Nazorat savollari:
1.O’ta cho’kuvchan gruntlarning odatdagi gruntlardan farqi nimalarda?
2.Lyossli va lyossimon gruntlarning tuzilishi va o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflab bering.
3.Gruntlarning o’ta cho’kuvchanligi qanday qurilmalar yordamida o’rganiladi?
4.O’ta cho’kuvchanlik koeffitsientini aniqlash ifodasini eslang.
5.O’ta cho’kuvchanlikning quyi chegarasini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni eslang.
6.O’ta cho’kish miqdorini aniqlash ifodasi qanday ko’rinishda yoziladi?
7.Qo’shimcha namlanish va o’z og’irligi ta‘sirida deformatsiyalanishi bo’yicha o’ta cho’kuvchan gruntlar necha turga bo’linadi?
8.O’ta cho’kuvchan gruntlar sharoitida zamin deformatsiya-lanishini chegaralash shartining tuzilishini eslang.
9.Gruntlar o’ta cho’kuvchanligini oldini olishda qo’llaniladigan qanday tadbirlarni bilasiz?
10.O’ta cho’kuvchanlikni kamaytirish yoki butunlay bartaraf etishga qaratilgan tadbir qanday shartlar asosida qabul qilinadi?
11.CHUQUR JOYLASHGAN POYDEVORLAR
Reja:
11.1.Umumiy ma‘lumotlar
11.2.Tushurma quduqlar
11.3.Tushurma quduq hisobi
11.4.Kesson poydevorlari va ularni barpo etish haqida umumiy ma‘lumotlar
Adabiyotlar: 7, 9, 11.
11.1. Umumiy ma‘lumotlar.
O’ta og’ir inshootlardan uzatiladigan katta qiymatli vertikal va gorizontal bosimlarni zaminning chuqur joylashgan ishonchli va mustahkam qatlamlariga uzatish uchun, ba‘zi hollarda qoziqli poydevorlarni qo’llash iqtisodiy jihatdan samarasiz yoki imkoniyatlari chegaralangan bo’ladi. Chunki katta bosimga ishlaydigan qoziqli poydevorning yuk ko’tarish qobiliyatini ta‘minlash uchun qoziqlar uzunligini yoki ularning miqdorini ancha oshirish talab etiladi. Uzun qoziqlarni hozirgi zamon texnikasi yoki texnologiyasi yordamida o’rnatish imkoniyatlari birmuncha cheklangan. Uzunligi uncha katta bo’lmagan qoziqlarni ishlatish variantiga kelganda, qoziqlarning talab etiladigan soni ularni rostverk chegarasida joylashtirib bo’lmaslik darajasigacha ko’payib ketishi mumkin. Bundan tashqari, o’ziga xos geologik va gidrogeologik tuzilishga ega bo’lgan grunt qatlamlarida uchraydigan yirik toshlar va shunga o’xshash boshqa to’siqlar ham, ba‘zan qoziqli poydevorlarni barpo etish imkoniyatlarini chegaralaydi. Yuqorida ko’rsatilgan o’ziga xos sharoitlarda maxsus usullar bilan o’rnatiluvchi chuqur joylashgan poydevorlarni qo’llaydilar.
CHuqur joylashgan poydevorlar ochiq handaklarda quriladigan sayoz joylashadigan odatdagi poydevorlardan quyidagi asosiy xususiyatlari bilan farqlanadi: a) handaklarsiz barpo etiladi; b) zamindagi qatlamlarning yuqoriga bo’rtib chiqmasligini ta‘minlaydi; v) gorizontal yuklanishlar ta‘siriga yaxshi qarshilik ko’rsatadi; g) vertikal yuklanishlarni poydevor tovoni va yon sirti tekisliklari bo’yicha zamin gruntlariga uzatadi; d) yuk ko’tarish qobiliyati odatdagi poydevorlarnikiga nisbatan ancha yuqori.
Hozirgi davrda chuqur joylashgan poydevorlarning quyidagi turlari bir-biridan farqlanadi: 1) tushurma yoki pastlashuvchi quduqlar; 2) kesson poydevorlari; 3) burg’ulash tayanchlari. So’nggi turdagi poydevorlar, tuzilishi bo’yicha, burg’ulash usulida barpo etiladigan katta diametrli qoziqli poydevor sifatida qaralishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |