0 ‘quv rejasi
- ta’lim muassasida o‘qitiladigan o‘quv fanlari-
nlng tartibi, ulaming o‘quv yili bo‘yicha taqsimlanishi,
har bir
o‘quv faniga ajratiladigan hafitalik va yillik o‘quv soatlari, shu-
ningdek, o‘quv yili tuzilishini belgilovchi me’yoriy hujjat.
0 ‘quv fani
- ta’lim muassasalarida o‘quvchilaming yosh, idrok
etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha
umumiy yoki mutaxassislik
bilimlarini berish, ko‘nikma va
malakalami shakllantirishni ta’minlovchi manba.
0 ‘quvchilar jamoasi
- ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi
umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyatga
asosan jipslashgan
o‘quvchilar birlashmasi, guruhi.
0 ‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarishi
- o‘quvchilaming
jamoa faoliyatini uyushtirish va boshqarishdagi faol ishtiroklari.
0 ‘quv qo‘llanmasi
- 1) ma’lum o‘quv fanlari bo‘yicha meto
dik materiallar, tushuntirishlar, tavsiyalami
yorituvchi hamda
0
‘qi-
tuvchi yoki o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan manba; 2) muayyan
fan bo‘yicha tayyorlangan hamda metodik jihatidan o‘quv-
tarbiyaviy jarayonda bevosita foydalanish
imkonini beruvchi
qo‘shimcha o‘quv materiallari.
0 ‘zlashtirish
- tushunish, o‘rganish orqali axborotning ma’no-
mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlami bajarish tartibi
to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalar hosil bo‘lishi.
0 ‘rganish
- axborotdan foydalanish
va turli harakatlami
ko‘rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko‘nikmalarini egallash.
Dostları ilə paylaş: