bilim sohasi yoki faoliyatning o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan
o‘quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi.
0 ‘qav semestri
- oliy ta’lim muassasasida o ‘quv yilining
yarmini tashkil etuvchi o'zaro bog‘langan fanlarning ma’lum
majmuini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy
nazorat bilan tugallanadigan qismi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi
- yoshlami vatan himoyasi
hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda
harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Hikoya
- o‘qituvehi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va
voqealaming yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yorda-
mida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon
qilinishi.
Hisobga olish
- ta’limning muayyan davrida о‘quvchilar va
o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirish, xulosalash.
Huquqiy madaniyat -
shaxs tomonidan huquqiy bilimlaming
o'zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining
sifat ko‘rsatkichi.
Huquqiy ong -
muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan
belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi boMib,
ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.
Dostları ilə paylaş: