‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

11. Jismoniy tarbiya
Barkamol avlodni jismoniy tarbiyasiz tasawur qilib bo‘lmaydi, 
bu tarbiyaning bosh maqsadi jismonan chiniqqan, mard va sabotli, 
qat’iyatli va vatanparvarlami kamol toptirishdir. Prezidentimiz
I.A.Karimov tomonidan 2010 yilni “Barkamol avlod” yili deb e’lon 
qilinishi bu tarbiyaga e’tibomi yanada kuchaytirdi.
Prezidentimiz: “
Farzandlari sog ‘lorn yurt qudratli b o ‘ladi,
qudratlx yurtning farzandlari so g ‘lom bo'ladi”,
deb ta’kidlaydi. 
Yurtboshimiz fikrini davom ettirar ekan, eng avvalo har bir odam 
o‘z sog‘ligi haqida qayg‘urishi, har bir oila o‘zidan sog‘lom nasi, 
sog‘lom zurriyot qoldirishni o‘ylashi zarur.
Agar farzand sog‘lom, oqil, iymon-e’tiqodli bo‘lsa, ota-onasiga 
faqat rahmat keltiradi. El-yurt nazaridan hech qachon chetda 
qolmaydi deb uqtiradi.
Jismoniy salomatlilik tarbiya tizimida muhim o‘rinni egallaydi 
va boshqa tarbiyalar bilan birga amalga oshiriladi. Jadidshunos 
olim Fitrat bolalaming jismoniy tarbiyasida turli harakatli o‘yinlar 
katta o‘rin tutishini, ota-onalarga o‘z bolalaririing shunday o‘yinlar 
bilan mashg‘ul bo'lishlarini ta’min etishlarini maslahat beradi: 
“Harakat har bir kishi uchun, ayniqsa bolalar uchun zarurdir. Shu- 
ning uchun bolalami jismoniy chiniqtirishda ulami ayrim o‘yinlar 
bilan mashg‘ul qilish foydalidir. Bolalami o‘yindan man etishning 
foydasi yo‘qdir. Ularning doimo bir joyda o‘tirishlari, harakat 
qilmasliklari ulami badanlarini zaif bo‘ lishlariga olib keladi.
313


Ota-onalar doim o‘z bolalarini o‘yinga tashviq va targ‘ib 
qilishlari lozimdir. Ammo bolalaming o‘yinlari odob va axloq 
doirasidan tashqari chiqmasligi kerak”. Fitrat bu harakatli o‘yinlar 
bolaning aqli, farosati, ilmini rivojlanishiga va to‘g‘ri axloqiy 
tarbiya topishiga yordam berishi kerak, deb hisoblaydi. U bu 
o‘yinlar orqali bolaga hayotni o‘rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya 
ham berish mumkin, asosiysi bolani jismonan chiniqtirishdir deb 
biladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin