‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Musiqa vositasi orqali nafosat tarbiyasini berish



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Musiqa vositasi orqali nafosat tarbiyasini berish.
Musiqa 
kishining fikr va tuyg‘ularini musiqiy obrazlar yordamida 
ifodalaydi. Ashula darsi va xor yoki musiqa to‘garaldariga ishtirok 
etish o‘quvchilami kuy, ohanglar dunyosiga olib kiradi, ularning 
tuyg‘u va kayfiyatiga ta’sir etadi.
Bolalar ashula darsida va xor to‘garagi mashg‘ulotlarida nota 
savodini o‘rganadilar, musiqa terminlari bilan, musiqa janrlari va 
cholg‘u asboblarining turlari bilan tanishadilar hamda vokal 
ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladilar.
Musiqa ta’sirining kuehayib borishi, musiqa eshitish uquvining 
o‘sishi, bolalaming musiqa va ashula sohasidagi bilim doirasining 
kengayishi 
o‘quvchilaming 
musiqani 
o‘zlashtirib 
olish 
qobiliyatining o‘sishiga yordam beradi, ularda durustgina nafosat 
musiqa didini hosil qiladi.
Raqs san’ati vositasi orqali nafosat tarbiyasini berish.
Raqs 
san’ati san’atning boshqa turlari kabi bola fikri va tuyg‘usini 
boyitadi, ijrochilarga ham, tomoshabinlarga ham nafosat zavq 
bag‘ishlaydi. Raqsni yaxshi ijro etish uchun chaqqonlik, noziklik, 
maqomni bilish, kuzatuvchanlik, hayol va xotira kerakdir. 0 ‘quv- 
chi raqsga tushayotgan paytida raqsning g‘oyasi va kayfiyatini 
tushunishi, o‘zining his-tuyg‘ularini raqsda ifodalay bilishi kerak.
Raqs texnikasini egallash uchun ko‘pgina kuch va mehnat 
sarflash, jismoniy jihatdan chiniqqan, chaqqon, epchil bo‘lishi, o‘z 
harakatini ongli ravishda kuzata bilish lozim. Raqs san’ati jismoniy 
tarbiya bilan mustahkam bog‘langandir.
311


Raqs mashg‘ulotlari jarayonida ko‘pchilik ma’naviy hislar: 
iroda. qat’iylik, intizom, mehnatsevarlik, o‘rtoqlik tuyg‘usi va shu 
kabilar tarbiyalanadi.
Har qanday raqs his-tuyg‘u ko‘tarinkiligi bilan bog‘langan 
boiib, ijrochiga quvonch baxsh etadi, uning butun borlig‘ini 
egallab oladi va unga nafosat jihatdan ta’sir ko‘rsatadi. 
Boshlang‘ich maktab bolalarini raqs vositasi bilan tarbiyalash juda 
muhimdir, chunki raqs nafosat kechinmalarini vujudga keltirish 
bilan bir vaqtda shu yoshdagi bolalaming harakatlanishga bo‘lgan 
ehtiyojini qondiradi, ulami maqomga o'rgatadi, bir-biriga moslab 
qilinadigan jamoa harakatidan quvonish hissini uyg‘otadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin