurishga to’g’ri keladi va bunda inshootning mustahkamligi, ustivorligi va ishonchliligini ta‘minlash uchun maxsus konstruktiv tadbirlarni qo’llash taqoza etiladi.
Talablarga javob beradigan sun‘iy zaminlarni hosil qilish (kuchsiz gruntlarni zichlashtirish, qotirish yoki ularni ishonchli grunt bilan almashtirish), poydevor tovoni o’lchamlarini oshirish (bosimni kamaytirish maqsadida), poydevor tovonining yotish chuqurligini ishonchli grunt qatlamigacha uzaytirish, qoziqli poydevorlarni qo’llash va boshqalar zamin va poydevorlar tizimini boshqarishning asosiy konstruktiv yechimlari hisoblanadi. U yoki bu konstruktiv yechimni qabul qilish esa, ularning bir necha variantlarini texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida amalga oshiriladi.
Inshootning ishonchliligi, uning yer yoki suv ostidagi konstruktsiyasi - poydevorining mustahkamligi, ustivorligi va tashqi muhit ta‘sirlariga bardoshliligiga ham bevosita bog’liqdir. Poydevorning turi, konstruktiv shakli va uni tayyorlashda qo’llaniladigan materiallarni tanlash ham, zaminlarni loyihalashdagi singari turli xil omillarni inobatga olish va variantlarni taqqoslash yo’li bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin