Komissiya tomonidan tuzalish yo‘liga o‘tmagan deb topilgan mahkumlar bilan tarbiyaviy-
profilaktika ishlari muassasa psixologini jalb etgan holda alohida reja asosida amalga oshiriladi.
Tuzalish yo‘liga o‘tmagan deb topilgan mahkum komissiyaning
xulosasi ustidan ushbu
Kodeksning
107-moddasida
belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
(97
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son)
98-modda. Mahkumlarning tarbiya jarayonidagi ishtiroki
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning foydali tashabbusini kuchaytirish,
ularning mehnati, maishiy hayoti va bo‘sh vaqtini tashkil etish masalalarini hal etishda qatnashish,
intizomni va ichki tartibni saqlab turishda muassasa ma’muriyatiga ko‘maklashish
maqsadida
mahkumlarning turli tashkilotlari tuzilishi mumkin.
Mahkumlar tashkilotlarini tuzish va ularning ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
400
va
401-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495,
29.07.2013-y.).
Dostları ilə paylaş: