20-rasm. Zina va karkasning yig'ma elementlari: a – yig'ma zinaning bir qismi; b – yarim sahnli zina marshi; v – karkas-panelli binoning bir qismi; 1 – zina marshi; 2 – zina sahni; 3 – kolonna; 4 – plitatirgovich; 5 – xari; 6 –bikirlik devorchasi
hajmiy elementlar (21-rasm) sanitariya-texnika hajmiy kabinalari, lift shaxtalariga ishlatiladigan tyubing (plita)lar kattaligidagi bir xona bloklar ko'rinishida bo'ladi;
turli yordamchi elementlar: ravoqlar, deraza tokchasiga ishlatiladigan plita va hokazolar.
21-rasm. Grajdan binolarining hajmiy elemeitlari:a – blok-xona; b – sanitariya texnika kabinasi; v – lift shaxtasining bloki (ventilpniya bloki va axlat tortadigach truba bilan birga qo'shilgan); g –texnik yerto'laga tushiladigap zina; 3 – fazoviy zveno bloki; 1 – axlat tortadigai truba; 2 – ventilyasiya kanali
a)
b)
v)
g)
d)
Sanoat va qishloq xo'jaligi binolarining
yig'ma konstruksiyalari
Bir qavatli korxona binolarining yerosti qismlarini qurish uchun quyidagilardan foydalaniladi:
pog'onali poydevor (22-rasm, a) plitalar va kolonna ostligidan iborat. Kolonna ostligi qorishma ustiga yotqiziladi va quyma detallar payvandlab mahkamlanadi;
kransiz binolarning poydevorlarikvadrat shaklida, ko'prik kranli binolar poydevorlari esa to'g'ri burchaklik shaklida bo'ladi. Bunday poydevorlarning uzun tomoni bino ichiga qaratiladi;
poydevor to'sinlarininz (22-rasm, b, v) kesimi tavr shaklida yoki trapesiyasimon, o'lchami kolonna qadamiga teng bo'ladi. To'sin kolonnalarning sirtqi tomonidan poydevor chetiga tayanadi. To'sinlar tepasiga gidroizolyasiya qatlam yotqiziladi.
Bir qavatli korxona binolarining yer usti qismiko'tarib turuvchi va to'suvchi elementlardan quriladi.