‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

8.Darsga tayyorlanish
Darsning samaradorligi deganda lining ikkita tarkibiy qismini 
ko‘rish mumkin, bular: darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish va darsni 
o‘tish mahoratidan iborat. Yomon rejalashtirilgan, yetarlicha 
o'ylanmagan, shoshilinch loyihalangan va o‘quvchilar imko- 
niyatlari bilan uyg‘unlashmagan dars yaxshi sifatli bo‘lishi mumkin 
emas.
Darsga tayyorlanish
- bu butun bir tadbirlar majmuasini ishlab 
chiqish, ayni paytda pirovard natijani ta’minlaydigan o‘quv tarbiya 
jarayonini tanlashdir. 0 ‘qituvchining darsga tayyorlanishi uch 
bosqichdan iborat: aniqlash, oldindan aytib berish, loyihalash 
(rejalashtirish). Bu o‘rinda o‘qituvchining materialni yaxshi bilishi, 
o‘z fani doirasida erkin fikrlay olishi ko‘zda tutiladi. U o‘z kasbiy 
mavzusiga old papkasini yoki ish kitobini yuritib, unga o‘zi dars 
o‘tadigan fan sohasidagi eng yangi ma’lumotlami to‘playdi,
140


muammoli masala va topshiriqlami, test material! arini jamlaydi. 
Takror aytamiz, muvaffaqiyatli dars o‘tish uchun o‘qituvchi amaliy 
va o'quv materialini ishonch bilan puxta egallagan boiishi zarur. 
Darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari o‘quv axborotlarini sinf 
imkoniyatlariga, yuqori samara beradigan bilish mehnati va jamoa 
hamkorligini tashkil etishda qulay shart-sharoit (shakl) ni baholash 
va tanlashga “moslashishga” olib keladi. Dars berishning oqilona 
shaklini tanlash uchun o‘quv mashg‘ulotini qat’iy ravishda 
rejalashtirish zarur. Uning asosida darsni tayyorlash algoritmi 
(qoidalar majmui), barcha muhim omillar va holatlami hisobga 
olishni kafolatlaydigan izehil tadbirlar boiishi zamr. Demak, 
algoritm (qoidalar majmui)ni amalga oshirish muayyan shart- 
sharoitlami aniqlash bilan boshlanadi. Diagnostika (tashxis) bu -
tarbiyaviy ishlami loyihalash munosabati bilan dars o‘tishdagi 
barcha vaziyatlami “ochib” berish bilan 
o‘quvchilaming 
imkoniyati, ulaming faoliyati va xulq-atvori motivlari, o‘qitish 
darajasi talab qiladigan ehtiyojlar va ishtiyoqlari, qiziqish va 
qobiliyatlari, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy 
ahamiyati, darsning tuzilishi, shuningdek, o‘quv jarayonida butun 
vaqtni qanday sarflanishini, tayanch bilimlami takrorlash 
(aktualizatsiya)ga, yangi axborotlami o‘zlashtirishga, mustah- 
kamlash va sistemalashtirishga, bilim, malakani tekshirish va 
xatolami to‘g‘rilashga ketgan vaqtni chuqur tahlil etish bilan 
ifodalanadi. 
Ushbu bosqich mashg‘ulotlar samaradorligini 
belgilovchi omillaming ta’sirini yorqin tasawur etiladigan 
darsning diagnostik kartasini vujudga keltirish bilan yakunlanadi. 
Oldindan aytish boiajak darsni o‘tishdagi turli variantlami 
baholash va ular orasidan eng, maqbulini tanlashga qaratilgan. 
Oldindan aytishning zamonaviy texnologiyasi dars samaradorligi 
miqdoriy ko‘rsatkichlarini quyidagi yoilar bilan chiqarishga 
yordam beradi. Darsning asl maqsadi boigan bilim (malakalar) 
hajmini shakllantirish 100% deb qabul qilinadi. Unga to‘sqinlik 
qiluvchi omillar, tabiiy ravishda bu ko‘rsatkichni pasaytiradi, 
yo‘qotishlar kattaligi (maxsus metodika orqali aniqlanadi) va ideal 
natijada chegirib tashlanadi, shunday qilib, pedagog o‘ylagan shakl 
bo‘yicha dars samaradorligining erishishi mumkin boigan aniq


ko‘rsatkichi aniqlanadi. Agarda bu ko‘rsatkich o‘qituvchini 
qoniqtiradigan bo‘lsa, u darsga tayyorlanishning yakunlovchi 
bosqichi, rejalashtirishga o‘tadi. Qoniqtirmasa - o‘zgartirish 
mumkin bo‘lgan omillar vositasida darsni tashkil etishning yanada 
mukammal shaklini izlashga majbur bo‘ladi.
Loyihalash (rejalashtirish) - tayyorlanishning yakunlovchi 
bosqichi bo‘lib, u o‘quvchilami aqliy faoliyatini boshqarish 
dasturini tuzish bilan tugaydi. Boshqarish dasturi bu - qisqa va 
aniq, erkin tuzilgan hujjat bo‘lib, unda o‘qituvchi jarayonni 
boshqarishning o‘zi uchun zarur o‘rinlarini qayd qiladi, kimdan va 
qachon so‘rash, qayerda muammoni yuzaga keltirish, mashg‘u- 
lotning keyingi bosqichiga qanday o£tish kerakligi, oldindan 
ko‘zlangan qiyinchiliklar paydo bo‘lganda jarayonni qanday 
shaklda qayta qurish mumkin va boshqalar shular jumlasidandir. 
Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasida boshqarish ta’sirini 
aniq, ravshan belgilash bilan farq qiladi.
Yosh o‘qituvchilar darsning reja konspektini batafsil yozishlari 
kerak. Bu qoida amaliyot talabi bo‘lib, undan hali biror o‘qituvchi 
bo‘lajak darsni tashkil etishning har bir tafsilotigacha o ‘ylab 
chiqmasdan haqiqiy ustoz bo‘la olmagan. Qachonki, takror-takror 
tuzilishlar odatga aylanib qolganda, rejaning hajmi muttasil kamaya 
borib, u harakatlaming aniq dasturiga aylangandagina, qisqar- 
tirilgan yozuvlarga o‘tish mumkin bo‘ladi.
Yosh o‘qituvchi rejasida quyidagilar aks etgan bo‘lishi kerak:
- darsning o‘tish sanasi va mavzu rejasiga muvofiq uning 
tartib raqami;
- dars o‘tilayotgan sinf va dars mavzusining nomi;
- o'quvchilarga ta’lim tarbiya berish va ulami rivojlantirish 
maqsad va vazifalari;
- dars izchilligini ko‘rsatgan holda uning tuzilishi va har bir 
bosqichlari bo‘yicha vaqt taxminiy taqsimlangan bo‘lishi;
- o‘quv materialining mazmuni;
- darsning har bir qismida o‘qituvchi tomonidan qo‘llanadigan 
metod va ish usullari;
- dars o‘tish uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari;
- uyga topshiriqlar.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin