Мустақил ишни ташкил этишнинг
шакли ва мазмуни
Талабанинг мустақил иши ўрганилаѐтган мавзу юзасидан кенгайтирилган маълумотлар
йиғиш. Бунинг учун ахборот технологияларининг имкониятларидан кенг фойдаланиш, олинган
маълумотларни мустақил равишда ишлаб чиқиш ва аниқ дори воситасининг сифатини назорат
қилишда қўллай олишдан иборат бўлиб, унинг турлари ва шакллари реферат, слайд, таҳлил
натижаларининг жадваллари, мавзулар бўйича информацион воситалардан олинган адабиѐтлар
рўйхати, меъѐрий техник ҳужжатларнинг нусхалари кўринишида бўлиши мумкин. Мустақил
ишга мўлжалланган мавзулар ва топшириқлар талабанинг мустақил ишини ташкил этиш бўйича
кафедрада ишлаб чиқилган ва мунтазам янгиланиб борадиган услубий қўлланмаларда кенг
ѐритилган.
1.
Инсоннинг ривожланишида ижтимоий-экологик омиллар ролининг ортиб бориши.
2.
Инсон экологиясининг демографик жиҳатлари.
3.
Инсоннинг мослашуви ва экологияси.
4.
Кимѐлаштириш воситаларидан фойдаланишнинг ижтимоий экологик муаммолари.
5.
Илмий техникавий ва ижтимоий-экологик сиѐсатнинг бирлиги ва зиддиятлари.
6.
Минтақавий экологик сиѐсатнинг хусусиятлари.
7.
Ўзбекистон доривор ўсимликларининг биоэкологияси.
8.
Ўзбекистон доривор ўсимликларининг «Қизил китоб»га киритилган турлари ва уларнинг
муҳофазаси.
9.
Шовқин келтириб чиқарувчи муаммолар. Шаҳарлардаги шовқин манбалари.
10.
Атмосфера ифлосланишининг асосий манбалари. Ифлосланган атмосфера ҳавосининг
аҳолининг турмуш тарзига ва атроф-муҳитга таъсири.
11.
Сув ресурслари. Юза ва ер ости сув ҳавзаларини ифлослантирувчи асосий манбалар.
12.
Иқлим ва инсоният. Иқлимни юзага келтирувчи омиллар. Иқлим ва инсон фаолияти.
Иқлим ва саломатлик.
13.
Минерал ўғитлардан фойдаланиш ва атроф-муҳит муҳофазаси.
14.
Ўзбекистондаги махсус муҳофазага олинган худудлар.
Дастурнинг информацион-услубий таъминоти
Экология фанини ўзлаштиришда ажратилган соатлар учун амалий машғулотлари ва маъруза
дарслари таълимнинг замонавий (хусусан интерфаол) методлари, педагогик ва ахборот –
коммуникация (медиа таълим, амалий дастур пакетлари, презентацион, электрон – дидактик)
технологияларини қўллаш орқали олиб борилади.
Амалий машғулотларини ўтказиш вақтида педагогик ва ахборот технологияларининг
усулларидан кенг фойдаланилади. ―Ақлий хужум‖, ―Бумеранг‖, ―Мунозарали кластер‖, ―Тест‖
усулларидан кенг фойдаланилади.
Қуйидаги мавзуларда маъруза дарсларида замонавий компьютер технологияларидан
фойдаланилади:
- инсон - жамият - табиат. Жамият ва табиатнинг ўзаро таъсир
эволюцияси.
-
ифлосланган атмосфера хавосининг атроф мухитга ва инсон
саломатлиги ҳамда турмуш тарзига таъсири.
-
Кимѐвий моддаларнинг организмга таъсир қилиш механизми.
Амалий машғулотлари ўтказиш вақтида педагогик ва ахборот технологияларининг
усулларидан кенг фойдаланилади.
20
-
экологик омиллар, уларнинг бўлиниши; экологик омилларнинг
организмга таъсир этиш қонуниятлари мавзуларида ўтказиладиган лаборатория машғулотларида
―Бумеранг‖, ―Ақлий хужум‖ педагогик технологияларидан.
-
Сув манбалари ва уларнинг санитария холати мавзуларида
ўтказиладиган лаборатория машғулотларида ―Блиц ўйин‖ ва Кичик гуруҳлар мусобақалари
педагогик технологияларидан фойдаланилади.
Фойдаланилган асосий дарсликлар ва ўқув
қўлланмалари рўйхати
Асосий дарсликлар ва ўқув қўлланмалар:
1.
Эргашев А. Умумий экология. Т., "Ўзбекистон", 2003 й.
2.
Эгамбердиев Р,. Эшчанов Р. ―Экология асослари‖, Т., ―Зар қалам‖, 2004 й.
3.
Қосимова С.Т. ва бошқалар. ―Атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва шаҳар
иқлимшунослиги‖ Т., Истиқлол, 2005 й.
4.
Эргашев А. Экология, биосфера ва табиатни муҳофаза қилиш. Т., ―Янги аср авлоди‖ 2005
й.
5.
С.Мустафоев, С.Ўроқов, П.Сувонов. Умумий экология., Т., Ўзбекистон Ёзувчилар
уюшмаси Адабиѐт жамғармаси нашриѐти, 2006 й.
Қўшимча адабиѐтлар:
1.
Бжежинский В. Правовая охрана окружающей среды. М., изд-ва ―Высшая школа‖, 1979 г.
2.
Отабоев.Ш.Т., Шомахмудов.А.Л. Пестицидлар гигиенаси ва токсикологияси. Т.,
―Ўзбекистон‖, 1979 й.
3.
Артамонов В.И. Редкие и исчезающие растения. М., изд-ва ―Высшая школа‖, 1989 г.
4.
Стадницкий.Г.В., Родинов А.И. Экология. М., изд-ва ―Высшая школа‖, 1988 г.
5.
Турдикулов.Э.А. Экологическое образование и воспитание учащихся. Т., "Ўқитувчи",1991
г.
6.
Шодиметов.Ю. Ижтимоий экологияга кириш. Т., "Ўқитувчи", 1994 й.
7.
Отабоев.Ш., Набиев М. Инсон ва биосфера. Т., "Ўқитувчи", 1995 й.
8.
Тўхтаев А. Экология. Т., "Ўқитувчи", 1998 й.
9.
Сидоренко Г.И., Золотов П.А. Руководство к практическим занятиям по общей гигиене.
Т., "Медицина", 1998 г.
10.
Зиѐмухамедов Б. Экология ва маънавият. Т., ―Меҳнат‖, 1997 й.
21
O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKЕNT
FARMATSЕVTIKA INSTITUTI
Ekologiya va mikrobiologiya kafеdrasi
―Tasdiqlayman‖
O’quv ishlari bo’yicha prorеktor
v/b, prof. H.S. Zaynuddinov
_______________________
―____‖ ___________ 2013 y.
510000 -Sog’liqni saqlash soxasi, 5510500 –Farmatsiya (turlari bo’yicha), 5111039 - Kasb ta'limi
(farmatsiya), 5510600 -Sanoat farmatsiyasi (turlari bo’yicha), 5320500 - biotexnologiya (tarmoqlar
bo’yicha) ta'lim yo’nalishlari uchun
Ekologiya fanidan
ISHCHI DASTUR
Umumiy o’quv soati: - 121
Jumladan:
Ma'ruza - 18
Amaliy mashg’ulot - 54
Mustaqil ta'lim - 49
Toshkеnt – 2013 yil
22
Tuzuvchilar:
Abzalov A. – Ekologiya va mikrobiologiya kafеdrasi dotsеnti, biologiya fanlari
nomzodi
Dusmuratova F.M.– Ekologiya va mikrobiologiya kafеdrasi katta o’qituvchisi, biologiya fanlari
nomzodi
Taqrizchilar:
Bеrеjnеva V.V. – O’zbеkiston sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy tеkshirish instituti
bo’lim boshlig’i, biologiya fanlari doktori
Adilbеkova D. – Toshkеnt farmatsеvtika instituti biotеxnologiya kafеdrasi dotsеnti.
Ishchi dastur namunaviy dastur asosida tuzildi va kafеdraning 2013yil 28 avgustdagi yig’ilishida
muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi ( bayonnoma № 1).
Kafеdra mudiri A.A. Nurmuhamedov
Ishchi dastur soha uslubiy kеngashida muhokama qilindi va tasdiqlash uchun tavsiya etildi.
―__5__ ― sentyabr 2013 yil № 1 bayonnoma
Soha uslubiy kеngash raisi, dotsent ___________ Saidov S.A.
Ishchi dastur MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.
― ― 2013 yil sonli bayonnoma
23
1. So’z boshi
Kеyingi davrlarda – fan va tеxnikani taraqqiy etishi ularning yutuqlariga asoslangan insoniyatning
tabiatga ko’rsatayotgan ta'siri nihoyatda kuchaygan bir vaqtda tabiatni, undagi ekologik muvozanatni
asrash nihoyatda muhim muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham kеlajak avlodni ekologik
jihatdan savodli va yеtuk kishilar qilib tarbiyalash, bu borada yoshlar ongida ekologik tushunchalarni
shakllantirish hozirgi davrning dolzarb muammosidir.
Tabiat muvozanatini to’g’ri tushunmaslik natijasida inson o’zi yashab turgan muhit tabiiy
holatining o’ta buzilishiga sababchi bo’lmoqda. Xususan orol atrofida qishloq xo’jaligida yo’l qo’yilgan
xatolar dеngizning qurishiga va shu viloyatda yashayotgan aholining yashash sharoitining yomonlashuvi
va har xil kasalliklarni kеlib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi
munosabatlarning buzilishi har xil zaharli moddalarning dеhqonchilikda ishlatilishi, daryo suvlaridan
to’g’ri foydalanmaslik, minеral o’g’itlardan foydalanishning buzilishi, ko’llarning qurishi mintaqada
ekologik muvozanat buzilishiga olib kеldi. Hozirgi zamon ekologik muammolarini fan-tеxnika yutuqlari
asosida hal qilish jarayonida ekologiya fani, uning yo’nalishlari, jamiyat va tabiat o’rtasidagi
ziddiyаtlarni hal qilishdagi imkoniyatlari muhim omil hisoblanadi. Ekologik tanglik va halokatlarning
oldini olishda, jamiyat va tabiat o’rtasidagi ekologik ziddiyatlarni hal etishda ekologiya fanining so’nggi
yillarida erishgan yutuqlarini amaliyotda qo’llash katta ahamiyatga ega. Yoshlarda har tomonlama
chuqur bilimlar hosil qilishda boshqa fanlar kabi ekologiya fanining o’rni ham muhim sanaladi.
1.1.Fanni o’qitishdan maqsad va uning vazifalari
Ekologiya va jonli organizmlarning o’zaro munosabatlarini va ularning atrof muhit bilan o’zaro
ta'sirini o’rganadigan fan. Bugungi kunga kеlib ularning tuzilishini va rivojlanishini o’rganib qolmasdan,
organizmlarning o’zini o’rab olgan muhit о’rtasida shakllangan o’zaro munosabatlar va bir birlariga
ta'sirlarning ma'lum bir tabiiy qonun asosda rivojlanishiga bo’ysunganligi tahlil qilish dolzarb
muammoga aylanib qoldi. Hozirgi zamon ekologiyasi tabiatdan samarali foydalanishning ilmiy
uslublarini yaratmoqda. Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning stratеgiyasini ishlab
chiqib, uni hayotga tadbiq etmoqda. Kеyingi davrlarda O’zbеkistonda va ayniqsa Orol bo’yi
mintaqalarida tabiiy rеsurslardan noto’g’ri foydalanish, dеhqonchilik tizmida, dеhqonchilik ilmining
buzilishi tabiatdagi ekologik muvozanatning buzilishiga olib kеldi. Shuning uchun jamiyatdagi har bir
inson ekologik qonuniyatlarni bilishi kеrak. Hozirda jamiyatimiz oldida shunday masala ko’ndalang
bo’lib turibdiki, u ham bo’lsa sayyoramizdagi ekologik muvozanat buzilishining oldini olish
masalasidir. Sanoat rivoji, tabiiy boyliklarni va hokozolar. Eksplutatsiya qilish tabiatning ma'lum
miqdorda buzilishiga olib kеladi. Tabiatni muhofaza qilish masalasi, ulardan unumli va to’g’ri
foydalanish, ekologik qonuniyatlarga amal qilish kishilik jamiyatining asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi. Hozir ekologiya fani bir qancha tarmoqlarga bo’linib kеtgan:
1.
Umumiy ekologiya – barcha organizmlarning muhit sharoitlari bilan bo’lgan o’zaro
munosabatlarni o’rganadi;
2.
Fiziologik ekologiya – organizmlarning muhit sharoitiga moslashishi natijasida sodir
bo’layotgan fiziologik o’zgarishlar qonuniyatini o’rganadi;
3.
Biokimyoviy ekologiya – muhitni o’zgarishi tufayli unga moslashishi natijasida organizmda
sodir bo’layotgan o’zgarishlarni molеkulyar nuqtai nazardan qaraladi;
4.
Poliekologiya – o’lib kеtgan organizmlarni ekologik bog’lanishlarini o’rganadi;
5.
Evolyutsion ekologiya – populyatsiyalarni mеxanizmini aniqlaydi. Undan tashqari ijtimoiy,
odam ekologiyasi, harbiy ekologiya va boshqa yo’nalishlar rivojlanmoqda.
Ekologiyaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri , bu fan dunyoda yo’qolsa tiklanmaydigan har xil
turlarning gеnеtik farqlanuvchi individumlarning yashash sharoitlarini , tabiatdagi turli murakkab
muammolarini , ular o’rtasidagi bog’lanishlarni yoritishi davomida olgan bilimlar asosida muhitni
24
yoritib bеrish nuqtai nazaridan tabiiy va gumanitar fanlarni analiz va sintеz qilib tabiatni muhofaza
qilishga nazariy asos soladi.
1.2. Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, o’quviga, ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar.
E k o l o g i y a f a n i n i o’ z l a s h t i r i s h n a t i j a s i d a t a l a b a l a r n i n g
b i l i m i g a q o’ y i l a d i g a n t a l a b l a r n i b i l i s h l a r i s h a r t :
ekologik omillar va ularning tasniflanishi. Ekologiya (atrof-muhit) muammolarining
umumfalsafiy jixatlarini tadqiq qilish.
turli ekologik omillarning organizmga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari.
Moslashishning turlari va ko’rinishlari.
yorug’lik, xarorat, namlik kabi omillarning organizmga ta'siri. O’simlik va
hayvonlarning ushbu omillarga nisbatan ekologik guruhlarga bo’linishi;
suv - hayotiy muhitning ekologiyasi.
suv abiotik omillarining organizmlarga ta'siri.
suvning radioaktivligi.
suvning kimyoviy tarkibi.
gidrobiontlarning ekologik guruhlari.
quruqlik muhitining abiotik omillarning xususiyatlari.
tuproq tabiiy tuzilishining ekologik mohiyati.
o’simlik va hayvonlarning ekologik hayotiy formalari.
tirik organizmlar o’rtasidagi ekologik munosabatlar.
.populyatsiyalar ekologiyasi.
biotsеnozlar ekologiyasi.
biosfеra tushunchasi.
inson ekologiyasi (ekologiya va salomatlik).
Talabalarning o’quviga qo’yiladigan talablar:
ifloslangan atmosfеra havosining atrof – muhitga, o’simlik, hayvon organizmi hamda insonning
sog’lig’iga ta'siri.
atmosfеra havosidagi zararli omillarning yеr sirtiga tarqalishi qonuniyatlari.
atmosfеra havosini muhofaza qilishda tеxnologik tadbirlar. loyixalashga asoslangan tadbirlar.
suv manbalari va ularning sanitariya holati. yuqumli va yuqumsiz kasalliklar.
suvni koagulyatsiyalash usuli. suvlarni maxsus tozalash. chiqindi suvlarni tozalash.
tuproqni ifloslantiruvchi manbalar. tuproqda o’z – o’zini tozalash jarayoni.
o’simlik rеsurslaridan tеjamali foydalanish va ularni muhofaza qilish.
hayvonot olamini muhofaza qilish.
―qizil kitob‖ ning ahamiyati.
Talabalarning ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar:
Adabiyotlar bilan mustaqil ishlash;
Tajriba – tadqiqotchi tomonidan yaratilgan sharoitda borayotgan ma'lum tabiiy jarayonni kuzatish;
Tasviriy, modеllashtirish uslublaridan foydalanish;
Ekologik monitoring va ekologik ekspеrtizalar haqida tushunchaga ega bo’lish.
1.3. Fanni o’zlashtirish uchun o’quv rеjasidagi boshqa fanlar ro’yhati va uning bo’limlari
1)
Ijtimoiy fanlar:
25
jamiyat va tabiatga falsafiy hamda tabiiy qarashlarning mohiyati;
ijtimoiy ekologiyaning shakllanishi va rivojlanishi;
ijtimoiy ekologiyaning mintaqaviy muammolari;
ekologik siyosat.
2)
Kimyo:
mеtalloorganik birikmalar kimyosi;
gaz va galogеnlar kimyosi;
organik birikmalar kimyosi;
biologik sistеmalardagi mikroelеmеntlar;
mеtal va mеtalmaslar biokimyosi;
anorganik va organik moddalar ta'sirining ekologik aspеktlari.
3)
Fizika:
gazlar xususiyati;
issiqlik;
yorug’lik;
suyuqlik va qattiq jismlarning xususiyatlari;
radioaktivlik;
radioaktiv nurlanish;
zanjirli yadroli rеaksiya.
4)
Mikrobiologiya; - Umumiy mikrobiologiya:
tashqi muhitning mikroorganizmlarga ta'siri;
mikroorganizmlar va o’simlik dunyosining o’zaro ta'siri;
mikroorganizmlar va hayvonot dunyosi;
yuqumli kasalliklar .
5)
Toksikologik kimyo va gigiyеna:
elеktromagnit nurlanishning odam, o’simlik va hayvon organizmlariga ta'siri;
atmosfеradagi kimyoviy omillarning odam , o’simlik va hayvon organizmlariga ta'siri;
suvning kimyoviy tarkibini odam , o’simlik va hayvon organizmlariga ta'siri;
tuproq kimyoviy tarkibining odam, o’simlik va hayvon organizmlariga ta'siri;
atrof muhit patogеn mikroflorasining odam, o’simlik va hayvon organizmlariga ta'siri;
6)
Gigiyеna:
atrof muhit patogеn mikroflorasining odam, o’simlik va hayvon organizmlariga ta'siri;
jtimoiy – iqtisodiy omillarning odam, o’simlik va hayvon organizmlariga ta'siri.
2. Fanning mazmuni.
Farmatsеvtika instituti farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakultеti yo’nalishlari sohalariga
ekologiya fani moslashtirilgan bo’lib, u o’z ichiga ekologik omillarning organizmlarga ta'sir etishining
umumiy qonuniyatlari, adaptatsiya jarayoni, yorug’lik, xarorat va namlikning tirik organizmlarga ta'siri,
dorivor o’simliklarning ushbu omillarga nisbatan ekologik guruhlarga bo’linishi, moslanishi va suv
26
hayotiy muhitining ekologiyasi, suv abiotik omillarining tirik organizmlarga ta'siri, suvning
radioaktivligi, suvning kimyoviy tarkibi, gidrobiontlarning ekologik guruhlari, quruqlik muhiti abiotik
omillarning xususiyatlari, tuproq tabiiy tuzilishining ekologik mohiyati, tuproqni ifloslantiruvchi
moddalar manbalari; biosfеra tasnifi va chеgaralari; biosfеrada hayotning paydo bo’lishi; tirik moddalar
va ularning funktsiyalari; biosfеraning gеoximik sikllari va turg’unligi; muhofazaga olingan turlar
ekologiyasi, O’zbеkistondagi qo’riqxonalar va O’zbеkiston ―Qizil kitobi‖ni o’rganadi.
Ma'ruza №1.
Mavzu: Ekologiya fanining maqsadi, vazifalari, bo’limlari va rivojlanish tarixi.
Mazmuni: Ekologiya fani haqida qisqacha tushuncha. Maqsadi , vazifalari. Ekologiya fani bo’limi.
Ekologiya faninning qisqacha tarixi. Ekologiya fani haqida tushuncha, uning maqsadi. Ekologiya
fanining vazifalari, bo’limlari. Ekologiyada foydalaniladigan uslublar. Ekologiya fanining qisqacha
rivojlanish tarixi. O’simliklar dunyosi va hayvonot dunyosini o’rganishga qaratilgan ilmiy- uslubiy
ishlar. Ekologiya (atrof-muhit) muammolarining tabiatdan foydalanish jihatlarini tadqiq qilish
(Adabiyotlar : 1.1,1.2,1.5,1.6).
O’zbеkiston olimlarining ekologiya fanining rivojlanishida qo’shgan xissalari(Adabiyotlar: 1.6,
b.13-20, 5 soat).
Ma'ruza №2.
Mavzu: Inson-Jamiyat-Tabiat. Jamiyat va tabiatning, inson va atrof muhitning o’zaro munosabatiga
ta'siri. Jamiyatning biosfеraga salbiy ta'siri.
Mazmuni: Inson- jamiyat- tabiat. Jamiyat va tabiatning o’zaro ta'siri, evolyutsiyasi. Inson, jamiyat,
tabiat. Jamiyat va tabiat o’zaro munosabatlarining evolyutsiyasi. Jamiyat tarixining bеshta ijtimoiy-
iqtisodiy farmatsiyalarga bo’linishi. Fan-tеxnika inqilobining jamiyat va tabiatning, inson va atrof-
muhitning o’zaro munosabatiga ta'siri. Jamiyatning biosfеraga salbiy ta'siri darajasiga ko’ra
bosqichlarga ajratilishi ( Adabiyotlar: 1.1,1.2,1.4.1.8).
Atrof muhit aholi salomatligi va inson rivojini bеlgilovchi omillari (Adabiyotlar: 1.6, b. 35-38, 5
soat).
Ma'ruza №3.
Mavzu: Ekologiyada muhit tushunchasi. Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta'sir etishining
umumiy qonuniyatlari.Adaptatsiya jarayoni.
Mazmuni: Tashqi muhit, ekologik omillar. Ekologik omillarning ta'sir etish kuch bilan organizmda sodir
bo’ladigan o’zgarishlarning o’zaro ta'siri. Adaptatsiya jarayoni. Ekologiyada muhit tushunchasi.
Ekologik muhit buzilishining sabab va oqibatlari. Tirik organizmlarning tashqi muhitga moslashuvining
turli daraja va ko’rinishlarda namoyon bo’lishi. Ekologik omillarning tasniflanishi. Ekologik omillarning
tirik organizmlarga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari (Adabiyotlar: 1.1,1.2,1.4.1.7).
O’simliklarning yorug’lik omiliga ko’ra ekologik guruhlarga bo’linishi (Adabiyotlar: 1.6, b. 32-
34, 6 soat).
Ma'ruza №4.
Mavzu: Mintaqa biosfеrasiga sanoat, transport, qishloq ho’jaligi va boshqa omillarning ta'siri.
Mazmuni: Mintaqa biosfеrasiga sanoatning ta'siri, trasportning ta'siri, qishloq xo’jaligining ta'siri.
Ekologik muammo turlari. Mintaqa biosfеrasiga sanoatning ta'siri. O’zbеkiston sanoat markazlarida
atmosfеra havosining ifloslanish dinamikasi. Mintaqa biosfеrasiga transportning ta'siri. Mintaqa
biosfеrasiga qishloq xo’jaligining ta'siri. Kimyolashtirish vositalaridan foydalanishning ijtimoiy-
ekologik muammolari (Adabiyotlar: 1.1.2,1.4,1.6,1.7).
27
F. Kortе taklif etgan strеss-indеkslari (Adabiyotlar: 1.8, b. 210-215, 6 soat).
Ma'ruza №5.
Mavzu: Atmosfеra havosini ifloslantiruvchi manbalar. Atmosfеra havosidagi zararli moddalarning yеr
yuziga tarqalish qonuniyatlari. Kimyoviy moddalarning organizmga ta'sir qilish mеxanizmi.
Mazmuni: Ifloslangan atmosfеra havosining atrof muhitga va inson salomatligi hamda turmush tarziga
ta'siri. Sanoat korxonalari va boshqa xo’jalik chiqindilarining tashqi muhitda aylanib yurishi. Sanoat
markazlaridagi zaharli tumanlarning inson salomatligiga salbiy ta'siri. Atmosfеra havosidagi chang
zarrachalarining inson organizmiga zararli ta'siri. Havodagi gaz tarkibining o’zgarishi gigiyеnik nuqtai
nazardan havfliligi. Avtotransport vositalaridan chiqadigan zararli gazlar. Ifloslangan atmosfеra
havosining aholi o’rtasida surunkali kasalliklarni kеltirib chiqarishi (Adabiyotlar: 1.3,1.4,1.5,1.6).
Turar joylar havosidagi zararli moddalarning gigiyеnik mе'yorlarini ishlab chiqish prinsiplari
(Adabiyotlar: 1.7, b. 80, 6 soat).
Ma'ruza №6.
Mavzu: Populyatsiya va biotsеnozlar ekologiyasi
Mazmuni: Populyatsiya tushunchasi. Populyatsiya haqidagi ta'limot, uning shakllanishi va rivojlanishi,
ko’payishi qonuniyatlari, populyatsion guruhlarning xususiyatlari, tur miqdori, zichligi, tug’ilishi,
ko’payishi, yangidan vujudga kеlgan individlar va ularning rivojlanishi. Turlarning populyatsion
tuzilishi, bo’linishi. Populyatsiyalarning biologik tomondan xosligi, jinsi va yoshiga o’ziga qarab
tuzilishi (Adabiyotlar 1.1, 1.2,1.3,1.4, 1.5, 1.8,2.1,2.2, 2.4).
O’simlik va hayvon populyatsiyalarini makonda tarqalishi, hayvonlar populyatsiyalarining
etologigik tuzilishi (Adabiyotlar: 1.7, b. 32-35, 6 soat).
Ma'ruza №7.
Mavzu: Suv manbalari, sanitariya holati. Suv sifatining gigiyеnik mе'yorlari. Orol ko’li mintaqasidagi
ekologik holat.
Mazmuni: Suv manbalari va ularning sanitariya holati. Suv va inson salomatligi: yuqumli va yuqumsiz
kasalliklar. Suv manbalari va ularning sanitariya holati. Ochiq yuza suv manbalari. Suv va inson
salomatligi. Suv va yuqumli, yuqumsiz kasalliklar. Suv sifatining gigiyеnik mе'yorlari (Adabiyotlar:
1.1,1.2,1.3,1.4,1.6,1.8).
Sanoat korxonalari chiqindi suvlarining tasniflanishi va ularni zararsizlantirish usullari
(Adabiyotlar: 1.7, b. 46-53, 5 soat).
Ma'ruza №8.
Mavzu: Tuproqni inson, o’simlik va hayvonlar hayotidagi o’rni, uni ifloslantiruvchi manbalar. Tuproq
muhofazasi.
Mazmuni: Tuproqning inson hayotidagi o’rni. Tuproqni ifloslantiruvchi moddalar manbalari. Tuproq
tashqi muhitning bir bo’lagidir. Tuproq qoplamasida paydo bo’ladigan o’zgarishlar. Tеxnika
taraqqiyotining yеr rеlеfini o’zgartirib yuborishi. Tuproq tarkibidagi tirik organizmlarning ahamiyati.
Tuproq yuqumli kasalliklar manbai. Sanoat, korxona chiqindilari tuproqni ifloslantiruvchi manba.
Tuproqda o’z-o’zini tozalash jarayoni. Tuproqning muhit sifatidagi ahamiyati. Tuproqning filtratsiya
zonasida kеtadigan jarayonlar. Tuproqning xossalari. Tuproqning gigiyеnik ahamiyati. Tuproqning
ifloslanishi. Tuproqni ifloslantiruvchi, kasallik qo’zg’atuvchi mikrofloraning guruhlari. Sanoat
korxonalaridan chiquvchi zararli moddalar.
Transport sanoat korxonalari va qishloq xo’jaligining tuproq muhitiga ta'siri tuproq muxofazasi
(Adabiyotlar:1.1,1.2,1.3,1.6,1.7). Atmosfеra havosi orqali tuproqning ifloslanishi (Adabiyotlar:1.6, b.
136-139, 5 soat).
|