Œзбекистон республикаси олий ва œрта



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə44/46
tarix27.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#103246
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
GMZP MM (2)

11.3. Tushurma quduq hisobi

Tushurma quduqli poydevor o’lchamlarini odatda, vertikal kuchlar yig’indisi asosida, zamin gruntining nochiziq deformatsiyalanishini chegaralash sharti bo’yicha tanlaydilar. Tushurma quduqli poydevorning hisobiy sxemasi 11.2 – rasmda ko’rsatilgan.





11.2-rasm. Tushurma quduqning hisobiy sxemasi: 1 – quduq, 2 – poydevor tovoni, 3 – quduq yopmasi

Poydevor orqali zaminga uzatiladigan vertikal kuchlar yig’indisi inshootdan uzatiladigan yuk (N), quduq devorining xususiy og’irligi (Nк) va quduq ichki bo’shligini to’ldiruvchi qismlarning (tovoni, ustki yopmasi) og’irligi (Nm) dan tashkil topadi:


åN = N + Nк + Nm . (11.1)


Quduq devorlarining xususiy og’irligi umumiy holda quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi.

Nк = GH = G (d+Dh) , (11.2)


bu yerda G – quduq devorlarining 1 m balandligiga to’g’ri keladigan solishtirma og’irligi; N–quduqning umumiy balandligi; d – quduq tovonining yotish chuqurligi; Dh–quduqning yer sirtidan ko’tarilish balandligi.


Quduq ichki bo’shligini to’ldiruvchi qismlarning og’irligi (Nm) ularning konstruktiv o’lchamlari va materialining o’rtacha solishtirma og’irligi bo’yicha hisoblab topiladi.
Tushurma quduq tashqi vertikal kuchlardan tashqari, pastdan yuqoriga qarab yo’nalgan zaminning qarshilik kuchlari ta‘sirida ham bo’ladi. Chegaraviy holatda bu kuchlar quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi:

å Nг = RAт+T , (11.3)


bu yerda R – zamin gruntining poydevor tovoni tekisligidagi hisobiy qarshilik; Aт – poydevor tovonining yuzasi; T – quduqning tashqi devorlari sirti bo’ylab ta‘sir etuvchi ishqalanish kuchlari yig’indisi.
Grunt bilan poydevor yon sirti orasida uyg’otiladigan ishqalanish kuchlari, hisoblarda, yer sirtidan boshlab taxminan 5 m chuqurlik chegarasida noldan qiymatgacha oshib boradi, keyingi chuqurliklarda esa o’zgarmas qiymatga ega bo’ladi deb qabul qilinadi. Ushbu holda ishqalanish kuchlari yig’indisining qiymati:

Т= U (d-2,5) , (11.4)


bu ifodada - poydevorning yon sirti bo’yicha gruntning o’rtacha solishtirma ishqalanish kuchi, uning qiymati =0,02...0,03 MPa oraliqda qabul qilinadi; U – quduq gorizontal kesimining tashqi perimetri.


Tushurma quduqlardan me‘yorlar darajasida foydalanish uchun (chegaraviy holatlarning ikkinchi guruhi talablari bo’yicha) poydevor orqali zaminga uzatiladigan tashqi kuchlar yig’indisi gruntning qarshilik kuchlari yig’indisidan kichik bo’lishi, ya‘ni quyidagi shart ta‘minlanishi lozim:

åN åNг , (11.5)


Ushbu shartni (11.1)-, (11.2)-, (11.3)- va (11.4)–ifodalarni inobatga olib va poydevor tovonining yotish chuqurligi (d) qatnashgan qismlarini ajratib yozsak:


(G+ U)d N+G h+Nm-RAт+2,5 U . (11.6)


Tushurma quduq va uning ichki bo’shlig’ini to’ldiruvchi qismlar o’lchamlari hamda ularni barpo etishda ishlatiladigan materiallar odatda oldindan qabul qilinadi. Bunday holda (11.6) – ifodadagi N, G h, Nm, 2,5 U, RAт , U, , va G miqdorlar oldindan berilgan parametrlar sifatida qaralishi mumkin. Ushbu holda chuqur joylashgan poydevor hisobi, quduq tovonining yotish chuqurligini aniqlashdan iborat bo’ladi. Bu chuqurlikning talab etiladigan eng kichik qiymati (11.6)–ifodaning tenglik shartidan:


d = . (11.7)


Agar, tushurma quduq, vertikal kuchlardan tashqari, miqdori ancha katta bo’lgan gorizontal kuchlar ta‘sirida ham bo’lsa, poydevor orqali zaminga uzatiladigan bosimning maksimal va minimal qiymatlari quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:


Рmax(min) = , (11.8)


bu ifodada М – gorizontal kuchlardan poydevor tovoni og’irlik markazidan o’tuvchi nuqtaga nisbatan olingan eguvchi moment; WT –poydevor tovoni yuzasining egilish tekisligi bo’ylab qarshilik momenti.


Tushurma quduq nomarkaziy siqilishga ishlagan hollarda, zamin gruntining haddan ko’p nochiziq plastik deformatsiyalanishini chegaralash va poydevor tovoni kam yuklangan qismining zamindan uzilishini oldini olish uchun quyidagi shartlar ta‘minlanishi lozim:

Р R; Рmax 1,2R; Pmin 0. (11.9)



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin